Ўрта осиёда хvi-хiх асрнинг биринчи ярмида ижтимоий-сиёсий фикр


Download 89.5 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1489435
  1   2   3   4
Bog'liq
1350282009 14817


O`rta osiyoda XVI-XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy fikr
Режа:
1. O`rta Osiyo xalqlarining XVI -XVII asr ijtimoiy-siyosiy fikri.
2. O`rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida ijtimoiy fikr
3. O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri

XVI asrga kelib Amir Temur yaratgan buyuk davlat zaiflashdi. Feodal tarkokligi, uluslarni ajralib chiqishga intilishlari bunga sabab bo`ldi. Muxammad Shayboniyxon (1451-1510) davlatni birlashtirishga, tarqoqlikni bartaraf qilishga urindi..


XVI asr oxirida Shayboniylar sulolasining xukmronligi to`gatildi. 1599 yildan boshlab xokimiyat Ashtariyxoniylar sulolasi qo`liga o`tdi. Bu sulola xukmronligi davrida o`zaro nizolar yanada kuchaydi..
Markaziy xonlik hokimiyatini mustaxkamlashga xarakat qilgan Imomqulixon (1611-1642) tadbirlari birmuncha ijobiy natijalarni bergan bo`lsada vaziyatni tubdan o`zgartira olmadi. Uning vafotidan keyin taxt uchun bo`lgan kurash nixoyag chukqurlashdi va XVIII asrning birinchi yarmida ashtariylar davlati tushkunlikka uchrab parchalana boshladi.
XVIII asrning birinchi yarmida davom etgan o`zaro feodal urushlar va uning natijasida mamlakatda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy vaziyat Movarounnahrning uchta xonlikka bo`linib ketishi uchun zamin tayyorlab berdi..
Ashtariylar sulolasining eng so`nggi xukmdori Abulfayzxon (1711-1747) mang`it urug`idan chiqqan Muhammad Rahimboy tomonidan o`ldiriladi. U o`zini Buxoro xonligining amiri deb e`lon qiladi..
Davlat ma`muriy boshqarilishi jihatdan viloyat va tumanlarga bo`lingan bo`lib xokimiyat tepasida xon turardi. Davlatdagi eng martabali lavozim otalik edi. Otaliklar xonlar xuzuridagi eng muhim ishlarni nazorat qilardilar. Davlatdagi eng oliy qarorgohi devon deb atalardi. Uni devonbegi boshqarar edi.
Shuningdek, davlat ishlarida ko`kaldosh lavozimi ham yuqori mansablardan hisoblanar edi. Bu lavozimdagi amaldor xon atrofidagi odamlar va dushmanlar haqida to`plangan ma`lumotlarni nazorat qilardi. Bulardan tashqari davlatning ma`muriy boshqaruvida mirshabboshi, dodhox, inoq, mirsoxur, dasturxonchi, kabi lavozim va mansablar ham bor edi.
Ma`muriyat tizimidagi amaldorlardan tashqari davlatni boshqarishda oliy tabaqali ulamolar ham ishtirok etishardi. Eng kuchli xonlar va amaldorlar ham ulamolar bilan maslahatli siyosat olib borardilar.
O`rta asrchilik davrining iqtisodiy asosini qishloq-xo`jalik tashkil qilardi. Yerlarnnng asosiy qismi umumdavlat yerlari bo`lib, unga xon egalik qilgan. Yerlardan foydalangan mahalliy feodallar va ruhoniylar yerni dexqonlarga foydalanishga topshirgan. Dexqonlar ham davlatga, ham feodalga soliq to`laganlar. Soliq turlari va xajmi har xil bo`lgan.
Feodallarning jabr-zulmlari, o`zaro urushlar, ochlik va qashshoklik xalq ommasi norozilik xarakatining kuchayishiga olib keldi. O`rta Osiyoning viloyatlarida xalq xarakatlari va qo`zg`olonlari bo`lib turdi.
Shuni xam alohida ta`kidlash zarurki, XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti to`xtab qolgani yo`q. Taraqqiyotni tarixiy odimini to`xtatib bulmaydi..
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urgench, Qo`qon va boshqa shaharlarda savdo va xunarmandchilik faoliyati davom etdi, adabiyot va tarixiy fanlar, me`morchilik va tasviriy san`at rivojlandi. SHe`riyat ravnaq topdi. O`sha davrda Xasan Nisoriy, Mutribiy, Xofiz Tanish, Maxmud ibn Vali, Muhammad Amin Yaroqchi, Muhammad Amin Buxoriylar kabi tarixchilar ijod qildilar.
Bu davrning ma`naviy hayotida madrasalar katta rol o`ynagan. Buxoro, Toshkent, Samarqand va Balxda bir qator yangi madrasa va masjid binolari qurirgan.
XVP-XVSH asrlarda ilm-fan, ayniqsa tabiiy fanlar rivojining darajasi keskin pasayib ketgan bo`lsada ma`naviy boyliklarning yig`ish va tarqatish jarayoni to`xtamadi. Bu davrning ilg`or kishilari Ulug`bekning ilmiy g`oyalari, Jomiy va Navoyining xayratomuz asarlaridan ruxlanib ilm-fan ravnaqi, inson bilimi ufqlarini kengaytirish uchun xarakat qildilar, bid`at va jaxolat ko`rinishlariga karshi kurashdilar, inson aql-idroki qudratini, xaqiqat va adolat g`oyalarini tarannum etdilar. Turdi, Sayido Nasafiy, Mashrab ijodlari shu davrning mahsulidir.
Xiva xonligida Ogohiy, Munis, Komil Xorazmiy, Quqon xonligida Mahmud, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Buxoroda Mujrim Obid, Shavqiy Kattaqurg`oniy kabi shoirlar o`z davrinnng muhim siyosiy va ma`naviy muammolarini ifodaladilar. Ularning asarlarida insonparvarlik, Vatanga sadoqat g`oyalari, ijtimoiy adolatsizlikka nafrat, ilm-ma`rifatga intilish kabi hislatlar targ`ib qilinadi..

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling