O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida |
O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlarining Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining muhim ustuvor yo‘nalishlarini, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, texnik va texnologik yangilashga doir maqsadli kompleks dasturlarini bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi mustahkamlandi.
I. Makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyotning izchil va muvozanatli o‘sish sur’atlarini ta’minlash
2008 yilning ikkinchi choragida shu yilning birinchi choragiga nisbatan iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashdi va bu birinchi yarim yillikda yalpi ichki mahsulotning o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 9,3 foizga ko‘payishini ta’minladi. O‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdorini 19,8 foizga oshirishni ta’minlagan faol investitsiya siyosati va qulay investitsiya muhiti iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishishda muhim omil bo‘ldi. Yetakchi sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik modernizatsiya qilishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning yuqori sur’atini saqlashga yordam berdi va bu ko‘rsatkich 12,2 foizni tashkil etdi. Faol tashqi savdo siyosati eksport hajmini 48,2 foizga ko‘paytirish imkonini berdi.
Iqtisodiy yuksalish aholi real pul daromadlarining 23,4 foizga ko‘payishi tufayli ichki talab, jumladan, iste’mol mollariga bo‘lgan talabning oshishi bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bu iste’mol tovarlarining 16,6, chakana savdo aylanmasining 14,4 va aholiga pullik xizmat ko‘rsatishning 18,9 foizga o‘sishini ta’minladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |