Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari


Korxonani energetika tizimidan va issiqlik elektr markazi bo‘lgandagi ta’minlash sxemasi


Download 58.97 Kb.
bet11/24
Sana28.10.2023
Hajmi58.97 Kb.
#1732540
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
6,Mavzu.Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat

Korxonani energetika tizimidan va issiqlik elektr markazi bo‘lgandagi ta’minlash sxemasi

Sanoat korxonalarining asosiy elektr energiya manbasi energetika tizimi bo‘lib, ba’zan issiqliq elektr markazlari (IEM) ham quriladi.


IEM da issiqlik energiyasi va qisman elektr energiyasi ham ishlab chiqiladi. 100150 mVt elektr quvvatidan boshlab, IEM rentabel ishlaydi. IEM energetika tizimi bilan 110 yoki 220 kV kuchlanishli liniyalar bilan bog‘lanadi. Qora metallurgiya korxonalardagi IEMning elektr energiyasi shu korxonalar uchun yetarli bo‘lmaydi. Neftni qayta ishlovchi korxonalardagi IEM dan ortiqcha elektr energiyasi energetika tizimiga beriladi.
I–toifaga kiruvchi iste’molchilar borligi 2 ta mustaqil elektr energiya manbasidan elektr ta’minotini amalga oshirishni talab qiladi. 2 ta mustaqil manba sifatida korxonaning bosh pasaytiruvchi podstansiyasi ulangan energetika tizimining tuman podstansiyasidagi 2 ta transformatorlarning shinalarining yoki IEM dagi 2 ta generatorlarning shinalari seksiyalari olinadi. Agar 1 ta transformatorda yoki generatorda shikastlanish natijasida uzilishlar ro‘y bersa, 2–transformator yoki generator I–toifaga kiruvchi barcha iste’molchilarni o‘ziga oladi. Bunda liniyalar rezervni avtomatik kirituvchi qurilmalar (RAKQ) bilan jihozlanishini zarur.
II–toifaga kiruvchi EI va I uchun rezerv manbani xodimlar tomonidan ulanadi. Rezerv liniya va transformatorlar iqtisodiy tomondan asoslanib, so‘ngra tanlanadi.
Agar uzluksiz elektr ta’minotini talab qiluvchi iste’molchilar quvvati kichik bo‘lsa, 2–mustaqil manba cheklangan quvvatli bo‘lishi mumkin.
Agar ta’minlovchi liniyalarning kuchlanishi 35110 kV ga teng bo‘lsa, elektr ta’minoti sxemasida 35110 kV klassdagi transformatorlar o‘rnatilgan bir yoki bir nechta bosh pasaytiruvchi podstansiya bo‘lib, ular energetika tizimining tuman podstansiyalariga ulanadi (4.1–rasm).

4.1–rasm. BPP ni energetika tizimiga ulash sxemasi


Agar korxonada IEM bo‘lsa, uning elektr quvvati qisman yoki to‘la ishlatilib, quvvatga talabning qolgan qismi BPP qurib qondiriladi (4.2–rasm).

4.2–rasm. IEM dan ta’minlash sxemasi.


Agar IEM generatorlari kichik quvvatli (1215 mVt gacha) bo‘lsa, ular to‘g‘ridan–to‘g‘ri BPP ning 610 kV li tarqatish qurilmasiga ulanishi mumkin (4.3–rasm). Ba’zan IEM ning 610 kV li TQ si bilan BPP ning 610 kV li TQ orasida iste’molchilarning 2530% quvvatga mo‘ljallangan aloqa kabellari (peremыchka) o‘tkaziladi (4.3–rasm).

4.3–rasm. Energetika tizimidan va IEM dan ta’minlashning umumiy sxemasi.


BPP ning 35–110 kV li tomoni soddalashtirilgan sxema bilan yig‘ma shinalarsiz va uzgichlarsiz quriladi. Bu yerda transformatorlarga to‘g‘ridan–to‘g‘ri (gluxoe soedinenie) havo liniyasini keltirib ulash, transformatorni uzgich (raz’edinitel) orqali ta’minlovchi havo liniyalariga ulash, qisqa tutashtirgich va ajratgich orqali ulash sxemalari ishlatiladi.
Kichik quvvatli korxonalar 610 kV kuchlanish ostida tuman podstansiyasiga yoki shahar elektr tarmoqlariga ulanadi (4.4–rasm).

4.4–rasm. Kichik quvvatli korxonani 6–10 kV kuchlanish ostida ta’minlash



Download 58.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling