O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari (2007 yil birinchi yarim yilligiga nisbatan foiz hisobida)
Yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlariga макроиқтисодий barqarorlikni yanada mustahkamlash hisobidan erishildi. Bunda quyidagilar asosiy omil bo‘ldi:
Davlat byudjetining muvozanatlashganligi. Davlat byudjeti daromadlari joriy yil birinchi yarim yilligining prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 101,1 foizni tashkil etdi, profitsit esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,9 foiz bo‘ldi. Biznesga soliq yukini kamaytirishga doir ko‘rilgan chora-tadbirlar xususiy sektor korxonalarida ishlab chiqarishni faollashtirishga yordam berdi. Buning natijasida daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 42,6 foiz, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi esa 36 foizga o‘sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |