Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari


Download 58.97 Kb.
bet15/24
Sana28.10.2023
Hajmi58.97 Kb.
#1732540
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
6,Mavzu.Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat

Tok qiymatini o‘lchash

Tok qiymati ko‘pincha 1 ta fazaga o‘rnatiladigan ampermetr (A) yordamida o‘lchanadi. Agar korxonada katta quvvatli bir fazali EI lar borligi uchun yuklamalar nosimmetriyasi mavjud bo‘lsa, uchala fazaga ham ampermetr qo‘yiladi. Podstansiyadan ketuvchi barcha liniyalarda ampermetrlar qo‘yiladi.


Kuchlanishni o‘lchash

Kuchlanishni o‘lchash voltmetrlar (V) yordamida yig‘ma shinalarda amalga oshiriladi. Voltmetr bilan fazalararo kuchlanishlar o‘lchanadi.


Ampermetr va voltmetrlar sinflari 35 gacha bo‘ladi. Agar podstansiya xizmat qiluvchi xodimlarsiz bo‘lsa, ko‘chma voltmetrdan foydalanish mumkin. 635 kV li elektr tarmoqlarda NTM turidagi kuchlanish transformatorlariga izolyatsiyani nazorat qiluvchi voltmetrlar ulanadi.

VI–BOB

“AQLLI TARMOQLAR” VA TIZIMNING NEYTRAL REJIMLARI HOLATLARI

  1. MA’RUZA




MAVZU: Manba va iste’molchilarning neytral rejimlari holatlari
Reja:
  1. “Aqlli tarmoqlar” to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


  2. Manba va iste’molchilarning neytral rejimlari holatlari


  3. Elektr kimyoviy korroziya


Sig‘im toklarini kompensatsiya qilish quyidagi hollarda ishlatiladi:


  1. 35 kV li tarmoqlarda, agar sig‘im toki (erga ulanish toki) 10 A ortiq bo‘lsa;


  2. 10 kV li tarmoqlarda, agar yerga ulanish toki 20 A dan ortiq bo‘lsa;


  3. 6 kV li tarmoqlarda, agar yerga ulanish toki 30 A dan ortiq bo‘lsa;


Elektr tarmoqlarida quyidagi neytral rejimlar qabul qilingan:


6–10, 20 va 35 kV li tarmoqlarda izolyatsiya qilingan neytral rejimi ishlatiladi. Bu tarmoqlarning uzunligi ancha katta bo‘lgani uchun bir fazali yerga ulanishlar ehtimoli katta.
110 kV va undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarda yerga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ulangan neytral rejimi ishlatiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari neytral rejimini tanlash, iqtisodiy, ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu tarmoqlar yerga ulangan neytralli yoki yerdan izolyatsiya qilingan bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi 3 ta faktorni hisobga olgan holda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda asosan yerga to‘g‘ridan ulangan neytralli rejim ishlatiladi. Bu rejimda ishlovchi elektr tarmoqlarining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘ladi, ishonchlilik darajasi yetarli bo‘lib, elektr xavfsizligi yaxshi ta’minlanadi. Faqat yer osti shaxtalari hamda rudniklarda va torf konlarida izolyatsiya qilingan neytralli elektr tarmoqlari ishlatiladi.

Download 58.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling