Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha


MAJBURIYaTLARNING BANK TOMONIDAN KAFOLATLANIShIGA DOIR HUJJATLAR


Download 1.09 Mb.
bet7/15
Sana13.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1195427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy

6. MAJBURIYaTLARNING BANK TOMONIDAN KAFOLATLANIShIGA DOIR HUJJATLAR

6.1. Kdrzdor kreditni to‘lamagan taqdirda, kafil bank javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi haqida kreditorga yozma ravishda xabar berilgan holda kafolat berishga doir yozma shartnomada bank tomonidan kafillik va kafolatlar berilishi mumkin.


6.2. Qarzdor kreditni to‘lamaganligi sababli bank tomonidan amalga oshirilgan kafolatlar bo‘yicha yig‘majild ochiladi. U kafolat berilgan shaxs tomonidan qarz to‘langunga qadar yuritiladi.


6.3. Bank tomonidan kafil sifatida majburiyatlarning bajarilishi munosabati bilan ochilgan kredit yig‘majildlari mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq kafolat berish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish uchun tayyorlangan hujjatlarni o‘z ichiga oladi.


6.4. Qarzdorning o‘ziga kafolat berayotgan bank oldidagi majburiyatlari ta’minlangan taqdirda, ushbu kafolatga doir kredit yig‘majildi mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan talablarga (2.10, 6.2 va 6.3- bandlari) muvofiq tayyorlangan hujjatlarni qamrab olishi kerak.


7. KREDITLAR MONITORINGIGA DOIR HUJJATLAR

7.1. Bank har bir berilayotgan yoki olinayotgan kreditlar bo‘yicha yig‘majildga quyidagi hujjatlarni tikib qo‘yishi lozim:


qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyatini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilganidan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasida yuz bergan muomalalarni aks ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar;
kredit ta’minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari;
qarzdor kafilining (kafolatchi) moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi barcha hujjatlar;
kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini tasdiqlovchi hujjatlar;
qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

7.2. Kreditga doir xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq kreditning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini aks ettiruvchi hujjatlarni kredit yig‘majildida yuritishi shart.


7.3. Bank bajarish muddati yetib kelmagan bank kafolatlari bo‘yicha ushbu Nizomning 7.1-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlarni yuritishi lozim.


Mazkur Nizomning amalga kiritilishi munosabati bilan 1999 yil 11 fevralda Adliya vazirligida 631-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan 1998 yil 9 noyabrdagi 432-sonli "O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom o‘z kuchini yo‘qotadi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari A.Qodirov



Bank tomonidan kichik tadbirkorlik sub`yektlarini milliy valyutada kreditlash (2013-yil 27-dekabrda 2546-son bilan davlat ro`yxatiga olingan)
Muddati: kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

  • Qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;

  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga — 18 oy muddatgacha; Foiz stavkasi: kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

Ta‘minot:
Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta‘minlash maqsadida quyidagi ta‘minot turlaridan biri taqdim etiladi;

  • Mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;

  • Tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;

  • Uchinchi shaxs kafilligi;

  • Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.

Kredit summasi: loyiha asosida.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling