Ўрта осиёда хvi-хiх асрнинг биринчи ярмида ижтимоий-сиёсий фикр


O`rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida ijtimoiy fikr


Download 89.5 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1489435
1   2   3   4
Bog'liq
1350282009 14817

O`rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida ijtimoiy fikr

XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida yashagan va ijod qilgan mutafakkirlardan biri So`fi Olloyor edi. Uning asarlari asosan islom dini va tasavvufning qonun-qoidalari va marosimlariga bag`ishlangan bo`lsada, ularda insonning ahloqiy poklik va ruxiy kamolotga chaqiruvchi goyalar katta o`rin egallaydi. So`fi Olloyorning fikricha, inson saxiy, ochik yuzli, muruvvatli, shirinsuxan va xushmuomalali bo`lishi lozim. Bunday xislatlarga ega bo`lgan odam ajdarxoni yengishi, gumrohlarni to`g`ri yo`lga boshlashi, xarom-xarish ishlardan o`zini tiyishi mumkin. Bu maslahatlarni xukmdorlarga ham uqtirishga xarakat qildi. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o`rnatishni istagan xukmdor o`z fuqarolariga rahmdil va xushmuomala bo`lishi lozim, deydi u.


So`fi Olloyorning ma`naviy merosini o`rganish va ilmiy tahlil qilish falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikr tarixiga katta hissa bo`lib kiradi.
O`zbekiston ijtimoiy-siyosiy fikr tarixida iz qoldirgan ilg`or qishilardan biri Munis Xorazmiy (1778-1829). Tarixchi, tarjimon, xattot, ma`rifatparvar shoir Munis Xiva xonining saroyida farmonlarni yozuvchi kotib bo`lib xizmat qilgan, zamonasining mashxur olim, shoir va san`atkorlari bilan yaqin aloqada bo`lgan, bor bilimi, salohiyati va kuch-quvvatini ijodga, ilm-fan va ma`rifatga bag`ishlagan..
Munis Xiva xonligi tarixi ustida ishladi, ko`p ilmiy va badiiy asarlarning tarjimasini qildi, insonparvarlik va taraqqiyotga undovchi g`oyalar bilan sug`orilgan sherlar yaratdi.
Siyosiy qarashlari jihatidan Munis odil va ma`rifatli xukmdor tarafdori edi. U mamlakatda adolat o`rnatilishini, ilm-fan, san`at rivoj topishini orzu qildi. Xukmdorlarni shu yulda xarakat qilishga chaqirdi.
O`zbek xalqining XIX asr ijtimoiy-siyosiy fikri tarixida Muhammadrizo Ogohiy aloxida o`rin egallaydi (1809-1874 yy.) Ogahiy Xorazmda tug`ildi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi va ijod qildi.. U shoir, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi ham edi..
Ogohiy o`z umri mobaynida bir necha Xiva xonlarining idora qilish faoliyatining guvoxi bo`lgan. U saroyda bosh mirob lavozimida xizmat qilgan, xonlarning yaqin maslaxatchisi va nasihatgo`yi bo`lgan. Ogohiy Xorazmshohlar davlatchiligi, ularning yuksalish va inqirozga uchrash tarixini ham o`rgangan, ayrim siyosiy masalalarni tadqiq qilgan va asarlar yaratgan.
Ogohiyning siyosiy ideali ma`rifatli, odil xukmdordir. U o`zining «Ogohnoma» qasidasida bo`lgusi hukmdor qanday xislatlarga ega bo`lishi kerakligini bayon qiladi. Bular: himmat, shijoat, adolat, siyosat, mardlik. g`ayrat, saxovat, hayo, va`daga vafo qilmoklik, yaxshi niyat, muruvvat, shariat xukmiga rivoj bermoq, kufr dardiga iloj topmoq, lutfu karam bilan lashkar ko`nglini olmoq. Ogohiy fikricha, ana shu omillarga amal qilingandagina davlatda tartib va intizom o`rnatiladi.
Davlatni inkirozga olib keluvchi sabablar: ogohlikni unitish, sustlik, shariatni unitish, xalqning arzini tinglamaslik, jaholat, fisq-fasod va bid`atga yo`l bermoq, jabru zulmga moyil bo`lmoq xasislik, baxillik, lashkarni tushkun axvolda qoldirish, aysh-ishratga berilish, davlat va mamlakat ahvolidan bexabarlik, azizlarni xor va bee`tibor etish, bezori, battol odamlarga muruvvat ko`rsatish, xiyonatkor xasadguylarga yaqin bo`lish va shu kabi nuqsonlar. Bu qusurlar davlat va hukmdor uchun o`ta zararli hamda xatarlidir, deydi Ogohiy va ogohlikka da`vat etadi.
Ogohiy adolat g`oyasiga ham katta ahamiyat beradi. U shohga murojaat qilib aytadiki, oftob o`z nurini vayrona va obod makonlarga teng sochgani singari, xukmdor xam raxm-shavkat, ximmat-saxovat ko`rsatganida barcha insonlarga barobar munosabatda bo`lishi kerak. Shundagina jamiyatda adolat ta`minlanishi mumkin.
Ogoxiyning fikricha, xukmdor davlatni boshqarishda donishmand, davlatchilik tajribalarini yaxshy biladigan, xayrixox-ezgulik istovchi qishilarga tayanmog`i lozim. Pastximmat, nodon, davlatchilik ilmidan bexabar kishilar xukmdorga madadkor bo`laolmaydi. Bunday odamlar el molini o`z nafslarini qondirish ishlariga sarflaydilar. Shox bu ogoxlarni unitmasa xalq tinch, mamlakat osoyishta buladi.
Ogoxiy ijodidagi bu g`oyalar hozirgi milliy davlatchiligimizni tiklash va shakllantirish ishiga ko`maklashadi.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling