Ro‘yxatga olingan qarshi tuman “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan 2023-yil № raqam bilan


-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish


Download 63.44 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi63.44 Kb.
#1591005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28 Умумтаълим мактабининг янги УСТАВИ

8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish
55. Umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlashda Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tavsiyasiga asosan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi.
Umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimidan ozod etish mehnat qonunchiligiga
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
56. Umumta’lim muassasasi direktori muassasaning tashkiliy- huquqiy, o‘quv-tarbiyaviy,
ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tashkil etilishiga bevosita mas’ul hisoblanadi.
57. Umumta’lim muassasalarida pedagogik va metodik kengashlar tuziladi va uning faoliyati maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
58. Pedagogik kengash umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
59. Umumta’lim muassasasida qonun hujjatlariga muvofiq, o‘quvchilarning jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatadi.
34. Umumta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish hamda rahbar va pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


9-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining
huquq va majburiyatlari


61. Quyidagilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi:
umumta’lim muassasasining o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb
yuritiladi);
umumta’lim muassasasining pedagoglari (keyingi o‘rinlarda o‘qituvchilar deb
yuritiladi);
umumta’lim muassasasining ma’muriyati (direktor, direktor o‘rinbosarlari);
o‘quvchilarning ota-onalari;
62. O‘quvchilarning huquqlari:
davlat standartlariga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasasida bepul ta’lim olish;
o‘z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar,
ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
qo‘shimcha (pullik va bepul) ta’lim xizmatidan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

63. O‘quvchilarning majburiyatlari:


O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, odob-axlok qoidalariga rioya qilish;
mazkur Ustav va ichki tartib qoidalarini so‘zsiz bajarish;
davlat ta’lim standartlari va milliy o‘quv dasturi hajmida umumiy ta’lim olish uchun
intilishlari;
dars jadvali asosida darslarga o‘z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;
o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va daftarlarini to‘liq olib kelish;
ushbu Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelish;
o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirish va mustahkamlab
borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirish;
umumta’lim muassasasi va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatish;
umumta’lim muassasasi mulkini asrab-avaylash.
64. O‘qituvchilar:
o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi va yetarli kasbiy mahoratga ega bo‘lishi;
umumta’lim muassasasida va pedagogik jamoa orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-ahlokiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish madaniyati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari;
ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan hatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari,
o‘quvchilarining ham hatti-harakatlaridan habardor bo‘lishlari;
umumta’lim muassasasi obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;
kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning milliy o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;
o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari va ularni zuravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;
o‘quvchilarni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari, o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilish, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari;
mashg‘ulot o‘tkazishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishlari;
belgilangan muddatlarda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish institutlarida o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishlari, yosh mutaxassislar esa o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin bir yildan so‘ng malaka oshirishdan o‘tishlari;
metodbirlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etishlari;
pedagogik kengash va ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etishlari;
o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo‘lishlari;
mazkur Ustav, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
65. Umumta’lim muassasasi direktori:


umumta’lim muassasasi faoliyatining barcha lavozim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi;
umumta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
ta’lim berish (o‘quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, xavfsizlik texnikasi meyorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi;
o‘z vakolatlari doirasida har bir xodimiga ular uchun bajarilishi lozim ko‘rsatmani berishga haqli;
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi;
umumta’lim muassasaning rivojlanish dasturlarini, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Nizom, jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvlarini hamda ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi;
umumta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishi tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
umumta’lim muassasasi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv- uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi;
pedagog va xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
o’z nomenklaturasiga kiruvchi kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi;
dars jadvali, o‘qituvchilarning kundalik va yillik ish rejalarini, tarifikatsiya ro‘yxatlari va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;
o‘quvchilar va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lom ovqatlantirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi;
jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi
tashkilotiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratadi;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

66. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:




- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o‘quv jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida havfsizlik texnikasi meyorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi;
- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita umumta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi.
67. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarini bajaradi:


- pedagoglar jamoasining faoliyati bo‘yicha kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi;
- o‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
- ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari obyektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar ishini muntazam nazorat qiladi;
- pedagog xodimlar tomonidan o‘tkazilayotgan darslarni muntazam tahlil etib boradi;
- bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;
- o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni qabul qiladi;
- pedagog xodimlarga yangi dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;
- o‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi;
- belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi;
- pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi, o‘quvchilar bilimlarining monitoringini o‘tkazishni amalga oshiradi;
- uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi;
- pedagoglar va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi;
- pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va direktorga topshiradi;
- direktorning хo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi;
- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va muntazam qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, suzish havzalari va ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in havfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
68. Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari direktorning tavsiyasiga ko‘ra tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda havfsizlik texnikasi meyorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlar bilan hamkorlik kiladi;
- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi.

69. Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlarn doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:




- o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini tashkil etadi;
- sinf rahbarlari, psixolog, kutubxonachi, to‘garak rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.
- muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o‘tkazilishi hamda to‘garak jurnallarini yuritilishini ta’minlaydi;
- ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda bevosita ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik qiladi;
- o‘quvchilarning darslarga qatnashishi (davomat)ni kundalik nazorat qiladi, surunkali dars qoldirayotgan o‘quvchilarni ota-onalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda
ta’limga jalb etish choralarini ko‘radi hamda belgilangan namunadagi davomat jurnalini yuritilishini ta’minlaydi;
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar o‘tkazadi;
- muassasa psixologi bilan birgalikda voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga qasd qilish va boshqa salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazadi;
- iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi; muassasa kutubxonachisi bilan birgalikda o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi;
- o‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan sog‘liqni muhofaza qilish, yul transport xavfsizligi va boshqa baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etadi;
- o‘quvchilarning mazkur Ustav va ichki-tartib qoidalarida, odob-axloq qoidalarida belgilangan meyorlarga amal qilinishi ustidan nazorat qiladi;
- o‘quvchilarning Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelishlari, o‘quv qurollarini to‘liq olib kelishlari yuzasidan nazorat o‘rnatadi;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
70. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:
- direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
- ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir.
- ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda ishchi-xodimlarni ishga kelganligi haqida tabel tayyorlaydi;
- moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ruyxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini yuritadi;
- har o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ruyxat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshiradi va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib oladi;
- kommunal to‘lovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, budjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil kiladi;
- telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘radi;
- ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riklashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda texnik xodimlar ishini muvofiqlashtiradi;
- bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarning turlari bo‘yicha xatlov (inventarizatsiya)dan o‘tkazadi;
- muassasada ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi;
- kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo‘lishini, uning
davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yxatga olib, xalq ta’limi tuman bo‘limlarining
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriyasiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantiradi;
- kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini,kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltiradi;
- yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida kattiq va suyuq yoqilgi materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlaydi;
- yong‘in xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo‘lishini nazorat qiladi.
10-bob. Umumta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun yagona maktab formasiga qo‘yiladigan talablar

  • 71. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

  • O‘quvchilar tomonidan yagona maktab formasini kiyishda qo‘yidagi talablarga rioya etilishi lozim:

  • kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

  • qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 santimetr pastda bo‘lishi;

  • o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq tupigidan pastda bo‘lishi;

  • oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;

  • ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarining qadalgan bo‘lishi;

  • kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.

72. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
73. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
74. Pedagog xodimlar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz, klassik-rasmiy uslubdagi kiyim va pardoz (erkaklar: kostyum-shim va galstuk, oq (yoki oqish) rangdagi ko‘ylak, soch va soqol olingan; ayollar: kostyum-yubka, oq (yoki oqish) rangdagi kofta, soch turmaklangan, o‘ta qimmatbaho zeb-ziynatlarsiz)da yurishlari lozim.

Download 63.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling