Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi, “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi, pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga oid takliflar va tavsiyalardan pedagogika kollejlarining “4.11.02.02-Maktabgacha taʼlim tarbiyachisi” taʼlim yo‘nalishi malaka talabini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 18-oktabrdagi 89-05-134-sonli maʼlumotnomasi). Natijada pedagogika kolleji o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion metodlar hamda trening va mashqlardan Toshkent pedagogika kolleji, Namangan pedagogika kolleji, Baxmal 2-son pedagogika kollejlarida “Innovatsion taʼlim texnologiyalari va metodlari” fanini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 18-oktabrdagi 89-05-134-sonli maʼlumotnomasi). Natijada pedagogika kollejlarida taʼlim jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan;
pedagogika kollejlari uchun yaratilgan hammualliflikdagi “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi, treninglar va mashqlar joylashtirilgan va “Topshiriqlar”, “Nazariy materiallar”, “Tavsiyalar” va “Baholash jurnali” modullarini o‘z ichiga olgan elektron o‘quv kursi ishlab chiqilgan hamda amalda joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 18-oktabrdagi 89-05-134-sonli maʼlumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining DGU 18707-sonli guvohnomasi). Natijada pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |