Рус педагог олимлари М
K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi
Download 205 Kb.
|
A KOMENSKIY, A DISTERVERG K D USHENSKIYLARNING O`QITUVCHI, UNING
K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi
Ushinskiy didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona tilini o'qitish yuzasidan qo'llanma, “Maktab-maorif ishlarini o'rganish uchun Shveysariya bo'ylab sayohat” maqolalarida bayon etdi. Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik. Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan. Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga katta e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi. Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi. Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o'qitish” nomli maqolasida zarur metodik ko'rsatmalar berdi. Uning fikricha o'qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning nutqini o'stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan foydalanishga o'rgatish. 3. Tilning mashqini o'zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi. K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi: 1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan. 2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan. Ushinskiyning fikricha, o'qituvchi xalq orasida chiqqan bo'lishi kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va mahoratlarga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib borishi lozim. Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida boshlangich maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash tizimini taklif etdi. Xulosa qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko'p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining do'sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”. Pedagogik ta'lim mazmuni haqida gap ketganda, uning o'ziga xos, shaxsning eng muhim ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchiligi hali to'liq idrok qilinmaganligi, o'zining asosiy tamoyiliga ko'ra eng insonparvarlik va insonparvarlik sifatida e'tirof etilmaganligi qayd etiladi. Pedagogik ta'limning istiqboli -yaxlit shaxsni shakllantirish. Bu maqsadga qanday erishish mumkin? Mualliflar chiqish yo'lini kasb-hunar ta'limini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish g'oyalarini jamlagan yaxlit pedagogik jarayonni qurishda ko'rishadi. Buning uchun esa o'qituvchining malakasini oshirishni "uga bilimlarni o'zgarmas va mutlaq namunalar, me'yorlar va qoliplar ko'rinishida o'tkazish" deb tushunishdan voz kechish kerak.Bugungi kunda maksimal bilim emas, balki ularning harakatchanligi va moslashuvchan moslashuvi. maktab sharoitlari o'quvchini pedagogik faoliyatga moslashtiradi, shuning uchun kelajakdagi o'qituvchini ob'ekt pozitsiyasidan sub'ekt pozitsiyasiga, ya'ni faol kasbiy o'zini o'zi tarbiyalash pozitsiyasiga o'tkazish zarurati tug'iladi. Binobarin, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida sub'ektiv-sub'ektiv munosabatlar qurilishi kerak, uning mexanizmi ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlari, "tashqi ta'sirlar" ning o'zaro kirib borishi va ularga vositachilik qiluvchi "ichki sharoitlar" bilan belgilanadi (S.L.Rubinshteyn). Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling