Ro‘yxatga olingan qarshi tuman “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan 2023-yil № raqam bilan


ll-bob. Moliyalashtirish va moddiy- texnik ta’minoti


Download 63.44 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi63.44 Kb.
#1591005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28 Умумтаълим мактабининг янги УСТАВИ

ll-bob. Moliyalashtirish va moddiy- texnik ta’minoti
75. Umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
76. Umumta’lim muassasasiga budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmasligi lozim.
77. Umumta’lim muassasasi o‘z Ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq, qo‘shimcha mablag‘ topish huquqiga ega.
78. Umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
- O‘zbekistan Respublikasi Davlat budjeta mablag‘lari;
- umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


79. Umumta’lim muassasalari shtatidagi xodimlar soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
80. Umumta’lim muassasasida o‘quvchilarga bepul umumiy o‘rta ta’lim berilishidan tashqari, qo‘shimcha (shu jumladan, pullik) ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.


Ota-onalarning istaklariga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida pullik xizmat asosida 6 yoshli bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.
81. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk umumta’lim muassasasining mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
82. Umumta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita direktor javobgar hisoblanadi.
83. Umumta’lim muassasasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.
84. Umumta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ish hakiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Download 63.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling