Elektr toki chastotasining nominal qiymati 50 Gs (60 Gs) ga teng. Chastotaning sekundiga 0.1 Gs dan kichik tezlik bilan o‘zgarishi chastota og‘ishi deyiladi. Chastotaning sekundiga 0.1 Gs dan ortiq tezlik bilan o‘zgarishi chastota tebranishi deyiladi. Nominal chastotadan 0.1 Gs miqdorda chastota og‘ishiga yo‘l qo‘yiladi (chastota 49.950.1 Gs oraliqda o‘zgarishi mumkin). 0.2 Gs miqdorda chastota tebranishiga yo‘l qo‘yiladi (49.850.2 Gs oralikda chastota tebranishi mumkin).
Chastotaning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlaridan pasayishi energetika tizimining mustahkamligini kamaytiradi va iste’molchilarning ko‘plab uzilishiga olib keladi. Shuni oldini olish uchun AChR (chastota bo‘yicha avtomatik yuksizlash–ruschasiga avtomaticheskaya chastotnaya razgruzka) qurilmasi o‘rnatilib, u ahamiyati kam bo‘lgan iste’molchilarni uzib, aktiv yuklamani kamaytiradi va chastotani tiklaydi.
IV–BOB. ELEKTR TA’MINOTI SXEMALARI, O‘TKAZUVChI QISMLARNING KESIM YuZALARI VA HIMOYa APPARATLARINI TANLASh
8 – MA’RUZA
MAVZU: Havo va kabel liniyalarining ko‘ndalang kesim yuzalarini tanlash.
Reja:
1. Sanoat korxonalari elektr ta’minoti sxemalarini qurishning umumiy prinsiplari
2. Korxona xududida elektr energiyasini tarqatish sxemalari
3. Havo va kabel liniyalarining ko‘ndalang kesim yuzalarini tanlash.
4. Kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan kommutatsiya va himoya apparatlari
Sanoat korxonalari elektr ta’minoti sxemalarini qurishning umumiy prinsiplari
Elektr ta’minoti sxemasini tanlash loyihalashning muhim masalasidir. Bu sxema o‘z ichiga ta’minlovchi liniyalarni, korxonadagi pasaytiruvchi va tarqatuvchi podstansiyalarni, korxona ichida elektr energiyasini tarqatuvchi turli kuchlanishli liniyalarni, issiqlik elektr markazini o‘z ichiga oladi. Bu sxemani tanlashda elektr energiya manbasining kuchlanishini bevosita iste’mol joyiga keltiruvchi “chuqur kirish” (ayrim adabiyotlarda iste’molchilarga yaqinlashtirilgan, ruschasiga esa–“glubokiy vvod”–deyiladi) podstansiyalari masalasi ko‘rib chiqiladi. Iste’molchiga yaqinlashtirilgan podstansiyalar 35–110–154 kV kuchlanishlarni iste’molchilar bo‘lgan elektr pechlari va o‘zgartirgichli podstansiyalarga yaqin keltiradi. Buning hisobiga esa energiya yo‘qotishlari va o‘tkazgich materiallari iqtisod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |