Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассаcаларида фан кафедраси ишини такомиллаштириш тўғрисида
Download 0.57 Mb.
|
Кафедра низоми
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYURAMAN
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida pedagog kadrlarni o‘quv-metodik, ilmiy-amaliy ishlarini tashkil qilish, o‘quvchilarga bilim berishdagi ilg‘or tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni malakasini oshirish ishlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda samarali tashkil etish maqsadida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2000 yil 18 oktabrdagi 18-sonli buyrug‘i bilan “Akademik litsey kafedralari to‘g‘risidagi Nizom”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65-sonli buyrug‘i bilan “Kasb-hunar kollejlari kafedralari to‘g‘risida Nizom”lar amaliyotga joriy etilgan. Bugungi kunda barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida fan kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, ular o‘zining samarasini berib kelmoqda. Shuning bilan birgalikda, o‘tgan vaqt mobaynida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish borasidagi bir qator hukumat qarorlarida ta’lim mazmuni sifatini oshirishga oid vazifalar fan kafedralari faoliyatiga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishni taqazo etmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”ga 165-sonli qarorini ta’lim muassasalarida amalga oshirishda fan kafedralarining roli alohida ahamiyatga ega. Yuqoridagilarga asosan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fan kafedralari faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida BUYURAMAN:1. “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fan kafedrasi to‘g‘risida namunaviy Nizom” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fan kafedrasi ishlarini tashkil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlariga: 3.1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fan kafedrasi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom va uslubiy tavsiyalar amalda qo‘llash uchun qabul qilish va uch kun muddatda barcha ta’lim muassasalariga yetkazish; 3.2. Barcha ta’lim muassasalarida ushbu Nizom asosida fan kafedralarini tashkil qilinishini, ularning yillik ish rejalarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 18 iyundagi 185-sonli buyrug‘i bilan biriktirilgan oliy ta’lim muassasasining turdosh kafedralari bilan birgalikda ishlab chiqilishini hamda uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish; 3.3. 2008 yil 10 oktabrga qadar barcha hududlarda ta’lim muassasalarining fan kafedralari ishini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bajarilishi to‘g‘risida yozma ma’lumotni Markaz direktoriga taqdim etish vazifalari yuklatilsin. 4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlariga: 4.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida fan kafedrasi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom va uslubiy tavsiyalar asosida fan kafedralarini qayta tashkil etish hamda biriktirilgan oliy ta’lim muasasalarining turdosh kafedralari bilan hamkorlikda yillik ish rejalarini 15 kun muddatda ishlab chiqish; 4.2. Fan kafedralari mudirlarini ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan, shuningdek tajribali pedagog kadrlar tarkibidan tayinlash; 4.3. Kafedralarga oliy ta’lim muassasalarining salohiyatli professor-o‘qituvchilarini jalb qilish; 4.4. Pedagog kadrlar, o‘quv yordamchi va o‘quv ishlab chiqarish xodimlarini namunaviy Nizom bilan tanishtirish vazifalari yuklatilsin. 5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2000 yil 18 oktabrdagi 18-sonli buyrug‘i bilan “Akademik litsey kafedralari to‘g‘risidagi Nizom”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65-sonli buyrug‘i bilan “Kasb-hunar kollejlari kafedralari to‘g‘risida Nizom”lari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur buyruq ijrosining nazorati Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari R.Nimatov zimmasiga yuklatilsin. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling