Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассаcаларида фан кафедраси ишини такомиллаштириш тўғрисида


Download 0.57 Mb.
bet2/9
Sana08.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1443537
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Кафедра низоми

Vazirning birinchi o‘rinbosari,
Markaz direktori Z.Sattorov
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining 2008 yil ___sentabrdagi ___-sonli buyrug‘iga 1-ilova
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fan kafedrasi
to‘g‘risida namunaviy
NIZOM

I. Umumiy qoidalar




O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari talablari asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy dasturda ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarning mohiyatini har bir o‘qituvchi chuqur anglab, uni amalga oshirishda o‘zining munosib o‘rnini egallashi kerak. Bu borada yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish, yangi avlod darsliklari, uslubiy majmualar, o‘quv qo‘llanmalar yaratish, yangi laboratoriya ishlarini yo‘lga qo‘yish ustida tinimsiz ishlash lozim. O‘z o‘rnida bu ishlar kadrlar tayyorlashning sifati, bo‘lajak mutaxassislarni erkin fikrlovchi shaxs etib tarbiyalashda asosiy omildir.
Yuqorida aytilgan maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchi o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi, iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish va ular bilan ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borishi zarur. Pedagog kadrlar bilan bunday ishlarni tashkil etishda fan kafedralarining ahamiyati kattadir.
Fan kafedrasi haqidagi namunaviy Nizom uning asosiy vazifalari, funksiyalari, tarkibi, huquqlari, mas’uliyati, ta’lim muassasasining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro aloqasini belgilaydi.
II. Fan kafedrasini tashkil etish
Fan kafedrasi har bir akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida tashkil etilib, bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ishlab chiqarish amaliyoti va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi ta’lim muassasasi tuzilmasining tarkibiy qismidir.
Fan kafedrasi - ma’lum bir fan yoki turdosh fanlar pedagoglari va muhandis-pedagoglari birlashmasidan iborat bo‘lib, ta’lim muassasasida ishlaydigan pedagoglar, muhandis-pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqa toifadagi pedagog xodimlar, shuningdek o‘rindosh hamda soatbay(asosiy bo‘lmagan) xodimlardan kamida besh kishidan iborat bo‘lgan tarkibda tuziladi.
Fan kafedrasining nomi va tarkibi akademik litsey direktori tomonidan barcha pedagoglarni, jumladan o‘rindoshlik asosida ishlovchi pedagoglarni ham inobatga olgan holda rasmiylashtiriladi.
Kafedraning ish faoliyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ishlab chikarish va boshka ish jarayonlarini qamrab olgan istiqbolli va joriy ish rejalari asosida amalga oshiriladi.
Belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi pedagog, muhandis-pedagoglar ishtirokida kafedra majlisida muhokama etilib, qaror qabul qilinadi.
Kafedra va kafedra mudirining ish rejalari ta’lim muassasa direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Fan kafedralari akademik litsey ilmiy-pedagogik kengash qarori va akademik litsey direktori buyrug‘i asosida tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Ta’lim muassasasida o‘qituvchi sifatidagi faoliyati 5 yildan kam bo‘lmagan, yuqori malakaga ega bo‘lgan, tajribali o‘qituvchilar tarkibidan direktor buyrug‘i bilan kafedra mudiri tayinlanadi.
Kafedra faoliyati uchun kafedra mudiri mas’uldir.
Kafedra mudiri o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va uslubchi rahbarligida ish olib boradi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling