Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha


Download 1.09 Mb.
bet14/15
Sana13.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1195427
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy

Kassa hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish uchun, shuningdek inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirishda asos bo`lib hizmat qiluvchi hujjatlar.
Naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan turli nominallardagi banknot va tangalar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan pullar;
Pul ombori — bank binosining kassa tarmog‘i joylashgan hududda tegishli texnik talablar asosida qurilgan hamda naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun mo‘ljallangan ombor;
Sayyor kassa — bankning maxsus jihozlangan avtomashinasida joyiga chiqqan holda, jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga asosan, to‘lovlarni naqd pulda yoki bank kartalari orqali qabul qilib oluvchi kassa;
Slip — bank kartasidan foydalanilgan holda terminal yoki bankomatda kirim yoki chiqim operatsiyalari bajarilganligini tasdiqlovchi va o‘zida bajarilgan operatsiyalarning summasi, turi, sanasi, shuningdek bank kartasi, terminal yoki bankomatni identifikatsiya ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi terminal yoki bankomat kvitansiyasi;
Inkassa xonasi — naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkani (qopni) bevosita mijozdan qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan xona.



O‘z likvidligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlar:

  • bank akseptlari;

  • qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tijorat qog‘ozlari;  brokerlik ssudalar;

  • tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo‘yishadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish amaldagi qonunlarga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishlari mumkin:

  • ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar;

  • o‘z qarz majburiyatlari: obligatsiyalar, depozit va omonat sertifikatlari;

  • qo‘shimcha zayom mablag‘larini jalb qilish maqsadida chiqa-riladigan veksellar.

Aksiyalarni chiqarish tartibi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilinishi qayd qilish tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd (registratsiya) qilinmaydigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul qilish;

  • qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishini qayd qilish;

  • qimmatli qog‘ozlarni qayd qilish;

  • chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini qayd qilish.

Aksiya chiqaruvchi bank so‘nggi uch yil davomida yoxud tashkil topganiga uch yil to‘lmagan vaqt davomida zararsiz ishlayotgan bo‘lishi kerak. Yangi tashkil topgan bank bo‘lsa, u holda eng kamida mazkur moliyaviy yilda rentabelli bo‘lishi shart.
Agar emitent faoliyati yoki amaldagi yoxud rejalashtirilayotgan bank investitsiyalari miqdori omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda bank tajribasi yetarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank istalgan emitent qimmatli qog‘ozlariga bank tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.
Garov huquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog‘ozlar olingan hollarda bank bir oy muddat ichida olingan qimmatli qog‘ozlarni sotishi shart. Agar qimmatli qog‘ozlar ko‘rsatilgan muddatda sotilmasa, ular «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» yoki «investitsiyalar» hisob varaqlariga o‘tkaziladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchibanklar zarur monitoring va operatsiyalarni amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, qimmatli qog‘ozlar portfeli bo‘yicha ichki hisobotlar:

  • qimmatli qog‘ozlar turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha bo‘linishini;

  • sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini;

  • xarid (sotish) sanasini;

  • foiz stavkalarini;

  • imtiyozlarini;

  • olingan dividend foizlarini;

  • oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha foydani o‘z ichiga oladi.

Bankning turli bo‘limlari o‘rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo‘yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshiradi. Bunday ichki nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag‘lari, tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o‘tkazmalarini taqqoslamasligi lozim;

  • buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur;

  • barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlam-chi hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo‘lishi lozim;

  • hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring to‘lovlar, bitimlar yoki buxgalterlik o‘tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan mun-tazam ravishda taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazilishi kerak.

Agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun hisob varaqlar ochishi va mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan bajariladigan barcha operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning turlari, operatsiyalar sanasi, sotilgan (sotib olingan) qimmatli qog‘ozlar narxi va soni ko‘rsatilgan holda yozuvlarni olib borishi kerak.
Qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli qog‘ozlar emitent anketasining namunaviy shakli va moliyaviy ahvoli quyidagicha bo‘ladi:

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling