Rus tili va adabiyoti fani metod birlashma rahbari Tag’oyeva Shoxidaning
Download 16.93 Kb.
|
Yakshanba
Ma’lumot
2021 - yilning noyabr oyining 11-kunidan ikkinchi chorak o’quvi boshlandi. Bu chorak boshi noyabr oyi rus tili va adabiyoti fan oyligi hisoblanadi. Shu sababli barcha o’qituvchilarimiz bu oyda faollik ko’rsatishdi. Metod birlashma rahbari Tag’oyeva Shoxida tomonidan fan oyligi rejasi ishlab chiqildi va rahbarligi ostida maktab foyesi va rus tili xonalari bezatildi. Barcha o’qituvchilar birgalikda fan oyligining ochilish marosimi o’tkazishdi va barcha o’qituvchi hamda o’quvchilarga topshiriqlar berildi. Fan oyligi doirasida barcha metod birlashma a’zolari ochiq darslar o’tishdi va tadbirlar tashkillashtirishdi. 12-noyabrda o’qituvchi Hasanova Laylo 7-b sinfida Н. Некрасов «Школьник» mavzusida ochiq dars o’tdi, 13-noyabrda o’qituvchilar Tag’oyeva va Hasanova “Самый лучший чтец” konkursini 5-6 sinflar o’rtasida o’tkazishdi. 6-d sinf o’quvchisi Sirojova F 1-o’rin, 6-b sinf o’quvchisi Muratova S 2-o’rin va 6-a sinf o’quvchisi Ismatova L 3-o’rinni egallashib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. O’qituvchi Halimova Nodira O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag’ishlab “Конституция Республики Узбекистан” mavzusida tadbir tashkil qildi. O’qituvchilar ushbu chorakda dars jarayonida pedagogik mahoratni oshirish, fanni o’qitish samaradorligini oshirish maqsadida darslarni noan’anaviy tarzda tashki etishni yo’lga qo’yishlidi. Uslubiy birlashma yig’ilishlarida esa o’z ma’ruzalarim bilan chiqib, yangi metodlarni davra suhbati asosida muhokama qilib o’rganib bordik. Rus tili va adabiyoti fani metod birlashma rahbari Tag’oyeva Shoxidaning uchinchi chorakda ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil etish, ularni kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda bajargan ishi haqida Ma’lumot Yanvar oyining 24-kunidan uchinchi chorak o’quvi boshlandi. Barcha o’qituvchilar metod birlashma rahbarligi ostida faol ish ko’rsatishdi, har bir bayramda tadbirlar tashkillashtirishib, o’quvchilarni fanga qiziqtirishga harakat qilishdi. Metod birlashma rahbari nazorati ostida barcha rus tili fan to’garaklari uchinchi chorakda faol ish yuritdi. O’qituvchilar iqtidorli va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual ish olib bordi. Sinflar kesimida bo’shliqlarni aniqlab, alohida chora-tadbirlarni ishlab chiqdi va bo’shliqlarni bartaraf etishda imkon qadar harakat qilindi.Men “Русское слово” to’garagi rahbari bo’lib, bunda 3-4-5-7-sinflar qamrab olindi. Bundan tashqari 10-11-sinf iqtidorli o’quvchilarini fan olimpiadalariga ishtirokini ta’minlash va ularni rus tili o’qituvchilik kasbiga yo’llash maqsadida ular bilan individual ish olib bordim. Yosh o’qituvchilar Qurbonova Bahora va To’xtasheva Azizalar bialn muntazam ish olib borib ularning darslarini tahlil qilib yutuqlari uchin rag’batlantirib, kamchiliklarini bartaraf qilishda ko’maklashib bordim. Uslub birlashma yig’ilishlarida yangi metodlarni muhokama qilib, o’rganib, dars jarayonida qo’llash metodikalarini o’rgatib bordim. “Интерактивные игры на уроках русского языка” va “Обучающие игры на уроках русского языка в национальной школе” ma’ruzalarida “Состав слова”, “Шкатулка пословиц” (2-4-sinflar) “Сундук сокровищ”, “Словарное слова”, “Учим машу грамотно писать”(5-sinf) metodlarini qo’llashni o’rgatib, dars jarayonini qiziqarli o’tish va o’quvchi yoshiga mos metodlar tanlashni o’rgatib bordim. Rus tili va adabiyoti fani metod birlashma rahbari Tag’oyeva Shoxidaning uchinchi chorakda ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil etish, ularni kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda bajargan ishi haqida Download 16.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling