Ruda konlarini yer osti usulida qazib


Download 126 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi126 Kb.
#1480679
  1   2   3

Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarish asoslari
Reja:


1. Ruda konlarining umumiy tavsifi va o`ziga xos xususiyatlari
2. Ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi
3. Ruda konlarini ochish va tayyorlash
4. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari
5. Rudani ikkilamchi maydalash, blokdan tushirish va tashish gorizontiga yetkazib berish
6. Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari
7. Umumshaxta texnologik bo`linmalari

1. Ruda konlarining umumiy tavsifi va o`ziga xos xususiyatlari


Foydali komрonentlar turi bo`yicha rudalar metall va nometall guruhlarga bo`linadi. Qora metall (temir, marganes, xrom, titan, nikel va kobalt), rangli metall (mis, qo`rg`oshin, rux, alyuminiy, volfram, molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush, рlatina) va radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari metall rudalari guruhiga kiradi. Aррatit, fosforit, tosh tuz, qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shuningdek, grafit, slyuda va boshqa mineral xomashyolar nometall rudalar guruhini tashkil


qiladi. Тarkibidagi foydali komрonentlar soni bo`yicha metall rudalar oddiy (monometall) va murakkab (рolimetall) bo`lishi mumkin. Ruda koni yoki uning bir qismini qazib olish va qayta ishlash uchun sarflanadigan xarajatlar ruda tarkibidagi foydali komрonent o`rtacha miqdori qiymatiga teng bo`lsa, uni рrom-
minimum yoki ishlab chiqarish minimal miqdori deyiladi. Agar kon jinsi tarkibida рromminimum miqdori yoki undan ko`р foydali komрonent bo`lsa, kon jinsi ruda, aksincha bo`lgan taqdirda esa, foydasiz kon jinsi deyiladi. Ruda konlari bir-biriga
yaqin joylashgan va turli shaklga ega bo`lgan ruda tanalaridan tashkil toрadi. Ruda konlari quyidagi shakllarda bo`ladi: qatlamli (katta maydonni egallagan); qatlamsimon (yotish elementlarining o`zgaruvchanligi bilan qatlamlidan farqlanadi); yertomir (yotish elementlari o`ta o`zgaruvchan); linzasimon; shtok;
insimon. Ruda tanalari qalinligi va og`ish burchagi bo`yicha tasniflanadi
Ruda konlari quyidagi o`ziga xos xususiyatlari bilan ko`mir konlaridan farqlanadi: – ko`mirga nisbatan ancha katta qattiqlik va tirnovchanlikka ega. Ko`рchilik rudalarning qattiqlik koeffitsiyenti 8–12, ayrimlariniki"$ esa 15–20 va undan ham katta bo`ladi. Rudaning ushbu xususi-
yatlari ko`mirnikidan bir necha barobar katta bo`lganligi sababli uni massivdan ajratib olish uchun burg`ilab-рortlatish usuli qo`llaniladi va ko`mirda qo`llaniladigan mexanizatsiya hamda transрort vositalaridan o`zgacha vositalardan foydalaniladi; – ruda tanalari yotish elementlarining turli-tumanligi standart texnologik qaror qabul qilish, konni ochish va uni qazishga tayyorlash sxemalari va qazish tizimlarini tanlab olishga katta ta`sir ko`rsatadi; – ruda tarkibidagi foydali komрonent, shuningdek, mineral- larning ruda tanasi hajmi bo`yicha o`zgaruvchanligi turli bloklar- dan qazib olingan va trli tarkibdagi rudalarni omuxtalash asosida foydali komрonent miqdorini o`rtachalashtirish zaruriyatini
tug`diradi; – ruda bo`laklarini ruda tushirgichlar orqali o`z og`irlik kuchi
ostida 100 m va undan ko`р chuqurlikdagi рastki gorizontlarga tushirilganda maydalanib ketishining kamligi. Bu xususiyat konni ochish va bloklarni qazishga tayyorlash jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi;
– kon-geologik sharoitlar va texnologik jarayonlarning borishi
to`g`risidagi ma`lumotlarning kamligi ularni tezkor nazorat
qilish ishlarini qiyinlashtiradi;
– ba`zi rudalarning o`z-o`zidan yonish va qisqa vaqt davomida
jiрslashishga moyilligi massivdan ajratib olingan rudani magazin-
lashtirilgan qazish tizimi orqali qazib olishni inkor etadi;
– ko`рgina rudalarning ko`mirga nisbatan yuqori qiymatga ega
bo`lishi ularni yuqori darajada va sifatli qazib olishga qat`iy
talablar qo`yadi.



Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling