Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari
Tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha tanlash
Download 58.97 Kb.
|
6,Mavzu.Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat
- Bu sahifa navigatsiya:
- V–BOB REAKTIV QUVVATNI AVTOMATIK ROSTLASh VA O‘LChOV TRANSFORMATORLARI
Tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha tanlashO‘tkazgichlarning kesim yuzasi s=Ix/Je sharti bo‘yicha tanlanadi. Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlarida bu shart bo‘yicha tanlangan kesim yuzalari (1) va (2) shartlarda tanlangan yuzalardan 2–3 marta katta bo‘ladi. Bu o‘tkazgich materiallarini ko‘p sarflashga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu tarmoqlarda Je bo‘yicha tanlash quyidagi hollarda ishlatiladi. a). Agar Tm>60007000 soat bo‘lsa: b). Elektroliz qurilmalarining elektr o‘zgarmas tokli tarmoqlarida. Quyidagi 4.1–jadvalda tokning iqtisodiy zichligi haqida ma’lumotlar keltirilgan: Tokning iqdisodiy zichligi 4.1–jadval
V–BOBREAKTIV QUVVATNI AVTOMATIK ROSTLASh VA O‘LChOV TRANSFORMATORLARI– MA’RUZA
MAVZU: O‘lchov transformatorlari Reja: O‘lchash transformatorlari Tok qiymatini o‘lchash Kuchlanishni o‘lchash ETTda quyidagi elektr parametrlari o‘lchanadi: elektr energiyani sarfi, kuchlanish va tokning qiymatlari.EE sarfini o‘lchashning 2 xil usuli bor. 1).To‘lovlar uchun (kommercheskiy); 2).Texnik yoki nazorat o‘lchovi. To‘lovlar uchun o‘lchash elektr energiyasi uchun xaq to‘lashga ishlatiladi. Texnik o‘lchash natijalari korxonaning ichki ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Energiya o‘lchashlari aktiv va reaktiv energiya hisoblagichlari yordamida amalga oshiriladi. 1.To‘lov uchun hisoblar. To‘lov uchun hisoblarda ishlatiluvchi aktiv energiya hisoblagichlarining aniqlik sinfi quyidagicha: 220330 kV li tarmoqlarda va transformatorning quvvati 63 MVA va undan ortiq bo‘lsa–0.5, agar transformator quvvati 440 mVA bo‘lsa–1.0, qolgan hollarda–2.0. Tok transformatorlarining aniqlik sinfi quyidagicha: energetika tizimi tarmoqlarida kuchlanish 35 kV va undan ortiq bo‘lsa–0.5; agar to‘lov hisoblagichlari BPP ning 610 kV li tomonida bo‘lsa–1.0. To‘lov hisoblagichlari, agar korxona radial liniyadan ta’minlansa, tuman podstansiyasida korxonaga ketuvchi liniyaning boshiga qo‘yiladi. Agar korxona o‘tib ketuvchi (tranzit) liniyadan energiya olsa, to‘lov hisoblagichlari korxonaga kirish joyiga o‘rnatilgan TT ga ulanadi. Agar YuK tomonida 0.5 sinfli TT bo‘lmasa, to‘lov hisoblagichlari PK tomonidagi 0.5 sinfli TT ga ulanadi. Bu holda BPP transformatorlardagi energiya yo‘qotishlari hisoblash yo‘li bilan topilib, hisoblagich ko‘rsatkichlarga qo‘shiladi. Nazorat hisoblagichlari va ular uchun ishlatiladigan tok transformatorining sinflari to‘lov o‘lchashlari uchun ishlatiladigan hisoblagichlar va tok transformatorlari sinflaridan bir pog‘ona past bo‘lishi mumkin. Nazorat hisoblagichlari BPP ning 610 kV li tarqatish qurilmasida, BPP dan va oraliq RPdan ketuvchi liniyalar boshiga qo‘yiladi. Agar kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan sex transformatorlarida mahsulot tannarhini aniqlash texnik–iqtisodiy hisoblar o‘tkazish zaruriyati doimo mavjud bo‘lsa, shu Iste’molchilarga ketuvchi liniyalariga ham aktiv hisoblagichlar o‘rnatiladi. Reaktiv energiya hisoblagichlari to‘lovlar va nazorat uchun ishlatiladi. Ularning ko‘rsatgichlari aktiv hisoblagichlarga mos keladi. Reaktiv hisoblagichlarning o‘rnatish joylari aktiv hisoblagichlar bilan bir xil bo‘lib, qo‘shimcha ravishda kondensator batareyalari ham shunday hisoblagichlar bilan ta’minlanadi. Download 58.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling