Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari


Download 58.97 Kb.
bet9/24
Sana28.10.2023
Hajmi58.97 Kb.
#1732540
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
6,Mavzu.Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat

Kuchlanish nosimmetriyasi

Agar UA=UB=UC va fazalar kuchlanishlari vektorlari orasidagi burchak 120º ga teng bo‘lsa, simmetrik tizimga ega bo‘lamiz. Agar yuqoridagi shartlar buzilsa, nosimmetrik tizim hosil bo‘ladi. Kuchlanish nosimmetriyasi 2 ta fazaga yoki faza kuchlanishiga ulanadigan katta quvvatli 1 fazali EI larning ishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday EI larga elektr payvandlash mashinalari, qarshilik pechlari, 1 fazali induksion pechlar, elektrlashtirilgan temir yo‘l transportlari va boshqalar kiradi. Nosimmetriya quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


  1. Faza kuchlanishlarining o‘zaro teng emasligi. Bu bir fazali qarshilik pechlarining ishidan hosil bo‘ladi.


  2. Faza kuchlanishlari o‘zaro teng emas va ularning vektorlari orasidagi burchak 120º dan farqli.


  3. Nul nuqtasining siljishi.


2 va 3 punktlardagi nosimmetriya, payvandlash va induksion pechlar ishlaganda hosil bo‘ladi.


Nosimmetriya natijasida kabel va simlarning tok o‘tkazish qobiliyatidan to‘la foydalanilmaydi, kuch transformatorlarining yuklanish koeffitsientlari kamayadi, rele himoyasi va avtomatika hamda elektr aloqa kanallarining ishi yomonlashadi.
Nosimmetriyani matematik tahlil qilish uchun simmetrik tashkil etuvchilarga ajratish usulidan foydalanamiz. Bunda har qanday nosimmetrik tizimni 3 ta simmetrik tashkil etuvchidan iborat qilib ajratish mumkin:
1. To‘g‘ri ketma–ketlikka ega bo‘lgan simmetrik tashkil etuvchi:
Ut=
Bu yerda: –operator
2. Teskari ketma–ketlikka ega bo‘lgan simmetrik tashkil etuvchi:
Utes=
3. Nol ketma–ketlik tashkil etuvchi
)
Nosimmetriya o‘lchovi sifatida kuchlanish nosimmetriyasi koeffitsienti KnSM,u va kuchlanish muvozanatsizligi koeffitsienti K0.u. ishlatiladi:
Ko,u=
KnSM.u  2% ga yo‘l qo‘yiladi.
Nosimmetrik tizimda teskari ketma–ketlik tashkil etuvchisi hosil qiladigan tok Ites to‘g‘ri ketma–ketlik toki It ga qo‘shilib, ETT elementlarida o‘ta yuklanishi hosil qilishi mumkin. Shuning uchun Utes2% yo‘l qo‘yiladi. Amaliy maqsadlarga ba’zan nosimmetriya koeffitsienti topiladi:

Bu yerda:


SBYu–1 fazali EI lar yuklamasi;
SK–podstansiya shinasidagi qisqa tutashuv quvvati.
Quvvatlar orqali nosimmetriya koeffitsientining yo‘l qo‘yiladigan qiymati: 5%.
Nosimmetriyani kamaytirish yo‘llari quyidagilar:
1. Imkon bo‘lsa, katta quvvatli bir fazali EI larni alohida liniyalar bilan manbaga ulash. Manba sifatida BPP yoki tuman podstansiyasi bo‘lishi mumkin.
2. Bir fazali EI larni fazalarga teng taqsimlash.
3. Maxsus simmetriyalovchi qurilmalar o‘rnatish.

3.2–rasm. Bir fazali yuklamani simmetriyalash sxemasi (Shteynmens sxemasi).


Agar katta quvvatli bir fazali EI lar nosimmetriya hosil qilsa, ular uchun maxsus simmetriyalovchi qurilmalar ishlatiladi (31.2–rasm).
Qurilmalardagi kondensator va reaktorlarni tanlash shartlari:
ЫcL=
Bu yerda: R0–1 fazali yuklamalarning aktiv quvvati.

Download 58.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling