Rsatkichlari Generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari


 Dvigateldagi joiz yuklama


Download 131.5 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1615369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOSHQARILADIGAN TRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICH OZGARMAS

6. Dvigateldagi joiz yuklama tezlikni rostlash turiga bog‘liq. Tezlikka nisbatan yuklama momenti­ning o‘zgarishi turli sanoat mexanizmlari uchun turlichadir. Masalan, ko‘p mexanizmlar o‘zgarmas momentda tezlikni rostlashni talab etadi. Bunday mexanizmlarga ko‘tarma kranlar, prokat stanlari kiradi. Masalan, tokarlik dastgohida tezlikni rostlash quvvat o‘zgar­magan holda amalga oshirilishi kerak. Ba’zi mexanizmlarda mahsulotga ishlov berish jarayonida chiziqli tezlikni (yoki kesish tezligini) o‘zgarmas holda saqlab turish talab etiladi. Bu sharoitda kesish tezligining kuchga ko‘paytmasi o‘zgarmas quvvatni beradi.
Prinsipial jihatdan mos ravishda dvigatel quvvatini tanlash bilan (katta quvvatdagi dvigatel tanlab) tezlik rostlanayotganda quvvat yoki yuklama momentini har qanday o‘zgarishini ta’minlash mumkin. Lekin bu holda dvigatel tezligini rostlash tejamsiz bo‘lishi mumkin. Chunki dvigateldan turli tezliklarda bir xilda foydalanib bo‘lmaydi va ishlayotganda bir xil tezlikda dvigatel to‘la yuklanmagan bo‘lib qoladi.
Dvigatelning to‘la yuklanmasligi dvigatelni ishlatish (foydalanish) ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Chunki dvigatelning FIK kamayadi, o‘zgaruvchan tokda esa bundan tashqari quvvat koeffitsiyenti ham kamayadi. Shuning uchun iloji boricha dvigatel barcha tezliklarda to‘la yuklangan rost­lash usulini tanlash kerak.
Dvigateldagi joiz yuklama uning qizish darajasi bilan cheklanadi. Qizish darajasi o‘z navbatida dvigateldagi energiya sarfiga bog‘liq bo‘lib, bu sarf asosan dvigateldan oqayotgan tok bilan aniqlanadi.
Agar barcha tavsiflarda ishlayotganda tokning qiy­mati dvigatelning nominal toki qiymatiga teng bo‘lsa, bu holat dvigatelni barcha tezliklarda to‘la yuklanganligini ko‘rsatadi.
Rostlash tavsifida ishlayotganda, joiz yuklama, tokning nominal qiymati bilan aniqlanadi va turli rostlash usullari uchun turlicha bo‘ladi.
Misol tariqasida mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelini ko‘rib chiqamiz. U ikkita rostlash zonasiga ega. Birinchi zonada rostlash o‘zgarmas momentda amalga oshiriladi. Haqiqatda agar rostlash dvigatelning o‘zgarmas magnit oqimida bosh zanjir­dagi qarshilikni yoki kuchlanishni o‘zgartirish natijasida amalga oshirilsa, u holda tokning nominal qiymatida moment o‘zgarmas bo‘lib qoladi (3- rasm), chunki.


nI= const.

Bu zonada dvigatel o‘qidagi quvvat tezlikka proporsional bo‘lgani uchun chiziqli qonuniyat bilan o‘zgaradi:




P= Mw.
Ikkinchi zonada esa dvigatel tezligi magnit oqimini kamaytirish natijasida oshirilganligi uchun rostlash o‘zgarmas quvvatda amalga oshiriladi. (3- rasm).
Bu holatda tok o‘zgarmay nominal qiymatga ega bo‘lganda magnit oqimi tezlik oshishi bilan giperbola qonuniyati asosida rostlash kerak bo‘ladi, ya’ni



Shunday qilib, momentning tezlikka bog‘liqligi ikkinchi zonada quyidagicha bo‘ladi:





Bu yerdan ikkinchi zonada quvvat o‘zgarmas qiymatga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi:

Boshqa rusumdagi dvigatellarning tezligini rostlashda joiz yuklama shu kabi aniqlanadi. Lekin ventilyatorli yuklama momentiga ega bo‘lgan yuritmalarda dvigatel kichik tezliklarda to‘la yuklanmaydi. Bu yuritmalar tezligini rostlashda tezlik ortishi bilan moment ham orta boradi. Shuning uchun, bunday yuritmalarda yuklama bo‘yicha dvigatel quvvatini eng katta tezlik uchun tanlanadi. Qolgan barcha (kichik) tezliklarda dvigatel to‘liq yuklanmay qoladi.



Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling