3. KREDITLARGA DOIR OLINGAN HUQUQLAR BO‘YIChA HUJJATLARNI YuRITISh TARTIBI
3.1. Bank kreditga doir huquqlarni sotib olgan holda bu bank yon berish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan vaqtda kredit yig‘majildini ochishi kerak va unga mazkur nizom talablariga muvofiq tayyorlangan va dastlabki kreditor tomonidan tekshirilgan, dastlabki kreditorning yig‘majildiga tikib qo‘yilgan barcha hujjatlarni kiritishi lozim.
3.2. Ushbu bo‘limning 3.1-bandida talab qilingan hujjatlardan tashqari o‘tkazma amalga oshirilgan bankning kredit yig‘majildida quyidagilar bo‘lishi lozim:
o‘tkazishni amalga oshirgan bankning kredit o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi to‘g‘risidagi batafsil hisoboti;
pul o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma, jumladan kreditga doir xizmat ko‘rsatish shartlari to‘g‘risidagi nizom (kreditni to‘lash haqidagi kvitansiya), kreditni to‘lashga doir ma’lumotlar va yozma hujjatlar bilan o‘zaro almashish;
yon bergan bank tomonidan kredit berish mezonlarini belgilovchi hujjat nusxasi.
4. BANK TOMONIDAN AMALGA OShIRILADIGAN YoN BERISh HUJJATLARINI YuRITISh TARTIBI
4.1. Kreditni yon bergan bank kredit yig‘majildiga mazkur kredit bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan bank tomonidan tuzilgan yon berish to‘g‘risidagi barcha shartnomalarni kiritishi lozim.
4.2. Agar mazkur shartnoma yangi kreditorga bunday xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha bank majburiyatlarini o‘zida qamrab olsa, bank yon bergan kredit yig‘majildi yon berish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq kreditga oid barcha to‘lovlar olinmaguncha yopilishi mumkin emas.
5. QARZDORLARNI O‘ZGARTIRIShGA DOIR HUJJATLAR
5.1. Qarzdorning o‘zgarishi dastlabki qarzdor tomonidan o‘z qarzini boshqa shaxs - yangi qarzdorga berish to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek kredit shartnomasiga kiritiladigan tegishli to‘ldirishlar yordamida rasmiylashtiriladi.
5.2. Qarzdor o‘zgargan kreditga doir asosiy hujjatlar quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim:
qarzdor va mo‘ljallanayotgan yangi qarzdorning bank tomonidan qarzni o‘tkazishga rozilik berishini so‘rab yozgan arizalari;
mazkur nizomning 2.4-bandi talablariga muvofiq yangi qarzdorga nisbatan tayyorlangan asosiy hujjatlar (yuqorida qayd etilgan bandning 8-xatboshida ko‘zda tutilgan talablar bundan mustasno), ular qarzni o‘tkazish to‘g‘risidagi bank roziligi, qarzdor o‘zgarishi munosabati bilan kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga oid hujjatlarga nisbatan qo‘llaniladi;
bankning qarzni o‘tkazish yuzasidan bergan yozma roziligi, dastlabki va yangi qarzdor o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma;
kredit shartnomasiga yozma tarzda kiritilgan va yanga qarzdor tomonidan imzolangan o‘zgartirish va to‘ldirishlar.
5.3. Bank qarzni o‘tkazish yuzasidan o‘z roziligini berishga asos bo‘lgan, yangi qarzdor bergan ta’minot shartlariga qarab yangi qarzdorga ochilgan kredit yig‘majildiga mazkur nizomning 5.1 va 5.2-bandlariga muvofiq tegishli qo‘shimcha hujjatlar kiritib qo‘yilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |