Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari


Podstansiya va liniyada izolyatsiya holatini nazorat qilish usullari


Download 58.97 Kb.
bet18/24
Sana28.10.2023
Hajmi58.97 Kb.
#1732540
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
6,Mavzu.Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat

Podstansiya va liniyada izolyatsiya holatini nazorat qilish usullari

a) yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, neytral nuqtasi izolyatsiyalangan tarmoqlar uchun tuman podstansiyalarida izolyatsiya holatini nazorat etuvchi signalizatsiya qo‘shiladi. Bunday signalizatsiyaning sxemasida besh sterjenli uch fazali kuchlanish transformatori NTMI (I–izolyatsii nazorati) dan foydalananiladi. NTMI ning ikkita ikkinchi cho‘lg‘ami bo‘lib, ulardan birinchisi o‘lchov asboblariga, ikkinchisi W3 esa ochiq uchburchakka ulangan bo‘lib, unga kuchlanish transformatoriga ulanadi. Bu cho‘lg‘amning uchlarida normal rejimda va fazalararo qisqa tutashishlarda hosil bo‘luvchi kuchlanishning qiymati nolga yaqin, lekin biror faza yerga ulanganda 100 kV kuchlanish hosil bo‘ladi. Natijada bu cho‘lg‘amga ulangan rele ishlab ovoz signalini ishga tushiradi.


NTMI–transformatorning birinchi cho‘lg‘ami W1, yerga ulashdan maqsad yerga ulanish toklarning oqishi uchun berk kontur hosil qilinadi. Ikkinchi cho‘lg‘ami W2 ni yerga ulash xodimlar xavfsizligi uchun asosiy uchta sterjendan tashqari qo‘shimcha ikkita sterjen yerga ulanib qolish toki hosil qilgan magnit oqimini hosil qilish uchun xizmat qiladi.
b) fazasi yerga ulangan liniyani topish usullari: Izolyatsiya holatini nazorat etuvchi signal qurilmasi tuman podstansiyasining 10 kV li tomoni uchun yoki uning bir qismi uchun umumiy bo‘lib, bu podstansiyadan chiqib ketuvchi 10 kV bergan liniyani topish, odatda, u liniyalarni navbat bilan uzish kerak. Yerga ulangan liniyani uzilganda NTMI ning signali yo‘q bo‘ladi. Lekin, liniyalar va ularning normal ishlash rejimini buzilishiga sabab bo‘ladi.
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hozirgi vaqtda turli signal sxemalari qo‘llanila boshlanmoqda. Bunday signal sxemasi bo‘lganda biror 10 kV li liniyada yerga ulanish yuz bersa, shu liniyaning signal chirog‘i yonadi, natijada liniyalarni navbat bilan uzish kerak bo‘lmaydi.

6.3–rasm. O‘zgaruvchan tok tarmog‘ida izolyatsiyani nazorat qilish sxemasi


Ko‘rsatilgan maqsadda qo‘llaniluvchi signal sxemalaridan birini ko‘rib chiqaylik. Bu sxemada signal olish uchun maxsus elektromagnit tizimli datchik qo‘llaniladi. Datchik podstansiyaning chiquvchi 10 kV li liniyasining yacheykasiga, po‘lat o‘zagi esa yacheykadan chiquvchi uch fazali kabelga o‘rnatiladi. Normal rejimda A, V va S fazalaridan teng qiymatli yuklama toklari oqib, ularning yig‘indisi nolga teng bo‘ladi. Liniyaning biror fazasi yerga ulangan holda toklar simmetriyasi buziladi va ularning yig‘indisi nolga teng bo‘lmay qoladi. Bu holda datchikning ikkinchi cho‘lg‘amida signal kuchlanishi hosil bo‘ladi.
Signal beruvchi chiroq LS ni boshqarish uchun elektron kalit sxemasidan foydalaniladi. Signal kuchlanishi bo‘lmaganda tranzistor MP–25 ni berk holda ushlab turish uchun baza qarshiligi Rb1 orqali 1,5 MA tok oqib o‘tadi.
Signal kuchlanishi hosil bo‘lganda, uning ta’siri ostida diod D1 va tranzistorning bazasidan tok o‘tadi. Bu tokning qiymati 5 mA>1,5 mA, yo‘nalishi esa berkituvchi tokka teskari bo‘lganligi uchun tranzistor MP–25 ochiladi va signal chirog‘i LS yonadi.
Erga ulanish sig‘im tokidan ishlovchi bunday signalizatsiya podstansiyadan chiquvchi har bir liniyada o‘rnatilganligi uchun yerga ulangan liniyani topishdan iste’molchilarga energiyani uzish kerak bo‘lmaydi.

Download 58.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling