Rudalarni Konsentratsion stollarda boyitish jarayonini o’rganish Ishdan maqsad
Download 17.05 Kb.
|
1 2
Bog'liqтажриба
Tajriba ishi Rudalarni Konsentratsion stollarda boyitish jarayonini o’rganish Ishdan maqsad: Talabalarga boyitish stolining ishlash usulini va konstrukstiyasini o’rgatish. Nazariy ma’lumot Boyitish stolida boyitish mayda o’lchamli mahsulotni gravitastiya usulida boyitishning eng ko’p tarqalgan usuli. Boyitish stollari qalay, volfram, kamyob metallar va oltin rudalarini boyitishda keng qo’llaniladi. Boyitish stolida boyitish mineral zarrachalarning zichligi va o’lchamidagi farqqa qarab, qiya tekislik bo’ylab harakatlanayotgan suv oќimi yordamida ajratishga asoslangan. SKM - 1 A markali boyitish stoli trapestiya shaklidagi yassi yuzadan iborat. Bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ham bo’lishi mumkin. Deka yog’ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan va x.k. kabi material bilan qoplanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun to’siqchalar o’rnatiladi. Bu to’siqchalar yog’och yoki rezinadan tayyorlanadi. To’siqchalarning uzunligi va balandligi maћsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi. Boyitish stoli unga ko’ndalang o’qi bo’ylab yoki romb va parallelogrammaning diagonali bo’ylab ilgarilama – qaytma yo’nalishda harakat beruvchi uzatmaga o’lanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan g’ildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Maћsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi. SKM-1A boyitish stoli sosna daraxtidan tayyorlangan doska va uning ustidan qoplangan rezinadan iborat tekislikdir. Qiya tekislik deka deyiladi. Stolning tebranish chastotasi 275-300 ayl/min, deka qadami 15-20mm. Bo’tana stolning yuklanish qismiga beriladi va dekaning qiyalik burchagiga bog’liq tezlik bilan oqib tushadi. Suspenziya oqimining harakatlanishi natijasida og’ir minerallar riflilar yordamida ushlab qolinadi, engil zarrachalar esa o’z harakatini davom etiradi. Stol ilgarilama bo’ylama harakat bilan tebranadi. Suv bilan bo’tana yuvib turiladi. O’lchami 0-2mm bo’lgan ruda zarralari, bunday stollarda yaxshi sarflanadi. Zichligi katta bo’lgan zarralari, qobirg’alar orasidan, stol chetiga surilib pastga to’kilib og’ir material boyitmani tashkil etadi. Engil qum zarralari suv bilan tez ko’tarilib, yuvilib, stol boshi va o’rta qismida pastga tushib to’planib chiqit va oraliq mahsulot sifatida to’planadi. Stol oxirida eng og’ir, o’rta og’ir va og’irroq zarralar ilonizsimon birin ketin oqim bilan ajratilib chiqish kuzatiladi. Stoldagi har bir zarracha bo’ylama kuch, og’irlik kuchi, enlama kuch, suv yuvish kuchi ta’sir etadi. Natijaviy kuch rombning diagonalini tashkil etadi. Boyitish stollari gravitastiya usulida boyitishning asosiy dastgohlaridan biridir. Boyitish stoli quyidagi qismlardan iborat. Boyitish stollari ishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 1. To’siqchalarning balandligi; 2. To’siqchalar orasidagi masofa; 3. Dekaning tebranishlar chastotasi va amplitudasi; 4. Dekaning bo’ylama va ko’ndalang qiyalik burchagi; 5. Berilayotgan suvning sarfi ; 6. Stolning solishtirma ishlab chiqarish quvvati. To’siќchalarning joylashishi, balandligi va ular orasidagi masofa birinchi navbatda boyitilayotgan maћsulotning xususiyatiga, shuningdek dekaning ќiyaligiga, suv sarfi va yuvuvchi suvning berilish tezligiga, stolning ishlab chiќarish ќuvvatiga bog’liq. To’siќchalar balanddigi va ular orasidagi masofa boyitilayotgan rudaning yirikligiga bog’liq. Odatda rudani boyitishda to’siќchalarning balandligi 4-15 mm, ular orasidagi masofa esa 20-45 mm ni tashkil ќiladi. Mahsulot yirikligi ortgan sari bu parametrlar ham ortadi. Mahsulot qancha yirik bo’lsa, stol shuncha ko’prok, egilgan bo’lishi mumkin. Mayin zarrachali mahsulot uchun stolning qiyalik burchagi minimal bo’lishi kerak. Odatda stol yuzasining ќiyalik burchagi 1-10° orasida bo’ladi. Yuzaning qiyalik burchagi faqatgina maxsulotning yirikligiga emas, balki to’siќchalarning balandligiga ham bog’liќ. Ularning balandligi va mahsulotning yirikligi ortgan sari yuzaning ko’ndalang qiyalik burchagi ortadi. Boyitish stolida boyitish samaradorligiga dastlabki maћsulot (bo’tana) ning zichligi va yuvuvchi suvning sarfi katta ta’sir ko’rsatadi. Bo’tananing haddan ziyod suyulib ketishi og’ir minerallarning yo’qolishiga olib keladi. Stol yuzasida suvning etishmasligi zarrachalar ajralishini yomonlashtiradi va ishlab chiqarish unumdorligini pasaytiradi. Download 17.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling