Ўрта осиёда хvi-хiх асрнинг биринчи ярмида ижтимоий-сиёсий фикр


Download 180.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2023
Hajmi180.81 Kb.
#1245121
Bog'liq
XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy ahvolhaqida ma`lumot bering



XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi 
ijtimoiy-siyosiy ahvolhaqida ma`lumot bering
 
 
 
 
Режа: 
 
 
1. O`rta Osiyo xalqlarining XVI -XVII asr ijtimoiy-siyosiy fikri. 
2. O`rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida 
ijtimoiy fikr 
3. O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


XVI asrga kelib Amir Temur yaratgan buyuk davlat zaiflashdi. Feodal tarkokligi
uluslarni ajralib chiqishga intilishlari bunga sabab bo`ldi. Muxammad Shayboniyxon (1451-
1510) davlatni birlashtirishga, tarqoqlikni bartaraf qilishga urindi.. 
XVI asr oxirida Shayboniylar sulolasining xukmronligi to`gatildi. 1599 yildan 
boshlab xokimiyat Ashtariyxoniylar sulolasi qo`liga o`tdi. Bu sulola xukmronligi davrida 
o`zaro nizolar yanada kuchaydi.. 
Markaziy xonlik hokimiyatini mustaxkamlashga xarakat qilgan Imomqulixon (1611-
1642) tadbirlari birmuncha ijobiy natijalarni bergan bo`lsada vaziyatni tubdan o`zgartira 
olmadi. Uning vafotidan keyin taxt uchun bo`lgan kurash nixoyag chukqurlashdi va XVIII 
asrning birinchi yarmida ashtariylar davlati tushkunlikka uchrab parchalana boshladi. 
XVIII asrning birinchi yarmida davom etgan o`zaro feodal urushlar va uning 
natijasida mamlakatda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy vaziyat Movarounnahrning uchta 
xonlikka bo`linib ketishi uchun zamin tayyorlab berdi.. 
Ashtariylar sulolasining eng so`nggi xukmdori Abulfayzxon (1711-1747) mang`it 
urug`idan chiqqan Muhammad Rahimboy tomonidan o`ldiriladi. U o`zini Buxoro xonligining 
amiri deb e`lon qiladi.. 
Davlat ma`muriy boshqarilishi jihatdan viloyat va tumanlarga bo`lingan bo`lib
xokimiyat tepasida xon turardi. Davlatdagi eng martabali lavozim otalik edi. Otaliklar 
xonlar xuzuridagi eng muhim ishlarni nazorat qilardilar. Davlatdagi eng oliy qarorgohi devon 
deb atalardi. Uni devonbegi boshqarar edi. 
Shuningdek, davlat ishlarida ko`kaldosh lavozimi ham yuqori mansablardan 
hisoblanar edi. Bu lavozimdagi amaldor xon atrofidagi odamlar va dushmanlar haqida 
to`plangan ma`lumotlarni nazorat qilardi. Bulardan tashqari davlatning ma`muriy 
boshqaruvida mirshabboshi, dodhox, inoq, mirsoxur, dasturxonchi, kabi lavozim va 
mansablar ham bor edi. 
Ma`muriyat tizimidagi amaldorlardan tashqari davlatni boshqarishda oliy tabaqali 
ulamolar ham ishtirok etishardi. Eng kuchli xonlar va amaldorlar ham ulamolar bilan 
maslahatli siyosat olib borardilar. 
O`rta asrchilik davrining iqtisodiy asosini qishloq-xo`jalik tashkil qilardi. Yerlarnnng 
asosiy qismi umumdavlat yerlari bo`lib, unga xon egalik qilgan. Yerlardan foydalangan 


mahalliy feodallar va ruhoniylar yerni dexqonlarga foydalanishga topshirgan. Dexqonlar ham 
davlatga, ham feodalga soliq to`laganlar. Soliq turlari va xajmi har xil bo`lgan. 
Feodallarning jabr-zulmlari, o`zaro urushlar, ochlik va qashshoklik xalq ommasi 
norozilik xarakatining kuchayishiga olib keldi. O`rta Osiyoning viloyatlarida xalq xarakatlari 
va qo`zg`olonlari bo`lib turdi. 
Shuni xam alohida ta`kidlash zarurki, XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti to`xtab qolgani yo`q. Taraqqiyotni tarixiy odimini 
to`xtatib bulmaydi.. 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urgench, Qo`qon va boshqa shaharlarda savdo va 
xunarmandchilik faoliyati davom etdi, adabiyot va tarixiy fanlar, me`morchilik va tasviriy 
san`at rivojlandi. SHe`riyat ravnaq topdi. O`sha davrda Xasan Nisoriy, Mutribiy, Xofiz 
Tanish, Maxmud ibn Vali, Muhammad Amin Yaroqchi, Muhammad Amin Buxoriylar kabi 
tarixchilar ijod qildilar. 
Bu davrning ma`naviy hayotida madrasalar katta rol o`ynagan. Buxoro, Toshkent, 
Samarqand va Balxda bir qator yangi madrasa va masjid binolari qurirgan. 
XVP-XVSH asrlarda ilm-fan, ayniqsa tabiiy fanlar rivojining darajasi keskin pasayib 
ketgan bo`lsada ma`naviy boyliklarning yig`ish va tarqatish jarayoni to`xtamadi. Bu davrning 
ilg`or kishilari Ulug`bekning ilmiy g`oyalari, Jomiy va Navoyining xayratomuz asarlaridan 
ruxlanib ilm-fan ravnaqi, inson bilimi ufqlarini kengaytirish uchun xarakat qildilar, bid`at va 
jaxolat ko`rinishlariga karshi kurashdilar, inson aql-idroki qudratini, xaqiqat va adolat 
g`oyalarini tarannum etdilar. Turdi, Sayido Nasafiy, Mashrab ijodlari shu davrning 
mahsulidir. 
Xiva xonligida Ogohiy, Munis, Komil Xorazmiy, Quqon xonligida Mahmud, 
Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Buxoroda Mujrim Obid, Shavqiy Kattaqurg`oniy kabi 
shoirlar o`z davrinnng muhim siyosiy va ma`naviy muammolarini ifodaladilar. Ularning 
asarlarida insonparvarlik, Vatanga sadoqat g`oyalari, ijtimoiy adolatsizlikka nafrat, ilm -
ma`rifatga intilish kabi hislatlar targ`ib qilinadi.. 

Download 180.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling