6-ma’ruza. Boshqaruv (menejment) buxgalterlarining professional etikasi
Download 21.43 Kb.
|
6-ma\'ruza Boshqaruv hisobi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Professional Buxgalterlarning Etika Kodeksi
- 3. Xizmatlar sifati kafolatlanganligi
6-ma’ruza. Boshqaruv (menejment) buxgalterlarining professional etikasi Boshqaruv (menejment) buxgalterlari etika qoidalari qabul qilinishi talab etiladigan professional soha hisoblanadi. Etika qoidalari – bu professionallar o‘rtasida boshqa ommaviy guruhlar va ushbu professionallar jamiyatining ichida bir-biriga bo‘lgan xulq-atvorlarni tartibga soladigan konvensiyadir. Etika qoidalari reputatsion, boshqaruv va korporativ madaniyatni rivojlantirish kabi funksiyalarga ega. Professional etika qoidalari ikkita ma’naviy funksiyalarni bajaradi. Birinchisi, ular standartlarga rioya qilish orqali jamiyatga sifat kafolati bo‘lib hizmat qiladi. Ikkinchisi, qaysi soha xodimlariga taalluqli bo‘lsa, ushbu soha xodimlari faoliyatidagi cheklovlarni belgilab beradi. Buxgalter professiyasi ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan professiyalardan hisoblanib, jamoat manfaatlari nuqtai nazaridan ma’lum majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazaridan buxgalter professiyasi etika qoidalarini taqozo etadigan professiyalardan hisoblanadi. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, 1996 yil Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi tomonidan Professional Buxgalterlarning Etika Kodeksi ishlab chiqilgan. 2006 yil 30 iyunidan yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu Etika Kodeksi buxgalteriya professiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilab berdi. Ularga quyidagilar kiritilgan: 1. Ishonchlilik – jamiyatda ishonchli axborotlarga bo‘lgan va ishonchli axborot tizimiga bo‘lgan talab amal qiladi; 2. Professionalizm – kompaniyalar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarning buxgalteriya hisobi sohasida maxsus bilim va ko‘nakmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga bo‘lgan talabi shakllanganligi; 3. Xizmatlar sifati kafolatlanganligi – professional buxgalterlar tomonidan bajarilgan ishlar oliy sifat standartlari talablariga to‘liq muvofiq kelishligi borasidagi ishonchning zarurligining amal qilishi; 4. Ishonch – professional buxgalterlarning xizmatidan foydalanuvchilar ushbu xizmatlarni tartibga solishga mo‘ljallangan professional etika qoidalari mavjudligidan xabordor bo‘lishlari kerak AQSHdagi Menejment Buxgalterlar Instituti (IMA-Institute of Management Accountant) tomonidan menejment buxgalterlarining kompetentlik, konfedensiallik, to‘g‘rilik va ishonchlilik bo‘yicha sifat tavsiflar qoidalari ishlab chiqilgan. Bundan tashqari IMAda o‘z a’zolariga murojaatlar bo‘yicha Etika Maslahat Servesini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu Kengash institutga a’zo bo‘lgan menejment buxgalterlariga murojaatlar bo‘yicha konfedensiallikni saqlagan holda asosiy kalitli etik muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha muqobil variantlarini taklif etadi. IMA tomonidan Professional Amaliyot Etika Qoidalari (Statement) ishlab chiqilgan. Ushbu Qoidalarning asosiy mazmunini quyidagi 1.1-jadvalda keltiramiz. 1.1-jadval Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling