O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish
Download 73.5 Kb.
|
Iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish
- IV. Aholi bandligi darajasini ko‘tarishning eng muhim yo‘nalishi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
- V. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar samaralari, aholini oziq-ovqat bilan barqaror ta’minlash
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (O‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan foiz hisobida)
III. Islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish Xususiylashtirish dasturini amalga oshirish davomida 2008 yilning birinchi yarimida 174 davlat aktivlari, jumladan, birja savdolarida 38, Davlat tender komissiyasi qaroriga binoan 6, kimoshdi va tanlov savdolarida 67, investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga nolga teng xarid qiymati bo‘yicha 43 ob’yekt sotildi. Hisobot davrida 237 davlat korxonasi mulkchilik shaklini nodavlat shaklga o‘zgartirdi. Ularning 97,9 foizi xususiy mulkdorlar tomonidan to‘liq sotib olindi. 2008 yilning birinchi yarimida Moliya-bank tizimini isloh qilish dasturi, sug‘urta, auditorlik, lizing va baholash kompaniyalari, kredit uyushmalari va tijorat banklari faoliyatini rag‘batlantirish, shuningdek, moddiy resurslarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi tufayli bozor infratuzilmasi yanada rivojlandi. O‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan tijorat banklarining ustav kapitali qariyb 2 baravar, jami kapitali va iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari tegishli ravishda 40,7 va 28,4 foiz oshdi. Tijorat banklaridagi aholi omonatlarining o‘sishi 51,5 foiz ko‘paydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar miqdori 46,2 foiz ko‘paydi. Moliya xizmatlarining umumiy hajmi mikrokreditlar bilan birga 39,6 foiz ko‘paydi. Shuningdek, ko‘rsatilayotgan moliya-bank xizmatlari nomenklaturasi, ayniqsa, qishloq joylarida yanada kengaydi. Auditorlik xizmatlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, auditorlik tashkilotlarining mas’uliyatini kuchaytirish va ko‘rsatilayotgan auditorlik xizmatlarining sifatini oshirish choralari ko‘rildi. Tovarlar bozorining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga xizmat qiladigan moddiy resurslarni sotish bo‘yicha bozor mexanizmlarini joriy etish tufayli O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasida mahsulot sotish hajmi 2008 yilning birinchi yarimida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1,4 baravar oshdi. IV. Aholi bandligi darajasini ko‘tarishning eng muhim yo‘nalishi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish Kichik biznesni yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2008 yilning 6 oyi mobaynida ro‘yxatga olingan kichik tadbirkorlik korxonalari soni shu yilning boshidagiga nisbatan 2,9 foiz o‘sdi va 434,5 mingtani tashkil etdi. Bunda ro‘yxatga olingan kichik korxonalar umumiy soniga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ulushi 0,7 foiz oshdi va 93,5 foizni tashkil etdi. Faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni sanoatda 4,1, qurilishda – 6,7, transport va aloqa sohasida – 14,2, boshqa ishlab chiqarish sohalarida 6,7 foiz o‘sdi. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushi 2007 yil birinchi yarmidagi 38,1 foizdan 40,2 foizgacha oshdi. 2008 yilning birinchi yarimida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 19 foiz o‘sdi, yalpi ichki mahsulotda xizmat ko‘rsatish sohasining salmog‘i o‘tgan yilning shu davridagi 42,8 foiz o‘rniga 44,7 foizni tashkil etdi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliyaviy kapitalni to‘plash va kredit-to‘lov tizimini rivojlantirishni kuchaytirishga asoslangan zamonaviy xizmat turlari, shuningdek, iste’mol xususiyatiga ega xizmat turlari jadal rivojlanmoqda. Joriy yilning birinchi yarimida 100 dan ortiq transport yo‘nalishlari tashkil etildi, mingdan ziyod yangi chakana savdo korxonasi, 190 umumiy ovqatlanish korxonasi, 1,4 mingta maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi foydalanishga topshirildi. Raqamli ATSlar soni ko‘paydi. Respublikamiz hududlarida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Bu esa aloqa va axborotlashtirish xizmatlari o‘sishini 145,6 foizga oshirishni ta’minladi. Avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha yangi ustaxonalar ishga tushirildi, ularning ish samaradorligi oshirilmoqda. Shu yilning birinchi yarimida 372,1 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari (hududiy dasturlar ko‘rsatkichlariga nisbatan 118,2 foiz), shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 203,8 mingta yoki ularning umumiy soniga nisbatan 54,8 foiz, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 130,2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi (bu yaratilgan ish o‘rinlari umumiy sonining 35 foizini tashkil etadi). Kasanachilikni rivojlantirish negizida korxonalar va xizmatlar ishlab chiqarish o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha olib borilgan faol ishlar natijasida 66,7 mingta ish o‘rni yaratildi. Shu jumladan, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida 16,2 mingta, boshqa tarmoqlarning yirik korxonalari bilan 26,2 mingta tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat korxonalari bilan 24,3 mingta ish o‘rinlari tashkil etildi. Umuman, hisobot davrida kasanachilikda mehnat shartnomalari, pudrat va oilaviy biznes shartnomalari bo‘yicha ish o‘rinlari hisobga olingan holda, 132,6 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Mehnat bozorida olib borilgan faol siyosat aholi bandligining 2,9 foiz o‘sishiga ko‘maklashdi va ish bilan band bo‘lganlar soni 305,9 ming kishiga ko‘payib, 10,8 million kishini tashkil etdi. V. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar samaralari, aholini oziq-ovqat bilan barqaror ta’minlash Joriy yilning birinchi yarimida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan суғориладиган yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida uzunligi 8070,1 kilometr magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-qayta tiklash bo‘yicha 469 loyiha bajarildi. Melioratsiya va boshqa ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan 49 davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Joriy yilning birinchi yarimida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti o‘sishi 105,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilgiga qaraganda poliz ekinlari (141 foiz), meva (115,1 foiz), sabzavot (114,6 foiz), kartoshka (111,9 foiz), sut (106,6 foiz) va go‘sht (106,4 foiz) ko‘p yetishtirildi. Fermer xo‘jaliklariga turli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yonilg‘i- moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha 1333 shoxobcha, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash bo‘yicha 915 shoxobcha, 1780 muqobil MTP, 1203 mini-bank, 1676 suvdan foydalanuvchilar uyushmasi va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini bajarish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda. 2008 yilning birinchi yarimi davomida respublika bo‘yicha tashkil etilgan 166 kim oshdi savdosi shoxobchalari orqali 10406 bosh zotdor qoramol sotildi. 13,6 ming oilaga sigir bepul tarqatildi. 2008 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi tomonidan aholiga qoramol sotib olish uchun umumiy miqdori 20,1 milliard so‘mga teng mikrokreditlar ajratildi. Buning natijasida o‘tkan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan aholi jon boshiga go‘sht ishlab chiqarish 4,5 foizga, sut ishlab chiqarish 3,5 foizga ko‘paydi. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va bu mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar kooperatsiyasini tashkil etish dasturi doirasida qayta tashkil etilgan shirkatlar negizida 193 agrofirma tuzildi. Qishloq xo‘jaligi uchun mini texnologiyalar va ixcham uskunalarning III-халқаро ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi doirasida 173 loyiha, jumladan, meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha 58 loyiha, meva-sabzavotlarni quritish bo‘yicha 57 loyihani amalga oshirish bo‘yicha savdo shartnomalari imzolandi. Meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning ko‘payishi dehqon bozorlari mablag‘ aylanmasini 7 foizga oshirishni ta’minladi. Aholini oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida joriy yilning birinchi yarimida respublika oziq-ovqat va qayta ishlash korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 130,2 foiz ta’minlandi. Aholiga o‘tgan yilning shu davridagiga qaraganda 4,1 foiz ko‘p un sotildi, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish 2 baravar, shakar 2,1 baravar, o‘simlik yog‘i 7,7 foiz, sut va sut mahsulotlari 9,4 foiz, spirtsiz ichimliklar qariyb 1,5 barvar oshdi. Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling