Ўрта махсус касб-ҳунар таълими тизими кадрлар малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat


Download 1.04 Mb.
bet6/28
Sana31.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1310875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
3.1. Avtoreferat.Azizov O.E.(тах кейинги) 24.02.23

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga mo‘ljallangan “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” fanidan o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va nashr ettirilgan;
professional taʼlimning tayyorlov yo‘nalishi 0.11.02.00-Maktabgacha taʼlim namunaviy o‘quv rejasidagi maxsus fanlar blokiga kiruvchi “Innovatsion taʼlim texnologiyalari va metodlari” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan axborot-didaktik taʼminot, mashqlar va ijodiy topshiriqlarni o‘z ichiga olgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
Intellektual mulk agentligidan kommunikativ kompetensiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron maʼlumotlar bazalari uchun bitta mualliflik guvohnomasi olingan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus kurs o‘quv dasturi ishlab chiqilgan va amalda joriy etilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘llanilgan yondashuv, usullar va nazariy ma’lumotlarning ilmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik tahliliga asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi hamda olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati taklif qilingan innovatsion yondashuv asosida ilg‘or metodlar va rivojlantiruvchi treninglar orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini oshirish imkoniyatlari va pedagogik shart-sharoitlari asoslanganligi, pedagogik model ishlab chiqilganligi hamda pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari va treninglar o‘quv rejalari va axborot metodik taʼminoti hamda elektron taʼlim resurslari ishlab chiqilganligi hamda “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi yaratilganligi va amalda joriy etilganligi bilan izohlanadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling