Professional Amaliyot Etika Qoidalari (Statement Of Ethical Professional Practice)1
IMA a’zolari etika qoidalariga rioya qilishlari shart. Ushbu qoidalar bizning irodamizni ifodalovchi Prinsiplar va hamda rioya qilishimiz lozim bo‘lgan Standartlardan iborat.
PRINSIPLAR
IMAning keng qamrovli prinsiplariga o‘z ichiga oladi: To‘g‘rilik (Honesty), Adolatlilik (Fairness), Obyektivlik (Objectivity) va Mas’uliyatlilik (Responsibility).
A’zolar ushbu prinsiplarga amal qilgan holda harakat qilishi hamda boshqalarni, ya’ni o‘z tashkilotlari bilan muloqatda bo‘lganlarni ham ushbu qoidalarga rioya qilishlarini rag‘batlantirish
STANDARTLAR
|
A’zolar tomonidan quyidagi standartlarga rioya qilmasliklari intizomiy choralar qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin:
I.KOMPЕTЕNTLIK (COMPETENCE)
Har bir a’zo (qatnashuvchi) quyidagilar uchun mas’uliyatli hisoblanadi:
1. Muntazam bilimlar va ko‘nikmalarni oshirib borish orqali o‘ziga taalluqli professional ekspertiza (expertise) darajasini qo‘llab quvvatlash;
2. Qonunlar, tartib qoidalar va texnik standartlarga rioya qilgan holda o‘zining professional majburiyatlarini bajarish;
3. Qarorlar qabul qilinishini qo‘llab quvvatlovchi tartibli, aniq, qisqa va o‘z vaqtida axborotlar va tavsiyalarni ta’min etish;
4. Mas’uliyatli mulohazalar va faoliyatga doir muvaffaqiyatli bajarishlarga tusqinliq qiluvchi professional limitlashlar va chegaralanishlarni qayd qilish va ular to‘g‘risida axborot berish.
II. KONFIDENSIALLIK (CONFIDENTIALITY)
Har bir a’zo (qatnashuvchi) quyidagi javobgarliklarga ega:
1.Axborotlarning konfidensialligini ta’minlash. Ularni faqat ruxsat berilgan va qonunchilik muvofiq ochiqlash talab etilgan holatlar bundan mustasno;
2. Barcha taalluqli tomonlarni konfidensial axborotlardan maqsadga muvofiq foydalanish to‘g‘risida xabardor qilish. Belgilangan tartibga rioya qilish faoliyati subortinatsiyasi monitoringi amalga oshiriladi;
3. Etikaga muvofiq bo‘lmagan va noqonuniy maqsadlarda konfidensial axborotlardan foydalanishdan o‘zini saqlash.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |