Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmatining moliyaviY va moddiy-texnikaviy ta’minoti, ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarii ma’naviyrag‘batlantirish chora-tadbirlari
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarining (drujinalar, komandalarning) moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minoti ushbu bo‘linmalar (drujinalar, komandalar) tuzilgan tashkilotlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning exsonlari, shuningdek qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmatini moddiy rag‘batlantirish raxbarlar tarkibi va asosiy texnik xodimlarning (dispetcherlar, xaydovchilar, mexanik- motorchilarning) mehnatiga to‘liq yoki qisman xaq to‘lash tamoyillarida amalga oshirilishi mumkin. Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmatining qolgan a’zolari faoliyati yong’inlarni o‘chirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish yoki yong’in deposida navbatchilik vaqtidagi mehnatiga vaqt bay xaq to‘lash bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
Yong’inlarni o‘chirishda bevosita ishtirok etadigan ko‘ngilli Yong’in o‘chiruvchilar, qoidaga ko‘ra, kiyib yurish muddati DYOXX uchun mo‘ljallangan maxsus kiyim-bosh va aslaxalar bilan ta’minlanadilar.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar) ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar uchun xarbiy xizmatchilar va ichki ishlar idoralari xodimlari formasidan farqlanadigan yagona kiyim-kechak formasini belgilashi mumkin.
Ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarga kompensatsiya to‘lash tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning exsonlari, shuningdek qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarni ma’naviy rag‘batlantirish mukofotlar, taqdirlash belgilari va jamoat minnatdorchiligi tarzida, shu jumladan DYOXXning taqdimnomasiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |