Rukn-arabcha "ustun" ma’nosini bildirib, aruz o’lchov tizimi asosidagi
Download 17.79 Kb.
|
Arus vaznida rukn, matla, maqta, shobayt, bayt vositalarining tahlili.files
- Bu sahifa navigatsiya:
- FaulunV--tarzida, Foilon -V-tarzida ifodalanadi.
1)FauvlunV--
2)Foilun -V– 3)Mafoiylun V--- 4)Foilotun-V-- 5)Muslafliun--V– 6)Mafuvlotu---- 7)Mutofoilun V V–V– 8)Mafoilotun V–V V– Ruknlarni o’lchashda biz sabab, vatat,fosiladan keng foydalanamiz. AtoulloXusayniy esa o’zining “Badoiy us sanoiy” asaridaquyidagi fikrlarni aytib o’tgan:“Halil ibn Ahmad ul sakkiz vaznni afoil va tafoiy deb atabdurlar, ani “ajzo” ham derlar va ba’zilar arkon derlar, Muxaqqiqlar afoilshakllar sekizdur lekin e’tiborda o’ndur derlar.Mustafilun bir aytilishga ko’ra ikki sababi xafif, so’ng vatadi majmuadin yozurlar. Aningindek Foilotun ham bir aytilg’ang’a ko’ra ikki sababi xafif va alar orasida bir vatadi majmuadin iboratdir va ikkinchisig’a ko’ra vatadi mafruq va aning so’ngidin ikki sababi xafifdin iboratdir.Lekin buni ham ba’zilar foilotun deb yozurlar.Bularning birinchisini muttasi, ikkinchisini munqati derlar.O’zga asllardan biri foilun mutodorik baxrini e’tiborg’a olg’an keying olimlar nazarida mavjuddir. Ul sakkiz afoildin 5tasinfors ashor vaznlarida qadimg’ilar e’tiborig’a olipturlar:fauvlun, mafoiylun, mustafilun, foilotun, mafuvloti.Demak, ularning fikrig’a ko’ra afoil yettitadir” Bir sababi xafiv bilan vatadi majmua birikmasidan “Faulun” va “Foilun” ruknlari hosil bo’ladi. Agar vatadi majmuadan so’ng sababi xafiv kelsa, “Faulun ” rukni, aksincha, sababdan so’ng vatad kelsa “Foilon” rukni hosil bo’ladi.Ularning chizmasi quyidagicha hosil bo’ladi” FaulunV--tarzida, Foilon -V-tarzida ifodalanadi. Ikki sabab va bir vatad = birikuvidan to’rtta to’rt bo’g’inli rukn tuziladi. Bular quyidagi ruknlardir:Mafoiylun, foilotun, mustafilun va mafulotun ruknlaridir Vatadi majmuadan so’ng 2 ta sababi xavif kelsa Mafoiylun (V---), vatadi majmu 2 ta sababi Xafivo’rtasida kelsa foilatun ruknining paydo bulganini kurish mumkin va uning chizmasi (--V-) hamda 2ta sababdan so’ng 1ta vatadi mafruq kelsa mafuvlotirukini (---V) hosil buladi. Vatad hamda fosilaning birikuvidan ham ikki rukun : mutafoilun va mafo ilatun rukunlari maydonga keldi. Vatadi majmua kichik fosiladan oldin kelganda mafoilatun rukuni(V-VV-) hamda shu vatad kichik fosilasidan keyin kelsa mutafoilun (VV–V-) tuziladi. Yuqoridagi sakkiz asilning turlicha takroridan aruz tizimi asosi bulgan 19 baxr yuzaga keldi. A. Fitratninge’tirof etishicha : ,, Bu sakkiz asl rukinning ma’nolari yo’qdir. Ular yolg’izgina ,, o’lchov ‘’ so’zlardir. Bir tizimni o’lchaganda shulardan birqanchasi qatorlab qo’yib o’lchaydilar. Afruz tizimining asosi bo’lmish sakkiz asl rukunlar she’r misralardagi xilma-xil bulak rukunlarini ulchash uchun kifoya qilmaydi. Shu tufayli o’sha asllarni turlicha o’zgartirib ularning bir qator tarmoqlarini xosil qilingan va bu xil o’zgarishlar zihoflar deyiladi. Asl rukunlar tarmoq rukinni hosil qilish quyidagito’rt yo’l bilan amalga oshiriladi. 1)Asllar son jihatdan o’zgartirilib, tarkibdagi bir yoki bir necha xijo tushiriladi. 2)Asllarsifat jihatdan o’zgartirilib tarkibidagi cho’ziq hijolar qisqa yoki o’ta cho’ziq hijoga, ba’zan qisqa hijo cho’ziq hijoga aylantiriladi. 3)Asllar bir vaqtning o’zida ham son, ham sifat jihatdan o’zgartirilib bir yoki bir necha hijosi tushuriladi, ayni paytda hijolar o’rni almashadi. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, har bir asl running o’ziga xos bo’lgan tarmoq ruknlari ham mavjud bo’ladi. Masalan: Foilotun aslning 10 xil o’zgarishga duch kelishi natijasida uning 15 xil tarmog’I hosil bo’lgan, bulardan 11tasi she’riyatimizdafaol qo’llanilgan. Download 17.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling