Rta ta’lim muassasalarida “Kasblar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi I. Umumiy qoidalar


Download 78.76 Kb.
bet15/15
Sana08.01.2022
Hajmi78.76 Kb.
#254814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-Касблар ойлиги тартиби dekabr kasblar oyligi

Tadbirga mavzular

Sinfi

1.

Fan o’qituvchilari, sinf rahbarlari, psixolog va yoshlar yetakchilari uchun ochiq dars mashg’ulotlarini tashkil etish uchun mavzular.

1.

Mehnat, kasb, mutaxassislik, lavozim va malaka haqida bilim berish.

7-sinf

2.

Yashash xududimizdagi kasblar.

7-sinf

3.

Kasb ustalari.

7-sinf

4.

Kasbiy qiziqish.

7-sinf

5.

Hamma kasblar kerak, hamma kasblar muhim.

7-sinf

6.

Hayotiy qadriyatlar va kasb tanlash.

7-sinf

7.

Shaxsiy layoqatlar.

7-sinf

8.

Mening xarakterim, kamchilik va yutuqlarim.

7-sinf

9.

Kasblarni tasniflash haqida bilim berish.

8-sinf

10.

Hayotiy qadriyatlar va kasb tanlash.

8-sinf

11.

Kasbiy moyilliklar.

8-sinf

12.

Temperament tuzilmasini aniqlash.

8-sinf

13.

Kasblar va insonning kasbiy yaroqliligi.

8-sinf

14.

“Kasbning nomini ayt” o’yin –konkurs.

8- sinf

15.

Maktab o’quvchisining kasbiy o’zligini aniqlash

8- sinf

16.

Shaxsiy kasbiy reja.

8- sinf

17.

O’z-o’ziga baho berish (o’z imkoniyatlariga baho berish) va uni kasb tanlashdagi o’rni.

9-sinf

18.

Men kim bo’lmoqchiman

9-sinf

19.

Muvaffaqiyat formulasi

9-sinf

20.

Kasblar haqida tushuncha

9-sinf

21.

Kasblar tasnifi

9-sinf

22.

Texnik qobiliyatingizni, intellektual va shaxsiy xususiyatlaringizni sinab ko’ring

9-sinf

23.

O’zingiz uchun kasbni qanday tanlaysiz

9-sinf

24.

Men tanlagan kasbim

9-sinf

25.

Men o’zgardim, karera-faoliyatim

10-sinf

26.

Kasb va inson temperamenti

10-sinf

27.

Kasb va sog’liq

10-sinf

28.

Zamonaviy mehnat bozori. O’zingiz uchun kasbni qanday tanlash kerak

10-sinf

29.

Hayotda o’z hoxishlarimizni anglash

10-sinf

30.

To’siqlarni yengib o’tish

10-sinf

31.

Orzu va maqsad

10-sinf

32.

Taym menejment

10-sinf

33.

Muvaffaqiyatli inson bo’lish omillari

11-sinf

34.

Maqsad va kasbiy kar’era

11-sinf

35.

Muvaffaqiyatning o’ziga xos xususiyatlarini baholash

11-sinf

36.

Kasb tanlashda muhim bo’lgan o’z qobiliyat va imkoniyatlarini adekvat baholash

11-sinf

37.

Mening professional kar’eram. Trening dasturi

11-sinf

2.

Odam-odam” kasb kasb tipi bo’yicha tadbirlar mavzusi



38.

Shifokor kasbi “Shifokor qabulida”- rolli o’yin . Juft bo’lib.

Bolalar shifokori. “Kichkintoy anketasi ”- kitobchasini tayyorlash. Guruxiy



7-sinf

39.

Oshpaz kasbi “Eng mazali taom” konkurs. Dasturxon bezatish san’ati, Salat tayyorlash sirlari.

7-sinf

40.

Sartarosh kasbi. Go’zallik saloniga ekskursiya. «Soch turmaklari».Yakka va guruxiy.

8-sinf

41.

Tergovchi kasbi. “Tergovchining kasbiy xususiyatlari. Kasbiy xususiyatlarini amaliyotga tatbiq eta olish” Syujetli o’yin.

8-sinflar

42.

Xuquqshunos kasbi. Mavzuga oid rebuslar tuzish va yechish. Juft bo’lib va guruxiy

9-sinflar

43.

Jurnalist kasbi. “Kun qahramoni” mavzusida reportaj tayyorlash. Juft bo’lib

9- sinflar

44.

Sotuvchi kasbi. «Supermarket» o’yini. Guruxiy

10-sinflar

45.

Harbiy. “Vatanni mardlar qo’riqlaydi” harbiy-sport o’yini

11-sinflar

3.

Odam-texnika” kasb tipi bo’yicha tadbirlar mavzusi



46.

Haydovchilik kasbi. Loyiha «Svetofor maketi», «Transport». O’yin “Yo’l qoidasi–umr foydasi” Yakka va guruxiy

7-sinf

47.

Muhandis quruvchi. Zamonaviy shaharcha maketi. G’ishtlardan (Lego komplekti ) uy qurish. Guruxiy

7-sinf

48.

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi Konstruktor detallaridan avtomobil modelini yasash. Yakka va juft bo’lib.

8-sinf

49.

Uchuvchi kasbi. “Balli yigitlar” konkursi

9-sinf

50.

Maishiy xizmat texnikalarini ta’mirlash ustasi.Tok manbai nima. Parallel va ketma-ket ulash . Ularning afzalligi va farqi. Musobaqa.

10-sinf

51.

Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o’rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi. Kompterdagi nosozliklarni aniqlash bo’yicha musobaqa.

11-sinf

52.

Robototexnika Rabototexnika va dasturlash sirlari . “Zamonaviy texnologiyalar va meningkompyuterda sevimli mashg’ulotim”

11-sinf

53.

Kompyuter dasturlovchi . Kompyuterda ishlash (mavzu «Internet») yakka tartibda

11-sinf

4.

Odam-badiiy obraz” kasb tipi bo’yicha tadbirlar mavzusi

54.

Qandolatchi kasbi. “Eng shirin kasb egasi” konkursi

7-sinf

55.

Liboslar bo’yicha dizayner.Modalar ko’rgazmasi

8-sinf

56.

Fotograf. Syujetli o’yin «Oilaviy albom». Frontal, guruxiy

8-sinf

57.

Zargarlik kasbi. Ustoz-shogird an’analari

9-sinf

58.

Kulolchilik kasbi . Qadimiy me’morchilik an’analari. Kulolchilik san’ati .

9-sinf

59.

Landshaft dizayneri , ko’kalamzorlashtiruvchi kabi kasblar xaqida hamda ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, landshaft-dizaynerlik yo’nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar haqida ma’lumotlar berish.

10-sinf

60.

Aktyorlik kasbi. Mini spektakl tayyorlash. Guruhiy

11-sinf

Odam-belgilar tizimi” kasb tipi bo’yicha tadbirlar mavzusi



61.

Axborot resurs markazi kutubxonachisi. Kitobxonlar kuni .Eng yaxshi kitobxon konkursi

7-sinf

62.

Hisobchi kasbi. Syujetli o’yin «Oila byudjeti». Frontal,

8-sinf

63.

Bank xodimi. Syujetli o’yin «Kichik tadbirkor». “Biznes reja qanday tuziladi” Guruxiy

9-sinf

64.

Arxitektor kasbi. Loyiha «Mening uyim».Yakka tartibda. Loyiha «Mening shahrim» Guruxiy

10-sinf -11 sinflar

5.

Odam-tabiat” kasb tipi bo’yicha tadbirlar mavzusi

65.

Agronom, veterinar, bog’bon, suvchi, asalarichi, parrandachi, chorvador, landshaft dizayneri va shu kabi kasb haqida bilimlarni berish hamda o’quvchilar bilan birgalikda professogrammalarini tayyorlash.

7-11-sinf

66.

Xonadondagi tomorqada ekiladigan poliz va sabzavot ekinlari haqida. Tuproqni yumshatish usullari, ekinlarni sug’orish me’yorlari.




67.

Poliz va sabzavot o’simliklarini urug’lari. Urug’larni ekish va yetilgan ko’chatlarni o’tkazish qoidalari. Issiqxona afzalliklari.




68.

O’zbekiston fauna va florasi. Florist, o’rmon inspektori, ovchi, baliqchi kasblari haqida bilim berish.

“O’zbekiston qizil kitobi”ga kiritilgan o’simliklar va hayvonlar haqida ma’lumot berish.



8-9 sinflar

69.

Ekolog. Havoning ifloslanish omillari. Havo muhofazasi. Yakka tartibda.

Atrof muhit muhofazasi- barchamizning burchimiz, Guruhiy.



10- sinf

70.

“O’simliklar aniqlagichi” yordamida o’simlik turlarini aniqlash.Yakka tartibda. “O’zbekistonning qizil kitobi” yordamida yo’qolib borayotgan hayvonlarini aniqlash. Guruxiy tartibda

11-sinf

6.




71.

Maktabning “Kasblar olami” to’garagi a’zolarining “Kasblar ko’pdir dunyoda bir-biridan ziyoda” mavzusidagi tadbiri.

7-8-9-10-11 sinflar



MAZMUNI
1. Kasblar olamiga kirish. “Kasblar olami” taqdimoti. Kasb egallash uchun ta’lim maskanlari haqida (kasb-hunar kollejlari, o’quv markazlari, texnikumlar va Oliy o’quv yurtlari haqida ma’lumotlar) “Kasb-hunarlar” ilovasi. Kasb egallash yo’llari. Kasbiy fazilatlar. Qobiliyat va imkoniyatlar haqida suhbat.

Shifokor kasbi. Shifokorning kasbiy fazilatlari. Uning intellektual salohiyatining ahamiyati. “Shifokor qabulida” rolli o’yin. O’quvchilarda ilm ma’rifatga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish. Mas’uliyatlilik, bag’rikenglik, bilimdonlik xislatlarini rivojlantirish. Bolalar shifokori. “Kichkintoy anketasi” kitobchasini tayyorlash. Bolalarni sevish. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, boshqalardan ham talab qilish ko’nikmalarini rivojlantirish. Gurux bo’lib ishlash ko’nikmasini shakllantirish.

Oshpaz kasbi “Eng mazali taom” konkurs. Dasturxon bezatish san’ati, Salat tayyorlash sirlari. Maktab oshxonasi oshpazlari bilan suhbat. Kasbning o’ziga xos xususiyatlari. Etiket qoidalari. Syujetli o’yin “Dasturxon bezatamiz” taomlar uchun retsept tuzamiz (guruxlarda ishlash). Hayot faoliyati muhofazasi.

Sartarosh kasbi. Go’zallik saloniga ekskursiya. “Soch turmaklari” mashg’uloti yakka va guruxiy tarzda olib boriladi. Go’zallik saloni sartaroshi bilan suhbat. Gigiena talablari.

Tergovchi kasbi. Syujetli o’yin “Tergovchining kasbiy xususiyatlari”, “Ta’rifiga ko’ra toping” Guruxlarda syujetli o’yin. Kasbiy xususiyatlarini amaliyotga tatbiq eta olish. Internet orqali tergovchilik kasbi, uning zarur kasbiy fazilatlari haqida ma’lumotlar olish.

Xuquqshunos kasbi. Mavzuga oid rebuslar tuzish va yechish. Mashg’ulotlar juft bo’lib va guruxiy tarzda olib boriladi. Qo’shimcha manbalrdan uquqshunos kasbi haqida ma’lumotlar olish .Kasbiy fazilatlarni o’rganish. Rebuslar tuzish va ularni yechish.

Jurnalist kasbi. “Kun qahramoni” mavzusida reportaj tayyorlash. Mashg’ulotlar juft bo’lib olib boriladi. Notiqlik san’ati haqida tushunchalar beriladi. Maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchisi va taklif etilgan shu soha vakillari ishtirokida suhbatlar uyushtiriladi. Sinf devoriy gazetasiga eslatmalar tayyorlash

Sotuvchi kasbi. “Supermarket” o’yini. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi. Taqdimot namoyish etiladi. Sotuvchi kasbidagi ota-onalar taklif etiladi. Ular yordamida suhbat olib boriladi.

Harbiy. “Vatanni mardlar qo’riqlaydi” harbiy-sport o’yini. Maktabning YoChT o’qituvchisi yordamida musobaqa uyushtiriladi. Harbiy soha vakillaridan taklif etiladi. Suhbat olib boriladi.

Haydovchilik kasbi. Loyiha « Svetofor maketi», «Transport». O’yin “Yo’l qoidasi –umr foydasi” Mashg’ulotlar yakka va guruxiy tarzda olib boriladi. Guruxlar ishtirokida “Yo’l belgilari” mavzusida savol-javob o’tkaziladi.

Muhandis quruvchi. Zamonaviy shaharcha maketi.Bunyodkorlik ishlarida muxandis quruvchililarning roli haqida suhbat. “Eng qulay va zamonaviy uylar” konkursi. G’ishtlardan (Lego komplekti ) uy qurish. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi.

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi. Kasbiy fazilatlar haqida suhbat Konstruktor detallaridan avtomobil modelini yasash. Mashg’ulotlar yakka va juft tarzda olib boriladi.

Uchuvchi kasbi. “Aeroport” «Kosmos» mavzularida taqdimot namoyish etiladi. Uchuvchi bo’lish uchun kasbiy va intelllektual salohiyat haqida suhbat o’tkaziladi. Konstruktor to’plami yordamida samolet va raketa modellari yig’iladi. “Balli yigitlar” konkursi o’tkaziladi.

Maishiy xizmat texnikalarini ta’mirlash ustasi. Kasbning o’ziga xos xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.Fanlardan olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash imkoniyati beriladi. Tok manbai nima. Parallel va ketma-ket ulash . Ularning afzalligi va farqi. savollariga javob olinadi. Mavzuga oid fizikadan masala yechish. musobaqasi o’tkaziladi. G’oliblarni taqdirlanadi.

Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o’rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi. Kompterdagi nosozliklarni aniqlash bo’yicha musobaqa. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi.

Rabototexnika va dasturlash sirlari . “Zamonaviy texnologiyalar va mening kompyuterda sevimli mashg’ulotim” mavzusida konkurs o’tkazish

Kompyuter dasturlovchi . Informatika xonasiga dagi jixozlar. Zamonaviy kompyuterlar. Mobil sinf xonasi. Kompyuter texnologiyalari mavzularida suhbat o’tkazish.Kompyuterda ishlash (mavzu «Internet») yakka tartibda. Internet yordami ma’lumotlar olish. Ma’lumot jo’natish .Elektron pochta va h.k.z .

Qandolatchi kasbi. Kasbning nozik jihatlari haqida maktab oshxonasi oshpazi bilan suhbat o’tkazish. “Eng shirin kasb egasi” konkursi o’tkazish. G’oliblarni taqdirlash.

Landshaft dizayneri Bog’bon, dehqon, gulchi, , ko’kalamzorlashtiruvchi kabi kasblar xaqida hamda ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, landshaft-dizaynerlik yo’nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar haqida ma’lumotlar berish.

Liboslar bo’yicha dizayner. Taklif etilgan soha vakillari bilan suhbat. Modalar ko’rgazmasini o’tkazish.

Fotograf. Taklif etilgan soha mutaxassisi yordamida fotostudiya jihozlari bilan tanishtirish. “ Eng yaxshi ishlangan fotosurat” mavzusida taqdimot tayyorlash. Syujetli o’yin «Oilaviy albom».Mashg’ulot frontal va guruxiy tarzda olib boriladi.

Zargarlik kasbi. Mavzuga oid taqdimot namoyish etiladi. Usta zagarlar haqida ma’lumotlar beriladi. Ustoz-shogird an’analari haqida so’z yuritiladi. Kasbning xususiyatlari, jumladan sabrlilik, nozik did egasi bo’lish, mehnatsevarlik kabi xususiyatlar haqida suhbatlashiladi.

Kulolchilik kasbi . Qadimiy me’morchilik an’analari. Kulolchilik san’ati haqida suhbat. O’quvchilarning qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji kabi o’quv muassasalarida xalqimizning azaliy qadriyatlarini, meroslarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik kasbini egallashlari uchun taxsil olishlari mumkin ekanligi haqida suhbatlar uyushtirish.

Aktyorlik kasbi. Filmlar, spektakllar, kontsertlar haqida ma’lumotlar. Men sevgan akter. Mini spektakl tayyorlash. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi.

Axborot resurs markazi kutubxonachisi. Kitobxonlar kuni o’tkazish. Yozuvchi va shoirlarni taklif qilish. Suhbat o’tkazish. Eng yaxshi kitobxon konkursini o’tkazish.

Hisobchi kasbi. Taklif etilgan Hisobchi kasbi egasi bilan kasbning xususiyatlari haqida suhbat. Syujetli o’yin «Oilaviy byudjet» Mashg’ulot frontal va guruxiy tarzda olib boriladi.

Bank xodimi. Tadbirkor ota-onalar taklif etiladi. Tadbirkorlik va biznes reja haqida ma’lumotlar beriladi. Guruxlarda syujetli o’yin «Kichik tadbirkor». “Biznes reja qanday tuziladi” mavzularida o’yin tashkillashtiriladi.

Arxitektor kasbi. Loyiha nima ? Mening shahrim Mening uyim. Mening qishlogim haqida suhbat o’tkaziladi.Zamonaviy loyihalar haqida tasavvurlarim mavzusida suhbat «Mening uyim».Yakka tartibda. Loyiha «Mening shahrim» Guruxiy tarzda o’tkaziladi.

Agronom. Inson hayotida o’simliklarning ahamiyati..Qishloq xo’jaligi ekinlari. Ekinlarni sug’orish, unumdor tuproqlar. Mineral o’g’itlar va ularning ahamiyati haqida suhbat. Xona o’simliklari parvarishi. (tuproqni yumshatish, suv qo’yish, ko’chat o’tkazish. Issiqxona va uning afzalliklari haqida suhbat. Mashg’ulotlar frontal va guruxiy o’tkaziladi.

Ekolog. Havoning ifloslanish omillari. Havo muhofazasi. Yakka tartibda. Atrof muhit muhofazasi- barchamizning burchimiz bahs-munozara. Guruhiy. “O’zbekistonning qizil kitobi” yordamida yo’qolib borayotgan hayvonlarini aniqlash.Yakka tartibda.

Maktabning “Kasblar olami” to’garagi a’zolarining “Kasblar ko’pdir dunyoda bir-biridan ziyoda” mavzusidagi tadbiri.
Download 78.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling