Ruhiy sаlоmаtlik tаmоyillаri mavzusidagi kurs ishi ilmiy raxbar: Farg’ona -2022 kirish I bob. Salomatlik psixologiyasi mexanizmlarini kelib chiqishi va shakllanishini ilmiy-nazariy asoslari


Salomatlik psixologiyasi va psixologik salomatlik tushunchalarining mohiyati


Download 67.96 Kb.
bet6/7
Sana28.01.2023
Hajmi67.96 Kb.
#1136763
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tibbiyot kurs 24

2.2. Salomatlik psixologiyasi va psixologik salomatlik tushunchalarining mohiyati
Shunday qilib, olib borilgan nazariy va amaliy natijalar tahlili “Salomatlik psixologiyasi” amaliyot sifatida gavdalantiradi. Bu psixologiya fanida tamomila yangicha yondoshuv hisoblanib, oila va salomatlik g’oyasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan sanaladi. Sog’lom bo’lishning psixologik asoslari har jihatdan ota-onaning savodxonligi, ziyrakligi va to’g’ri fikrlash tarziga bog’liq. Salomatlikni ta’minlovchi zarur biologik hamda psixologik bosqichlar esa, shaxsning ruhiy kechinmalari va psixologik salomatligiga tahdid soluvchi omillar sifatida, aynan, ijtimoiy omillar ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Shu bois, mutaxassislar hamda zamonaviy fan ma’naviyatlilik psixologik salomatlikning bosh mezonidir.
Shaxs taraqqiyotidagi aksariyat nuqson, qusurlar, kamchilik va muammolar uning ijtimoiy muhit bilan bo’ladigan munosabatlardagi buzilishlar, og’ishlarga bog’liq bo’ladiki, u odamning tashqi muhitga moslashuvi qiyin kechishi yoki ziddiyatlarning ortib borayotganligida ko’rinadi. Ya’ni, odam hamma bilan ham til topisha olmasa, o’zini ayniqsa, yangi sharoitlarga ko’niktirolmasa, ruhiyati tushkun holatga kelib qolishi mumkin. Masalan, yangi kelinchakning yangi oila muhitiga moslashishi ayrimlarga juda oson va tez kechsa, ayrimlari yillar mobaynida ham o’zlarini diskomfort his qiladilar. Bu uning ruhiyatidagi muvozanatlanganlikning sifatiga bog’liq bo’ladi. Demak, amaliyotchi inson salomatligini muhofaza qilish borasida qayg’urganda, shaxsni o’rab turgan ijtimoiy muhitning xususiyatlariga e’tiborni qaratishi lozim.
Ikkinchidan, psixik muvozanat masalasi odamning tashqi muhit o’zgarishlariga uning tez va to’g’ri moslashuvida o’z aksini topadi. Mutanosiblik va moslashuv aslida inson organizmidagi biologik o’zgarishlardan tortib, turli psixik jarayonlarning o’zgarishlariga odamning subyektiv munosabati tarzida ham kechadi. Taniqli psixolog olim V.N.Myasishevning fikricha, muvozanat va moslashuvchanlik xususiyatlari odam xulq-atvoridagi norma va patologiya o’rtasidagi aniq chegaralarning mavjudligini ta’minlaydi. Moslashuvchanlik past, muvozanati kuchsiz shaxslarda eng avvalo uning shaxsiy mavqyeda buzilishlar, beqarorlik, xatoliklar kuzatiladi, odam serzarda, asabiy va urushqoq bo’lib qoladi. Aksincha, tashqi muhitga moslashuvchan, psixik xususiyatlarida muvozanati mavjud shaxslar o’zgaruvchan muhitning ta’sirlariga o’zidagi barqarorlik, sabr-qanoat bilan javob berib, har qanday sharoitda ham o’zligini yo’qotmaydi, yangi tanishlar, kasbdoshlar, kursdoshlar, qo’ni-qo’shnilar bilan tez til topishib ketadi. O’zini har qanday sharoitda erkin his qilish, o’zini o’sha muhitning teng huquqli a’zosi sifatida idrok qilish, salomatligining ham mo’tadil bo’lishini ta’minlaydi.
Olimlarning ta’kidlashlaricha, inson ruhiy salomatligiga kompleks yondoshuv istiqbolli hisoblanadi. Ilmiy manbalarda bu boradagi ayrim fikrlar umumlashtirilmoqda. Ular asosida ikkita muhim xulosa chiqarish mumkin.
Birinchidan, psixik yoki ruhiy salomatlikning mezonlari borasida fikrlar rang-barangligi bo’lishiga qaramay, ko’plab olimlar qarashlarida umumiylik, umumiy qonuniyatlarni e’tirof etish mavjud. Bunday holat ruhiy salomatlikning xususiyatlaridir.
Ikkinchidan, o’sha qaytarilayotgan xususiyatlarni ma’lum mezonlarda toifalarga, tavsiflarga ajratish mumkin. Masalaning ana shunday oydinlashuvi ruhiy salomatlikning mezonlariga aloqador, tez-tez takrorlanib turgan belgilar, shaxs sifatlari, jarayonlar va omillar haqida muayyan to’xtamlarga kelishga imkon beradi. Masalan, shaxs sifatlari haqida gap ketganda, uning ruhiy salomatligi barqaror bo’lishini ta’minlovchi muhim sifatlardan biri kelajakka ishonch – optimizm ekanligi to’g’risidagi fikr qaytarilmoqda. Demak, kelajakka, o’ziga ishongan odam baxtiyorroq, salomatroq va hayotga moslashuvchanroqdir. Unga bevosita bog’liq bo’lgan yana boshqa sifatlar mavjudki, ularga bosiqlik, xotirjamlik, axloqan poklik – halollik, vijdonlilik, iymon va boshqalar, o’ziga, o’zgalarga, ish qobiliyatiga nisbatan talablarning meyoriyligi, mas’uliyat hissi; o’ziga ishonch, bo’lar-bo’lmasga tushkunlikka tushmaslik, harakatchanlik (dangasa emas), mustaqillik, samimiyat, tabiiylik, yumor hissining mavjudligi, bag’rikenglik, mehr-oqibatlilik, chidam, sabr-qanoat, o’ziga nisbatan hurmat, nazoratning borligi va hokazo. Ana shunday sifatlar sohiblari odatda kam dardga chalinadi.

Psixik salomatlikning mezonlari orasida ma’naviyatlilik alohida o’rin tutadi, ya’ni, inson ko’rgan-kechirgan, bilganlarining haqiqatga yaqinligi, haqqoniylik, insoniylik tamoyillarining ustivorligi (mehr-muruvvat, adolatlilik va boshqalar), o’z ustiga ishlashga layoqatlilik, doimiy barkamollikka intilish kabilar inson salomatligining dastlabki ma’naviy poydevoridir. Bu sifatlar ayniqsa, O’zbekiston sharoitida o’ta muhimdir. Chunki aynan ma’naviyatli insonlar nafaqat o’zlarining, balki yaqin atrofdagilarning ham sog’lig’iga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchilar ekanligi azaliy qadriyatimiz sirasiga kiradi. Masalan, bozorda harid qilayotgan odamga nisbatan ko’rsatilgan samimiy hurmat, e’tibor, adolatlilik xaridor kayfiyatini shu qadar ko’taradiki, olgan xarid moli timsolida “pulini uyiga qaytarib ketayotganday” mamnun bo’ladi. Shuning uchun ham qiziqarli psixologiyada “pul psixoterapiyasi” atamasi borki, bu eng avvalo xotin-qizlarda sinab ko’rilgan. Agar ayol ishda asablari charchab uyga kelayotib, o’zi istagan har qanday narsani harid qilsa, ayniqsa uni xushmuomala sotuvchidan sotib olsa, uning ruhiyatiga orom beradi, uyga xush kayfiyat bilan kirib keladi, bu o’z navbatida uning oila a’zolari kayfiyatini ham ko’taradi. Shuning uchun oilada, kasalxonada, mehnat jamoasi, transport yoki bozor-o’charda odamlarning o’zaro samimiy muomalalari salomatlikning samarali kafolatlaridan bo’lib, bu sifatlar faqat o’zimizga bog’liqdir.
Bevosita shaxsning o’ziga aloqador bo’lgan jihatlardan yana biri bu uning maqsadga intiluvchanligi hisoblanadiki, ayni sifat uning ongida hayotning mazmun-mohiyati borligi, irodasining quvvati, faolligi, shijoati, g’ayrati, o’z xulqini nazorat qila olishi, o’ziga nisbatan bahosining me’yoriyligini taqozo etadi. Bu ko’proq axloq masalasi bo’lib, uning ilk maktabi – oiladir.
Ruhiy salomatlik orqali jismoniy salomatlikni ham saqlash va boshqarish mumkinligi g’oyasi yangi bo’lmay, u XX asr boshlaridayoq psixolog va psixiatr mutaxassislar diqqatini o’ziga tortgan. Olimlar shuni ta’kidlashganki, sog’lom inson bemordan farqli ravishda o’zidagi jami psixik jarayonlar, holatlar va qobiliyatlarni boshqarishi mumkin. Bu borada rus olimi S.S.Korsakovning qarashlari diqqatga loyiqdir. U shaxsning yaxlitligi g’oyasi doirasida shuni ta’kidlaydiki, uning fikricha, ruhiy bemorlarda eng avvalo shaxsiga, shaxs yaxlitligiga bevosita aloqador buzilishlar kuzatiladi. Bu kabi bemorlarda nafaqat onglilik borasida buzilishlar kuzatiladi, balki eng avvalo, uning hayotiy qadriyatlarga, ahloq normalariga munosabati o’zgaradi, fikrlash tarzi sog’lom odamnikidan farq qiladi. Ya’ni, ma’naviy va ruhiy salomatlik eng avvalo insonning tashqi muhit va u bilan o’zaro munosabatlari tizimi bilan bog’liqdir. Bunda shaxsning o’z mavqyeini idrok qilishi, hayotiy faolligi katta ahamiyat kasb etadi.Shaxs tomonidan salomatlikni psixologik nuqtai nazaridan boshqarish o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: maqsad-muddaoni qo’yish, o’zidagi mavjud ma’lumot va axborotlarni tahlil etish, mustaqil qarorlar qabul qilish, ijrosini ta’minlash va nazorat qilish. Har bir alohida bosqichda shunday o’ziga xos jarayonlar ro’y beradiki, ular oxir-oqibat salomatlikni ta’minlaydi.





Xulosa


Inson mehnat qilmay yashay olmaydi, lekin mehnatda ham me’yorni bilish lozimki, haddan tashqari, charchash, o’zini oldirib qo’yish to’g’ri emas. Shuning uchun har qanday ish-amalni aynan tetik paytda, kunduz kuni amalga oshirish, ish orasida vaqtida ovqatlanish, ruhiyatiga yengillik beradigan omillar, masalan, ish stolida suygan biror o’yinchoq yoki yoqtirgan narsaning bo’lishi, ko’zlarga tin beruvchi gul yoki uning o’rnini bosuvchilar, toza havoning bo’lishi, changdan imkon darajasida o’zni himoya qilish kabilarni unutmaslik lozim. Orta yoshli odamlarda salomatlik tushunchasini uning mexanizmlarini shakllantirish orqali ularda ozida , salomatligida bolgan ishonchni oshirish ,oz ustida ishlash , mexnat faoliyatida samarali yutuqlarga erishishini taminlash mumkinligini takidlab o'tiszarur. Ular uchun yuqorida berilgan foydali tavsiyalardan eng maqbulini tanlab olishlari mumkin ekanligini yana bir bor eslatib qoyish zaruriy mezon sanaladi . Masalan, odamning o’z oldiga aniq hayotiy mo’ljallarni qo’ya olishi, kelgusida qanday kasb-korga ega bo’lishiga oid aniq tasavvurlarning mavjudligi, hayotda tasodifan qandaydir mavqyega ega bo’lish emas, balki o’z say-harakatlari, hayotiy intilishlari tufayli o’rnini topishini anglashi kabilar o’ta muhim bo’lib, insonning salomatligi, o’zini yaxshilar orasida yaxshi his qilishni ta’minlaydi. Chunki agar odamning dangasaligi, aniq hayotiy tamoyillarga ega bo’lmasligi, o’z mehnati bilan nimadir qilishni bilmasligi nafaqat jamiyatga, balki o’sha odamning o’ziga ham faqat salbiy emosiyalarni keltirib chiqaradi, qayg’uradigan, asabiy bo’lib boradi, oqibatda bora-bora salomatligi ham yemirilib boraveradi.






Download 67.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling