Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari
Download 58.97 Kb.
|
6,Mavzu.Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neytral nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlarda sig‘im toklarni aniqlash
Elektrokimyoviy korroziyaElektr korroziyasi natijasida turli inshootlarning ochiq metall qismlari yemiriladi. Iflos va nam muhitda metall yuzasida ko‘pdan–ko‘p galvanik juftliklar hosil bo‘lib, elektroliz jarayoni kechadi. Korroziyadan ikki xil himoya usuli bor: 1. Metall qismlarni yerga ko‘mishdan oldin bitum bilan qoplash yoki plastmassa lentalari bilan o‘rash. Bu polivinilxlorid yoki polietilen lentalari bo‘lib, ular bir qatlamli (0,35 mm) va 2 ikki qoplamli (0,7 mm) bo‘ladi. Bitum qoplami 2,5 mm8 mm qalinlikda bo‘lishi mumkin. Er osti metall qismlarini korroziyadan himoyasini kuchaytirish uchun qo‘shimcha ravishda elektr himoyasi ishlatiladi. Elektr himoyasi 2 xil bo‘ladi: 1. Protektor himoyasi (6.1–rasm). 2. Katod himoyasi (6.2–rasm). 8 xil turdagi protektorlar (MGA–1MGA–8) ishlatiladi. MGA–1 protektorining ko‘rsatkichlari: diametri d=110 mm, uzunligi ‘=600 mm, og‘irligi m=10.4 kg. 6.1–rasm. Protektor himoyasining sxemasi. 1–po‘lat quvur; 2–magnit qotishmali protektor; 3–VRG markali 2,5–4 mm2 kesimli sim. Korroziyadan effektiv himoya qiluvchi elektr himoyasining 2–turi katod himoyasidir. 6.2–rasm. Katod himoyasining sxemasi. 1–po‘lat quvur; 2–erga ulash qurilmasi anod; 3–katod stansiyasi. Katod stansiyasining 9 ta turi bor. KSS–75 turidagi katod stansiyasining ko‘rsatkichlari:U=624 V, I=312 A. Po‘lat quvurli trassa bo‘yicha bir necha katod stansiyalari ishlatiladi. Ular orasidagi masofa tuproq sharoitiga qarab belgilanadi. Neytral nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlarda sig‘im toklarni aniqlasha) kuchlanish 635 kV tarmoqlarda neytral nuqta yerga ulangan bo‘ladi. Bunday tarmoqlarda bitta fazaning yerga ulanishi qisqa tutatish hisoblanmaydi, chunki katta qiymatli qisqa tutashish toki hosil bo‘lmaydi. Biror faza yerga ulanib qolganda, ulanish joyidagi o‘tish qarshiligi nolga teng bo‘lsa, qolgan zarar ko‘rmagan fazalarning kuchlanishlari marta oshadi va fazalararo kuchlanishga teng bo‘lib qoladi. Havo liniyasi o‘tkazgichi yerga nisbatan ma’lum sig‘imga ega. Shu sababli yerga ulangan nuqta orqali sig‘im toki o‘ta boshlaydi. Bu tokning qiymati katta emas, lekin ba’zi hollarda katta zarar keltirishi mumkin. b) bu tokning qiymatini aniqlash uchun neytral izolyatsiyalangan uch fazali tarmoqni olaylik. Faza simlarini yerga nisbatan sig‘imlari taxminan teng: Sa=Sv=Ss Demak, bu holda sig‘im orqali o‘tayotgan toklar ham teng: Ia=Iv=Ic va ular bir-biriga nisbatan 120º ga siljigan bo‘ladi. Ularning geometrik yig‘indisi nolga teng bo‘lib, yerga tok o‘tmaydi. Biror sababga ko‘ra yerga nonormal rejimi hosil bo‘lganda (masalan: A fazasida) u fazaning kuchlanishi yerga nisbatan nolga teng bo‘ladi: Ia =0. Qolgan ikkita fazada esa kuchlanishning marta oshganligi uchun toklar ham marta oshadi: Iv1= Ia ; Ic1= Ia. Er orqali o‘tayotgan toklar, faza toklarning geometrik yig‘indisiga teng: I3=Ia+Iv+Ic v) yerga ulanish toki ko‘rsatilgan qiymatlardan oshmasa, yerga ulanish hosil bo‘lganda liniyani zudlik bilan tarmoqdan uzishga shoshmaslik kerak. Liniyaning yerga ulangan joyini topguncha ishlashda davom etish mumkin, faqat bu tadbirni o‘tkazish muddati 2 soatdan oshmasligi kerak. Agar yerga ulanib qolish tokining miqdori ko‘rsatilgan qiymatdan ortiq bo‘lsa, yerga ulangan joyda yoy hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu yoy esa tokning chastotasiga teng chastota bilan yonib–o‘chib turadi. Shu sababli tarmoqda kuchlanishning nominal kuchlanishga nisbatan 34 marta ortib ketadi. Bu qiymat kuchlanishi 6–35 kV li, ayniqsa, 35 kV li o‘tkazgichlarning izolyatsiyalari uchun o‘ta xavflidir. Bundan tashqari yerga ulangan joyda yoyning issiqlik ta’siri ostida izolyatsiyaning va temirbeton tayanchning buzilishi, yog‘och tayanchning esa yonib ketish xavfi ham tug‘ilishi mumkin. Erga yotayotgan tok, sig‘imiy tok bo‘lib, uni kamaytirish maqsadida neytral nuqta bilan yer orasida induktiv qarshilik ulanadi. Bu qarshilik yoy o‘chiruvchi g‘altak deb ham ataladi. Hozirgi paytda, bunday g‘altaklarning turli markalari chiqarilmoqda. Iv1 va Is1 vektorlarini qo‘shsak (Ia1=0) yerga ulanish toki faza tokidan uch marta kattaligini kuzatamiz: Iz=3*Uf*W*SA (6.1) Uf–nominal faza kuchlanishi; =2*f2*50*f314–o‘zgaruvchi tokning f=50 Gs dagi burchak chastotasi. Sa=Sv=Ss–liniyaning yerga nisbatan sig‘imi: havo liniyalari uchun So=5,4*10–3 mkf/km; kabelo liniyalari uchun So=(190220)*10–3 mkf/km. Ko‘rsatilgan qiymatlarni oxirgi tenglamaga qo‘yib 635 kV li liniyalari uchun quyidagi oddiy formulalarga ega bo‘lamiz: havo liniyalari uchun Iz= A (6.2) Bu formulada: Iz= A (6.3) U–fazalararo kuchlanish, kV L–har bir kuchlanish uchun bir–biriga ulangan liniyalarning umumiy uzunligi, km. Erga ulangan joydan o‘tayotgan oquvchi tok Iz ning qiymati quyidagidan ortmasligi kerak: 6–10 kV li tarmoqlarda – 5 A, 20 kV li tarmoqlarda – 10 A, 35 kV li tarmoqlarda – 20 A. Bunday tarmoqlar esa kompensatsiyalangan tarmoqlar deyiladi. Kuchlanishi 35 kV bo‘lgan qishloq xo‘jalik tarmoqlari ba’zi hollarda kompensatsiyalanadi. Kuchlanishi 10 kV tarmoqlarda esa yerga ulanib qolgan joyni tezda topish choralari ko‘rilishi kerak. Download 58.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling