Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha
Download 1.09 Mb.
|
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing: Lizing maqsadi
Mikrokreditlar:
Kredit summasi: eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada. Kredit maqsadi: Kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug`lik, chorva mollari, parranda, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya preparatlari, o`simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o`g`itlarni sotib olish; Xom-ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; mehnat qurollari, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yordamchi ashyolarni xarid qilish; ∎ Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san`ati buyumlarini ishlab chiqarish; hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil qilish; servis xizmati va maishiy xizmat ko`rsatishni rivojlantirish; sog`liqni saqlash xizmatini rivojlantirish; sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish; ∎ Kichik ko`lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hamda amaldagi qonunchilik bilan ta`qiqlanmagan iste`mol tovarlarini \ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish. Lizing: Lizing maqsadi: Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshish uchun, Bank tomonidan faqatgina lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing ob`ekti lizing oluvchining mulkiga o`tishini nazarda tutuvchi lizing operasiyalari amalga oshiriladi. Bunda Bankning lizing ob`ektini sotib olish, uni etkazib berish, ishga tayyor holga keltirish bilan bog`liq barcha xarajatlari va kelishilgan foizlar to`lovi lizing oluvchi tomonidan to`lanadi. Lizing summasi: loyiha asosida. Muddati: 12 oydan kam bo`lmagan va lizing ob`ekti xizmat muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi. Lizing ob'ektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste`mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulklar (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob`ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo`lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno). Ta'minot: lizing oluvchi tomonidan lizing ob`ekti qiymatining 45 foizidan kam bo`lmagan miqdorda likvidli qo`shimcha ta`minot taqdim etiladi. Foiz stavkasi: lizing shartnomasiga muvofiq belgilanadi. Lizing valyutasi: So’m Maksimal miqdori: Mijozning kredit layoqatini hisobga olgan holda hisoblanadi. Foiz stavkalarini to’lash: Har oyning 25 sanasidan kechikmagan holda Kredit oluvchining yoshi: 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak. Kredit olish uchun qayerga murojaat qilishi kerak? ATB “Xalq bank”ning barcha filiallariga murojaat qiling yoki telefon orqali qo'ng'iroq qiling, bank mutaxassislari sizga zarur bo`lgan ma'lumotlar bilan tanishtiradi. Shuningdek, banklar kredit (lizing) berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun kredit (lizing) oluvchidan uning kredit (lizing) to`lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo`lgan hujjatlar so`rab olinishi mumkin. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling