Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha
Kredit operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i
Download 1.09 Mb.
|
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy
Kredit operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i (imzo) J.Jabborov.
Cheklar bilan hisob-kitoblar. Chek — chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining hisob varag‘iga chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami,mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va firma belgisi bosma shaklda chop etiladi. Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob kitoblarda qo‘llaniladi. Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar tomonidan belgilanadi. Bank tomonidan chek berilganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chekning summasiga “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 20206 balans hisobvarag‘ida alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va to‘lovlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi. Chek jismoniy shaxslar tomonidan omonat hisobvarag‘idagi mablag‘lar yoki topshirilgan naqd pul mablag‘lari hisobidan beriladi. Chek amal qilish muddati davomida bankka taqdim qilinmagan bo‘lsa, u holda chek summasi “Harakatsiz depozit majburiyatlari” 29842 balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank chek egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida chekni qabul qilishi va unda ko‘rsatilgan summani to‘lab berishi lozim. Cheklarni berish tartibi: a) chek berilayotgan vaqtda, unda bankning mas’ul xodimi tomonidan quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilishi shart: chek berilgan sana; chek bo‘yicha beriladigan summa; jismoniy shaxsning (chek beruvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi; shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va tartib raqami; chek beruvchining hisobvarag‘i; chek bergan bankning nomi va unikal kodi (xos raqami); chek amalda bo‘ladigan oxirgi sana. Mazkur rekvizitlar to‘ldirilgandan so‘ng, bank buxgalteri va kassiri tomonidan chekka imzo qo‘yilib, kesish chizig‘ida qol gan sonlar chek summasiga muvofiq bo‘lishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.Chek milki imzolash uchun chek oluvchiga berilishi kerak.Chekning seriyasi va tartib raqami, chek yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek chek summasi va uning kelib chiqish manbalari ko‘rsatilgan holda alohida daftarga yozib qo‘yiladi; b) bank kassiri bankning mas’ul xodimidan barcha zarur hujjatlarni olgach: hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirganligini tekshiradi va ularni imzolaydi; chek oluvchi shaxsni chaqiradi, undan chek uchun to‘lovni qabul qiladi; chek oluvchiga chekni beradi; amaliyot kunining oxirigacha chek milkini o‘zida saqlaydi; amaliyot kunining oxirida bank kassiri naqd pullarda olingan summa va omonat daftarchasidan hisobdan chiqarilgan summani ko‘rsatadi hamda chekning milklarini bankning mas’ul xodimiga topshiradi. Chekning milki “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 20206 balans hisobvarag‘idagi alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraqdan hisobdan chiqarish uchun kelgunga qadar bankda saqlanadi. Cheklarning milklari bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; g) chek blankasini to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ushbu blanka buzilgan deb topiladi va o‘rniga yangisi to‘ldiriladi. Buzilgan chek blankasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: “hisob-kitob cheki” degan so‘zlarning bir qismi qirqib olinadi; chek blankasiga “buzilgan” degan yozuv kiritiladi va sana ko‘rsatiladi; bosh buxgalter va kassir tomonidan imzolanadi; d) qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blankalarining hisobi qat’iy hisobda turuvchi blankalar hisobi qayd etib boriladigan daftarda va ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘ida yuritiladi. Amaliyot kuni davomida chek blankalari chiqim orderi bo‘yicha ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘idan hisobdan chiqarib boriladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling