Rustam ibragimov taqdir oldidagi ojizlik homerning “Iliada” asari misolida


Download 381.97 Kb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi381.97 Kb.
#1208935
1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document

«Iliada» dostoni
«Iliada» ikki so‘zdan iborat, ya’ni Ilion (qadimgi Troya shaharning nomi, Odas-qo‘shiq deganidir. Doston 24 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, gekzametrda (oltili she’riy o‘lchovda) yozilgan.
Biz yuqorida grek adabiyoti mifologiya asosiga qurilgan degan edik, «Iliada»ning asosida ham mif yotadi. Bu mif shundan iborat:
Bir kuni xudo Zevs Olimp tog‘ida yashovchi barcha xudolarni chaqirib, ziyofat beradi, bu ziyofatga janjal xudosi Eridani chaqirmaydi. Bundan g‘azablangan Erida Zevsdan g‘ch olmoqchi bo‘ladi. Ziyofat vaqtida osmondan «Eng go‘zaliga» degan bir olma tashlaydi. Xudolar o‘rtasida janjal chiqib, nihoyat olma uchta chiroyli mabuda (ayol) xudolar o‘rtasida talash bo‘lib qoladi. Ulardan biri Gera Zevsning xotini, ikkinchisi Afina urush va donolik xudosi, uchinchisi Afrodita go‘zallar xudosi edi. Bu narsani Zevs xam xal qilolmaydi. «Sizlar pastga tushingar, insonlarga murojaat qilsangizlar, insonlar olmani kimga tegishli ekanligini aytib beradilar»deydi Zevs.
Ma’budalar yerga tushib, Troya podshosi Priamning o‘g‘li Parisga yo‘liqadilar. «Shu olmani menga xukm qilib bersang, seni davlatmand qilaman» deydi Gera. Afina esa uni donishmand va qudratli qilishga va’da beradi.
Go‘zal Afrodita bo‘lsa Parisga dunyodagi eng go‘zal xotinni olib bermoqchi bo‘ladi. Paris olmani Afroditaga xukm qilib beradi. Shu vaqtdan boshlab Afrodita Troyalilar do‘stiga, Gera bilan Afina esa Troyalilarning dushmaniga aylanadilar. Bir necha vaqtdan so‘ng Paris Gresiyaga sayoxat qilib borib, shox Menslayning saroyiga mexmon bo‘lib kiradi va uning go‘zal xotini Yelenani olib qochib ketadi. Fazablangan shox Menslay qabila boshliqlaridan Agamemnon, Axiles, Odissey va barchalarini chaqirib, qo‘shin tuzadi va Troyaga qarshi urush boshlashga buyuradi. Faqat Agamemnon o‘z bolasini xudolarga qurbon qilgach, shamol paydo bo‘lib, xarbiy kemalar Troya tomon ketadilar. To‘qqiz yil Troyani qamal holda saqlagan greklar o‘ninchi yilda uni qo‘lga oladilar.
Syujet
Urushning o‘ninchi yili Atamenon bilan Axilles o‘rtasida janjal chiqadi. Atamemnonning qo‘lida Apollon xudosining (quyosh xudosi ) qoxining (yerdagi Avliyosi) qizi Xrissida asira edi. Qizning otasi qizini olib ketgani keladi lekin, Atamemnon uni bermaydi. Fazablangan qizning otasi xudoning nafratini tilaydi. Shundan keyin urushda greklarning axvoli yomonlashadi. Atamemnon bu ishga xudolarning aralashganini sezib, qizni otasiga qaytarib beradi, lekin Axilles qo‘lidagi ikkinchi asira qiz Briseidani tortib oladi. Atememnonning manmanligidan xafa bo‘lgan Axilles urushga qatnashmay qo‘yadi.
Greklar yengila boshlaydilar. Atememnon Axilles bilan yarashishi uchun uning oldiga Odisseyni yuboradi, lekin Axilles yarashmaydi. Greklarning zo‘rayib qolganini eslab Axilles o‘z do‘sti Patroklni urushga yuboradi. Patrokl Troyaliklarga qarshi jangda o‘ladi, uni Troyali qaxramon, Troya shoxining o‘g‘li Gektor o‘ldiradi.
Ikki o‘rtada qon to‘kishni to‘xtatish uchun urushga sababchi bulgan Menelay bilan Parisni olishuvi xal qilsin deb taklif qiladilar. Yakkama-yakka jangda Troyali Paris yengiladi, o‘limga maxkum etilganda, go‘zal Afrodita kelib uni olib qochib ketadi va o‘limdan saqlab qoladi. Axilles o‘z do‘sti Patroklning o‘limiga chidayolmay temirchi xudo Gefestning yasagan quroli bilan qurollanib, Atamemnon bilan sirtdan yarashib, yana jangga kirishadi. Troya shaxari yaqinida Gektorni uchratib, uch marta quvib va nixoyat uni o‘ldiradi, asosiy dushmani sifatida uni aravaga sudratib masxara qiladi. Troya shoxi, Gektorning otasi chol Priam Axilles oldiga katta to‘lov bilan kelib, Gektorning jasadini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ladi. Troyalilar o‘z qaxramonining jasadini kuydirib, u bilan (Gektor) xayrlashadilar. Doston bir xulqiy masala atrofida voqeani tasvirlaydi, u xam bo‘lsa Axillesdagi g‘azabning tug‘ilishi va uning kuchayishi xamda Troyalilarga qarshi bu g‘azabning qaratilishidir. Dostondagi qaxramonlar o‘sha zamonga xos bo‘lgan xususiyatlarini ularning kuchlarini, ularning zaif tomonini aks ettiradi. qaxramonlar o‘z kuchlariga qarab xarakat qiladilar. Masalan: Har bir qaxramonning o‘ziga xosligi bor. Masalan: Axilles jo‘shqin, peshqadam, Nestor dono, Atamemnon shoxlarcha ulug‘vor, Odissey donishmand va xiylakor sifatida tasvirlanadi.
Dostonning stili va epik asarga mansub bo‘lgan ulug‘vorlik va tantanalikka ega. Dostonda qadimgi qabila yer aristokratiyasining xayoti aks ettirilgan. Xalq xayotiga juda kam o‘rin berilgan. Masalan: jangchi Tersit urushga qarshi norozilik bildirganda, Odissey jim turishga majbur qilishi tasvirlangan.
Tersit esa avtor tomonidan salbiy obraz sifatida tasvirlangan. Bu doston qadimgi insonlar xayotini aks ettirgan yodgorlik sifatida qimmatlidir.

Download 381.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling