Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha


Download 1.09 Mb.
bet8/15
Sana13.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1195427
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy

Mikrokreditlar:
Kredit summasi: eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada.
Kredit maqsadi:
Kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug`lik, chorva mollari, parranda, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya preparatlari, o`simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o`g`itlarni sotib olish;
Xom-ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; mehnat qurollari, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yordamchi ashyolarni xarid qilish;
∎ Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san`ati buyumlarini ishlab chiqarish; hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil qilish; servis xizmati va maishiy xizmat ko`rsatishni rivojlantirish; sog`liqni saqlash xizmatini rivojlantirish; sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish;
∎ Kichik ko`lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hamda amaldagi qonunchilik bilan ta`qiqlanmagan iste`mol tovarlarini \ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish.
Lizing:
Lizing maqsadi: Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshish uchun, Bank tomonidan faqatgina lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing ob`ekti lizing oluvchining mulkiga o`tishini nazarda tutuvchi lizing operasiyalari amalga oshiriladi. Bunda Bankning lizing ob`ektini sotib olish, uni etkazib berish, ishga tayyor holga keltirish bilan bog`liq barcha xarajatlari va kelishilgan foizlar to`lovi lizing oluvchi tomonidan to`lanadi. Lizing summasi: loyiha asosida.
Muddati: 12 oydan kam bo`lmagan va lizing ob`ekti xizmat muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
Lizing ob'ektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste`mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulklar (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob`ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo`lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
Ta'minot: lizing oluvchi tomonidan lizing ob`ekti qiymatining 45 foizidan kam bo`lmagan miqdorda likvidli qo`shimcha ta`minot taqdim etiladi.
Foiz stavkasi: lizing shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Lizing valyutasi: So’m
Maksimal miqdori: Mijozning kredit layoqatini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Foiz stavkalarini to’lash: Har oyning 25 sanasidan kechikmagan holda Kredit oluvchining yoshi: 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
Kredit olish uchun qayerga murojaat qilishi kerak?
ATB “Xalq bank”ning barcha filiallariga murojaat qiling yoki telefon orqali qo'ng'iroq qiling, bank mutaxassislari sizga zarur bo`lgan ma'lumotlar bilan tanishtiradi.
Shuningdek, banklar kredit (lizing) berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun kredit (lizing) oluvchidan uning kredit (lizing) to`lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo`lgan hujjatlar so`rab olinishi mumkin.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling