6-ma’ruza. Boshqaruv (menejment) buxgalterlarining professional etikasi


Download 21.43 Kb.
bet4/5
Sana21.11.2023
Hajmi21.43 Kb.
#1792189
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-ma\'ruza Boshqaruv hisobi1

Tayanch atamalar:
1. Etika qoidalari – bu professionallar o‘rtasida boshqa ommaviy guruhlar va ushbu professionallar jamiyatining ichida bir-biriga bo‘lgan xulq-atvorlarni tartibga soladigan konvensiyadir.
2. Ishonchlilik – jamiyatda ishonchli axborotlarga bo‘lgan va ishonchli axborot tizimiga bo‘lgan talab amal qilishi.
3. Professionalizm – kompaniyalar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarning buxgalteriya hisobi sohasida maxsus bilim va ko‘nakmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga bo‘lgan talabi shakllanishi.
4. Xizmatlar sifati kafolatlanganligi – professional buxgalterlar tomonidan bajarilgan ishlar oliy sifat standartlari talablariga to‘liq muvofiq kelishligi borasidagi ishonchning zarurligining amal qilishi.
5. Ishonch – professional buxgalterlarning xizmatidan foydalanuvchilar ushbu xizmatlarni tartibga solishga mo‘ljallangan professional etika qoidalari mavjudligidan xabordor bo‘lishligi
6. Menejment buxgalterlarining professional etika qoidalari prinsiplari o‘z ichiga oladi: To‘g‘rilik (Honesty), Adolatlilik (Fairness), Obyektivlik (Objectivity) va Mas’uliyatlilik (Responsibility).
7. Kompetentlik (Competence) – bu muntazam bilimlar va ko‘nikmalarni oshirib borish orqali o‘ziga taalluqli professional ekspertiza (expertise) darajasini qo‘llab quvvatlash; Qonunlar, tartib qoidalar va texnik standartlarga rioya qilgan holda o‘zining professional majburiyatlarini bajarish; qarorlar qabul qilinishini qo‘llab quvvatlovchi tartibli, aniq, qisqa va o‘z vaqtida axborotlar va tavsiyalarni ta’min eta olishlik; mas’uliyatli mulohazalar va faoliyatga doir muvaffaqiyatli bajarishlarga tusqinliq qiluvchi professional limitlashlar va chegaralanishlarni qayd qilish va ular to‘g‘risida axborot bera olishlikdir.
8. Konfidensiallik (Confidentiality) – bu har bir a’zo (qatnashuvchi) axborotlarning konfidensialligini ta’minlash (ularni faqat ruxsat berilgan va qonunchilik muvofiq ochiqlash talab etilgan holatlar bundan mustasno); barcha taalluqli tomonlarni konfidensial axborotlardan maqsadga muvofiq foydalanish to‘g‘risida xabardor qilishlik; belgilangan tartibga rioya qilish faoliyati subortinatsiyasi monitoringi amalga oshirishlik; etikaga muvofiq bo‘lmagan va noqonuniy maqsadlarda konfidensial axborotlardan foydalanishdan o‘zini saqlashlikga mas’uldir.

Download 21.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling