Рус педагог олимлари М


Download 205 Kb.
bet1/20
Sana16.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1359481
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
A KOMENSKIY, A DISTERVERG K D USHENSKIYLARNING O`QITUVCHI, UNING


A.KOMENSKIY, A.DISTERVERG K.D.USHENSKIYLARNING O`QITUVCHI, UNING KASBIY TAYORGARLIGI HAMDA PEDAGOG MAHORATINING TA`LIM TARBIYA RIVOJIDAGI O`RNI BORASIDAGI QARASHLARI


REJA:


KIRISH
I BOB RUS OLIMLARINING AXLOQIY TARBIYA MAQSADLARI VA VOSITALARI.
1.1. Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy pedagogik ta’limoti.
1.2. Disterverg pedagog faoliyatinnng modeli.
1.3. Nemis olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya masalalari
II BOB YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK TIZIMI
2.1. Yan Amos Komenskiy hayoti va faoliyatini
2.2. Yan Amos Komenskiy yashagan davr va uning ijtimoiy qarashlari
2.3. Yan Amos Komenskiyning pedagogik faoliyati, sinf-dars tizimining yaratilishi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
O‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, o‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq xayotiga tatbiq etish kabi ulug‘ ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda o‘zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’lim – tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelagnligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo‘lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy – nazariy, falsafiy – tarbiyaviy haqiqatdir.
Axloqan pok va etuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvafaqiyatli hal etishda xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy me’roslari va tarixiy – tarbiyaviy tajribalarini o‘rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga, ta’lim – tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti A.I.Karimovning qo‘yidagi so‘zlari alohida e’tiborga loyiqdir.
«Naslu nasabini bilmagan kishi inson sanalmaydi. Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g‘ofil etishga urindilar. Ammo biz hurriyatni orzu etishdan, hurriyat uchun kurishishdan charchamadik. Maslagimizni naslu nasabamizni doimo yodda saqladik.
Ulug‘ bobokalonlarimiz ruhiga, bashariyat tarixi va madaniyati xazinasiga katta xissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizga, ular qoldirgan ulkan merosga munosib bo‘lish istagi jamiyatimiz a’zolari orasida keng yoyilishi, har bir fuqaroning ongidan mustahkam joy olishi – bu ham yangi zamonning muhim xususiyatidir».
K.D.Ushinskiy pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan birga qo‘shib olib bordi. 1848 yilda uning birinchi ilmiy ishi — «Kameral fanlarni o‘qitish haqida» degan asari nashr qilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud o‘qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko‘z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etdi. O‘qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni o‘rtaga qo‘yib, ularni qanday hal etish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar hayotida o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. SHu bilan birga yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.

Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling