Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha


Amaliyot jarayonida mavzular bo`yicha bajarilishi kerak bo`lgan ishlar va tushunchalar


Download 1.09 Mb.
bet4/15
Sana13.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1195427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy

Amaliyot jarayonida mavzular bo`yicha bajarilishi kerak bo`lgan ishlar va tushunchalar:
2.ATB Xalq bankida yuridik shaxs bo’lgan xo’jalik sub’yektlarini kreditlash jarayoni.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida NIZOM (yangi tahrirda)
27.02.2001 yilda 906-1-son bilan ro‘yxatga olingan
Mazkur Nizom rus tilida tasdiqlangan.
O‘zbek tiliga "Norma Xamkor" ekspertlari tomonidan o‘girilgan va axborot tusiga ega.
Noaniqliklar kelib chiqishida hujjatning asl nusxasiga qaralishi tavsiya etiladi.
Mazkur Nizomga AV tomonidan 27.02.2001 y.da 906-1-son bilan ro‘yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan

1. Umumiy qoidalar


2. Berilgan kredit bo‘yicha hujjatlarni
yuritish tartibi
3. Kreditlarga doir olingan huquqlar bo‘yicha
hujjatlarni yuritish tartibi
4. Bank tomonidan amalga oshiriladigan
yon berish hujjatlarini yuritish tartibi
5. Qarzdorlarni o‘zgartirishga doir hujjatlar
6. Majburiyatlarning bank tomonidan
kafolatlanishiga doir hujjatlar
7. Kreditlar monitoringiga doir hujjatlar


1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizom "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida", "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank faoliyatini nazorat qilish va bank tizimida kredit tavakkalchiligi boshqaruvini yaxshilashga doir vazifalarni ijro etishi uchun sharoit yaratish maqsadida banklar kredit hujjatlarini yuritish bo‘yicha talablarni qamrab oladi.


1.2. Mazkur Nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek unga ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi.


1.3. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi.


1.4. Kredit bank tomonidan kredit shartnomasi asosida pul shaklida beriladi.


1.5. Bank bo‘lajak qarz oluvchidan mazkur Nizomga muvofiq ravishda kredit hujjatlarini yurtish uchun zarur bo‘ladigan barcha axborotni talab etishi zarur.


1.6. Kredit bergan bank shartnoma asosida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa usul vositasida kredit bo‘yicha to‘lovni talab etish huquqini har qanday miqdorda yon berishi mumkin. Yangi qarz oluvchi kreditga doir huquqini faqat yon berish to‘g‘risida yangi shartnoma tuzish vositasida qayta yon berishi mumkin.


1.7. Kredit tarkibidagi o‘zgarishlar (restrukturizatsiya) yozma tarzda kredit shartnomasi, garov haqidagi shartnoma, kredit shartnomasini bajarishga doir boshqa shartnomalarga tegishli o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan tayyorlanishi kerak.





Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling