ʻrta maxsus taʻlim vazirligi mirzo ulugʻ
II BOB Sport menejmentining tashkiliy strukturasining o’rni va ahamiyati
Download 46.12 Kb.
|
Hozirgi zamonaviy sport industriyasi bilan 1
II BOB Sport menejmentining tashkiliy strukturasining o’rni va ahamiyati
2.1 Tashkiliy strukturaning shakllari Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosini obyektiv iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy-ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o‘rganish va ularning aniq vaziyatlardan namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari Respublika xalq xo‘jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Jamiyat hayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala iqtisodiy-ilmiy, texnikaviy-ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa manfaatlarini samarali bog‘lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim omil ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadalshtiruvchi qudratli hakarakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g‘oyasi mehnatkash kishining obro‘sini ko‘tarishdan, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lib vijdonan va mas’uliyat bilan mehnat qilishdan, ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o‘z qobilyatini to‘liq sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga qo‘yishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sportda bularga faqat personal ishlab chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan holdagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs, ya’ni jamiyatga bog‘liq va uning ta’siri ostida bo‘lib qolmay, tabiiy mavjudod hamdir. Xuddi shunga bog‘liq holda uning shaxsiy manfaatlarini (unga bog‘liq holda xulqi, harakatlari) har doim ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o‘z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Ishchilar o‘rtasidagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maqsadlari, mehnat intizomi faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ularning harakatlarini tartibga soladi. Bozor munosabatlariga o‘tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o‘zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va tashkilotlarining, tashkilorlarning, jumladan sport tashkilotlarining o‘z-o‘zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo‘lishini ta’minlovchi takomiilashgan xo‘jalik mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir. Davlat menejmentining maqsadi, jumladan jismoniy tarbiya va sport menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyatini qurishdan iboratdir. Har qanday fan, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport menejmenti fani o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet ushbu fan nima bilan shug‘ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro‘y beradigan jarayon va hodisalarning kelib chiqish, shakllanish va hayotda o‘z-o‘rnini topish qonunyatlarini aniqlaydi. Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda, jismoniy tarbiya va sportda personal ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko‘rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o‘rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqishi lozim. Menejment predmeti xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonunyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport menejmenti soha jarayonlarida mavjud barcha boshqaruv kategoriyalarni mashg‘ulot va musobaqa jarayonlariga joriy etishni o‘rganadi. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Boshqaruv munosabatlari rahbar qo‘lostidagi xodimlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, jismoniy tarbiya va sport menejmenti – bu eng avvalo Ishchilarni, personalni, sportchi va trener-murabbiylarni boshqarishdir. Iqtisodiyotni yurgizishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat jamolari va alohida personal (xodim)lardan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sportda faqat personalning mehnat faoliyati vositasida sport tovarlari ishlab chiqarishning, hamda sport mashg‘ulotlarining moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi. Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi – dialektik uslub bo‘lib, u menejmentga o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning, jismoniy tarbiya va sport jarayonlarining mohiyatini ochishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya va sport menejmentiga quyidagi boshqa uslublar ham xos, masalan, voqe’lik hodisalarini o‘rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo‘jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o‘zida tahlil qilish va to‘liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy-ijtimoiy usullar va boshqalar. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni jismoniy tarbiya va sportga to‘g‘ri bog‘lab qo‘llash, har bir aniq vaziyatda boshqaruvning eng samarali variantini topish qobilyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti kursining mazmunini iqtisodiyotni yurg‘izishning, boshqarish tizimlari va ularni tuzishning tashkiliy shakllari, xo‘jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va metodologik asoslarini o‘rgangan holda ularni jismoniy tarbiya va sport tarmog‘iga joriy etishni tashkil etishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti boshqaruv faoliyatining umumiy qonunyatlari va prinsiplari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlaridagi harakatlari va o‘zini to’tish hollarini umumlashtiradi. Jismoniy tarbiya va sportda iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonunyatlari va usullarini ajratib o‘rganadi. Jismonimy tarbiya va sport menejmentining amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, Ishchilar ma’naviy darajalarini o‘stirish sharoitida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga va boshqalarga qaratilgandir. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining bu amaliy qismi faqatgina boshqaruv prinsiplarining o‘zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo‘llash qobilyati, ya’ni ularning aniq ko‘rinishlaridan yorqin vaziyatda foydalana olish qobilyatini o‘rganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni, jumladan, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish amaliyotida qonunyatlar, prinsiplar va uslublardan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida jismoniy tarbiya va sportni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar prinsiplarini ishlab chiqish, rivojlantirish va soha tarmog‘iga tatbiq etishdan iborat. Download 46.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling