Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha
Cheklar bilan to‘lovlar quyidagicha amalga oshiriladi
Download 1.09 Mb.
|
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy
Cheklar bilan to‘lovlar quyidagicha amalga oshiriladi:
chek to‘lovga taqdim qilingandan so‘ng, chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot xodimi chekning orqa tomoniga tashkilot muhri va mansabdor shaxsining imzosini qo‘yadi; tovar (ish, xizmat) qiymati chekda ko‘rsatilgan summadan kam bo‘lgan taqdirda, chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot ushbu chek summasining 25 foizigacha bo‘lgan qiymatini naqd pulda berishi mumkin; to‘lovga qabul qilingan cheklar uni to‘lovga qabul qilgan tashkilot tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka pul tushumi bilan birga inkassator orqali yuboriladi; g) bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo‘yicha to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Chek beruvchi va chek oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, cheklar bo‘yicha to‘lovlar chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot hisobvarag‘ining krediti va “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” 19903 balans hisobvarag‘i orqali chek taqdim etuvchi hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha o‘tkaziladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; Chek beruvchi va chek oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda: chekda ko‘rsatilgan summa chek oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan chek oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; bankning elektron hisob-kitob cheki elektron to‘lovlar tizimi orqali chek beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi hamda chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; elektron chekda ko‘rsatilgan summa chek beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan dasturiy ravishda chek beruvchining ikkilamchi hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi hamda elektron chek chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi; chek merosxo‘rlar va boshqa vakolatli shaxslar tomonidan chekning amal qilish muddati o‘tganligidan qat’iy nazar, xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bank tomonidan merosxo‘rlar va boshqa shaxslarning chekni tasarruf qilish uchun vakolatliligi aniqlangach, chekda ko‘rsatilgan summa to‘lab beriladi; foydalanilmagan cheklar bankka taqdim qilingan taqdirda, bank xodimi: chekning haqiqiyligini va uni taqdim qilgan shaxsning vakolatini tekshiradi; chekning old tomoniga “Summa _______-sonli hisobvaraqqa o‘tkazilsin” deb ustxat yozadi; chekni bosh buxgalterga beradi; j) yo‘qotilgan cheklar bo‘yicha unda ko‘rsatilgan summa hisobdan chiqarilganligi uchun bank javob bermaydi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling