Rujinalari va ularning vazifalari
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarini xodimlar bilan ta’minlash tartibi
Download 257.58 Kb.
|
12 Mavzu Ko‘ngilli Yongin o‘chirish drujinalari Yosh Yongin uc (2)
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarini xodimlar bilan ta’minlash tartibi.Ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar safiga o‘zining ishchanlik va axloqiy xislatlari, shuningdek sog‘ligi bo‘yichaYong’inlarni o‘chirish va (yoki) ularning oldini olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan 18 Yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘ngilli ravishda yakka tartibda qabul qilinadi. Aholi punktining ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, tashkilotning ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish esa - tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariaholi punktining ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi nomiga yozma ariza beradilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ob’ektning ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun tashkilot raxbari nomiga yozma ariza beradilar. Arizaga pasport, ma’lumotihaqidagi diplom nusxalari, sogligining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma ilova qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini aholipunkti ko‘ngilli yong’indan saklash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda ushbu talabgorning ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati tashkil qilinayotgan aholipunktida doimiy yashash va ishlash joyi mavjudligi, shuningdek mazkur yizomning 23-bandi talablari majburiy shart hisoblanadi. Tanlab olish yakuniga ko‘ra ariza berilgan kundai boshlab 30 kun mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar safiga qabulqilishhaqida yoki uni ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar safiga qabulqilishni rad etish haqidaqarorqabulqiladi. Ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur nizomning IV bo‘limida nazarda tutilgan tartibda, DYOXX tomonidan belgilanadigan malaka talablariga asosan dastlabki taYorgarlikdan o‘tadilar. Dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tish natijalariga ko‘ra DYOXX maxalliy organi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga (tashkilot ma’muriyatiga) 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi. Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmasining boshlig‘i DYOXX maxalliy organi raxbari bilan kelishgan holdafuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilot raxbari tomonidan, yong’indan saqlash xizmatida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi. Ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan va dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aholi punktining ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarning reestrida (2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) yoki tashkilotning ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarning reestrida (3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olish tartib raqami reestr bo‘yicha turt xonali sondan va ro‘yxatga olingan yildan iborat bo‘lishi lozim (masalan - 0001-13). Ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar Reestrini yuritish va saqlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan olib boriladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan har yili DYOXX maxalliy orgaiiga ro‘yxatga olingan ko‘ngilli Yong’in o‘chiruvchilar soni haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Ro‘yxatga olingan ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchi kartochkasi 5 yil muddatga beriladi. Kartochkaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchining keyingi tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo‘lsa, keyinchalik qayta ro‘yxatdan o‘tkazgan holda kartochka yangisiga almashtirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar ro‘yxatidan chiqarishga quyidagilar asos bo‘ladi: shaxsiy arizasi; ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar uchun belgilangan malaka talablariga noloyiqligi; yong’indan saqlash xizmatida ishlashga imkon bermaydigan salomatlik axvoli; belgilangan talablarni muntazam ravishda bajarmaslik, shuningdek yong’indan saqlash xizmati bo‘linmasi faoliyatida ishtirok etishdan o‘zini chetga olishi; ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmatida bo‘lishiga zid xatti-harakatlarni sodir etganligi. Download 257.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling