Rujinalari va ularning vazifalari
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmatini tashkil etish tartibi
Download 257.58 Kb.
|
12 Mavzu Ko‘ngilli Yongin o‘chirish drujinalari Yosh Yongin uc (2)
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmatini tashkil etish tartibiAholi punktlarida ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari raisining qaroriga ko‘ra, tashkilotlarda esa - tashkilot raxbarining buyrug‘i asosida tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarining soni, ularning tuzilmasi, komandalar va drujinalarning son tarkibi (kamida 4 kishi) DYOXX maxalliy organining raxbari bilan kelishilgan holda, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilotning raxbari tomonidan belgilanadi. Keyinchalik hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish yoki ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) ko‘ngilli yong’indan saqlashbo‘linmasi tashkil etilganligi, qayta tashkil etilganligi va tugatilganligi haqida 10 kun mobaynida ushbu aholi punkti (tashkilot)ning chiqish xududida joylashgan DYOXX maxalliy organini habardor qiladi. Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Idoraviy va ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi. Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmasini xodimlar bilan ta’minlash, ushbu nizomning III bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi. Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan DYOXX maxalliy organi yordamida quyidagi xujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi: lavozim yo‘riqnomalari; ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati a’zolarining navbatchilik jadvali; aholi punktida (tashkilotda) joylashgan jamoat va turar joy binolari, shuningdek suv manbalari va yo‘llarning sxemalari va rejalari; aholi punktlarida (tashkilotlarda) yong’inga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek aholini yong’in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘qitish jadvallari; Yong’in o‘chirish texnikalari va aloqa vositalarining ro‘yxati, shuningdek ulardan foydalanish tartibi (komandalar tuzilganda); ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarni kelgusi tayyorgarlikdan o‘tish jadvallari; Yong’inlarni o‘chirish, tegishli ma’muriy-xududiy birliklariing yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari va manfaatdor xizmatlarning hamkorligi bo‘yicha harakatlarini dastlabki rejalashtirish xujjatlari; har bir komanda uchun jangovar bo‘linma tabeli; Yong’in sodir bo‘lganda ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarning to‘planish tartibi yoki ularning shayligini tekshirish va ularni yong’in joyiga etkazish usuli. Sanab o‘tilgan va ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishni tartibga soluvchi boshqa xujjatlar, qonun xujjatlari, shu jumladan DYOXX normativ- huquqiy xujjatlari asosida ishlab chiqiladi. Navbatchilik tashkil etish uchun komanda (drujina)lar tashkilotlarda ishchi smenalar soni bo‘yicha va aholi punktlarida kamida turtta navbatchi smenalarga bo‘linadi. Komanda (drujina)lar navbatchi smenalariga eng yaxshi tayyorlangan ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar safidan tanlangan katta Yong’ino‘chiruvchilar raxbarlik qiladi. Komandalar quyidagi razryadlarga bo‘linishi mumkin: birinchi - maxsus bino (xona)da navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibida ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarning kecha-kunduz navbatchiligi; ikkinchi - dispetcher va (yoki) yong’ino‘chirish transport vositasi xaydovchisining kecha- kunduz navbatchiligi hamda navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) yoki yashash joyida bulishi; uchinchi - dispetcherning kecha-kunduz navbatchiligi va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa barcha ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) yoki yashash joyida bo‘lishi. Ikkinchi va uchinchi razryad komandalari, dispetcher va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) o‘rtasida anik tashkil etilgan aloqa va habar berish tizimi (telefon (uyali) aloqasi, ratsiya yoki boshqalar) mavjud bo‘lganda, shuningdek navbatchi smenani yig‘ilish (chaqiruv) joyiga 8 daqiqadan oshmagan vaqt ichida etib kelish imkoni bo‘lgan takdirda tashkil etilishi mumkin. Drujinalariing ishini tashkil etish tartibi uning raxbari tomonidan DYOXX maxalliy organi boshlig‘i bilan kelishilgan holda, muayyan ob’ekt yoki aholi punkti uchun ishlab chikilgan yong’in xavfsizligi chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutib belgilanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar) qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat yuritish uchun ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmasiga zarur binolarni (xonalarni) bepul taqdim etadi. Yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarida ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilar tomonidan navbatchilikni o‘tash, shuningdek yong’inlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish xaqiqiy vaqtini hisobga olish ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Download 257.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling