ʻrta maxsus taʻlim vazirligi mirzo ulugʻ
Rahbar va menejer tushunchalari
Download 46.12 Kb.
|
Hozirgi zamonaviy sport industriyasi bilan 1
3.2 Rahbar va menejer tushunchalari
Iqtisodiyotni yurgizishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat jamolari va alohida personal (xodim)lardan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sportda faqat personalning mehnat faoliyati vositasida sport tovarlari ishlab chiqarishning, hamda sport mashg‘ulotlarining moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi. Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi – dialektik uslub bo‘lib, u menejmentga o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning, jismoniy tarbiya va sport jarayonlarining mohiyatini ochishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya va sport menejmentiga quyidagi boshqa uslublar ham xos, masalan, voqe’lik hodisalarini o‘rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo‘jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o‘zida tahlil qilish va to‘liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy-ijtimoiy usullar va boshqalar. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni jismoniy tarbiya va sportga to‘g‘ri bog‘lab qo‘llash, har bir aniq vaziyatda boshqaruvning eng samarali variantini topish qobilyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti kursining mazmunini iqtisodiyotni yurg‘izishning, boshqarish tizimlari va ularni tuzishning tashkiliy shakllari, xo‘jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va metodologik asoslarini o‘rgangan holda ularni jismoniy tarbiya va sport tarmog‘iga joriy etishni tashkil etishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti boshqaruv faoliyatining umumiy qonunyatlari va prinsiplari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlaridagi harakatlari va o‘zini to’tish hollarini umumlashtiradi. Jismoniy tarbiya va sportda iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonunyatlari va usullarini ajratib o‘rganadi. Jismonimy tarbiya va sport menejmentining amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, Ishchilar ma’naviy darajalarini o‘stirish sharoitida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga va boshqalarga qaratilgandir. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining bu amaliy qismi faqatgina boshqaruv prinsiplarining o‘zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo‘llash qobilyati, ya’ni ularning aniq ko‘rinishlaridan yorqin vaziyatda foydalana olish qobilyatini o‘rganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni, jumladan, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish amaliyotida qonunyatlar, prinsiplar va uslublardan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida jismoniy tarbiya va sportni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar prinsiplarini ishlab chiqish, rivojlantirish va soha tarmog‘iga tatbiq etishdan iborat. Menejmentning jismoniy tarbiya va sportga keng tatbiq etilishi ayni muddaodir, chunki biz yuqorida keltirlgan menejmentning har bir elementlari sportchilar, murabbiylar, sport jamolari va ularning rahbarlari, turli boshqa jismoniy tarbiya va sport jamolari orasida o‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etishda har doim, har soat va har daqiqada uchrab turishi, mavjudligi, ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri hal etish lozimligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Shuning uchun menejment qoidalarining jismoniy tarbiya va sportga ilmiy asosda joriy etilishidan juda katta samara kutilishi aniq. Shu borada “Rahbar” va “Menejer” tushunchalariga aniqlik kiritish ham maqsadga muvofiqdir. Boshqaruv va menejment soha, faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi, rahbar (boshqaruvchi) va menejer esa personal lavozimlarini bildiradi. Rahbar tashkilot yoki tashkilotning yuridik boshlig‘i (prezident, bosh direktor, rektor, direktor va hokazo) bo‘lib, u tashkilotning barcha funksional yo‘nalishdagi (ishlab chiqarish, texnika va texnologiya ta’minoti, iqtisod, moddiy-texnika ta’minoti, logistika, energetika, tijorat, personal (xodim) va boshqalar faoliyatiga javobgardir va ularni boshqaradi. Eng asosiysi, u moliya va uning taqsimotiga javobgar, moliyaviy xarajatni boshqarib boradi, bank tizimida faqat uning imzosi inobatga olinadi. Rahbar o‘z faoliyatini amalga oshirishda yozma (og‘zaki) buyruq va boshqa ko‘rsatmalar orqali ish yuritadi, faqatgina rahbar yuqoridagi hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega. Menejer esa yuqorida keltirilgan funksional yo‘nalishlar faoliyatini amalga oshirishda personal (xodimlar) ishtirokini ta’minlaydi. Personal ishtiroki muhim masala bo‘lib, u xodimlarning malakasi va boshqa ko‘rsatkichlari (parametrlari) bo‘yicha tanlash, rasmiy ishchi guruhlari tuzish, ish bilan ta’minlash, xodimlarning tashkiliy faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, qayta o‘qitish, malakasini oshirish, xizmat pog‘onasida ularni yuqoriga ko‘tarish, pastga tushirish yoki ishdan chetlatish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Menejer moliya-bank hujjatlari, buyruqqa imzo chekish huquqiga ega emas, shuning uchun uning faoliyati tashkilot ishining provard samarasi uchun o‘ta muhim bo‘lishiga qaramay, rahbar uchun tayyorlangan tavsiya bilan cheklanadi. Menejerning har qanday tavsiyasi rahbariyat tomonidan o‘rganilib, asosli axborot (informatsiya)ga tayangan holda tegishli qaror qabul qilinib, rahbar tomonidan buyruqqa imzo cheqilgach, kuchga kiradi. XULOSA Jahon boshqaruv nazariyasi va amalyotida rahbar shaxsining bilim va malakasi, ish tajribasi, tadbirkorlik xususiyatlari va boshqa xislatlariga nisbatan qanchalik yuksak talablar qo‘yilgan bo‘lsa, menejerlarga ham ulardan kam mas’uliyat yuklatilmagan. Mavjud standart va talablarga ko‘ra menejer birinchidan, jismoniy va aqlan sog‘lom, ikkinchidan, o‘z sohasi va unga yaqin ilmlarni puxta egallagan, uchinchidan, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z fikrlarini yozma, og‘zaki va boshqa ko‘rinishlarda ifodalay oladigan, murakkab holatlarda to‘g‘ri yechimlarni topa oladigan personal (shaxs) bo‘lishi lozim. Sobiq Ittifoq tizimida markazlashgan boshqaruvning kuchli bo‘lishi va boshqa siyosiy sabablarga ko‘ra menejment tanqid qilib kelingan, amaliyotga joriy etilmagan va mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, rivojlantirilmagan. Menejmentni eslash lozim bo‘lgan hollarda, unga tanqidiy munosabat bildirilishi talab qilinardi, shuning uchun “Kapitalizm sistemesida ishchilarning bilagidagi kuchi va oxirgi suvini siqib olishga mo‘ljallangan mexanizm” - deb tanqid qilingan. Amerikalik olim Abraham Maslou, boshqa olimlar tomonidan yaratilgan inson ehtiyojlarini aks ettiruvchi ko‘pgina modellarni inkor etmagan holda, o‘zining “Inson ehtiyojlarini iyerarxik model”ini tavsiya etgan. Ushbu modelning xususiyatlari shundan iboratki, u birinchidan, juda oddiy, ikkinchidan, insonlarning cheksiz hisoblangan ehtiyojlarini besh guruhlarga bo‘lib, zaruriyatlik darajasiga qarab, iyerarxik pog‘onalarga joylashtirilan. Ehtiyojlarning joylanish tartibi pastdan yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, hayot uchun eng zaruri pastdan birinchi pog‘onalardan boshlab joylashtirilgan. Yuqoridagi piramidaga e’tibor qiladigan bo‘lsak, pastdagi eng birinchi va ikkinchi pog‘onalarga oziqlanish va himoyalanish ehtiyojlari joylashtirilagan, ushbu ikki ehtiyoj insonlarning fiziologik-moddiy ehtiyojlari hisoblanadi. . Download 46.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling