Rustamjon o‘rinov, anvar baxranov
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5393550476400657837ор
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASARDA KELTIRILGAN XALQ NOMLARI
Bavarchiq Chingizxon zamonida uyg‘urlarga Aydiqut bo‘lgan shaxs. U Chingizxonga bo‘ysinib har yili mol berar edi. Chingizxon otlanib Movarounnahr ustiga kelganda Bavarchiq Aydiqut lashkari bilan kelin, yo‘lda Chingizxonga qo‘shilib yaxshi xizmatlar qilgan.
ASARDA KELTIRILGAN XALQ NOMLARI Uyg‘ur Ma’nosi: yopishqur (turk tilida); Qoraxon O‘g‘uzxonni o‘ldirmoqchi bo‘lganda odamlar ikkiga bo‘linadi, ya’ni Qoraxon va O‘g‘uzxon tarafdorlari. Qoraxonning inilarining ko‘plab o‘g‘lonari bor edi. Ular O‘g‘uzxon toonga o‘tadi. O‘g‘uzxon ularga uyg‘ur nomini beradi. To‘qra tubuzluq, Uskunluq va Qut tog‘larining orasida bir yerdan oqadigan o‘n soy bo‘lgan. Bir yerda to‘qqiz soyning barchasi ulug‘ suvlar hisoblanib qadimgi uyg‘ur eli shu soylarning orasida yashagan. O‘n soyda o‘tirganni uyg‘ur der edilar, to‘qqiz soyda o‘tirganni to‘qquz uyg‘ur der edilar. Shaharlari, kentlari, ekinlari ko‘p bo‘lardi va bir yuz yigirma urug‘ el edi. Bir kuni o‘n uyg‘ur va to‘qqiz uyg‘ur yig‘ilib o‘zlariga to‘ra tayinlashadi. O‘n uyg‘ur urug‘idan Mangutoy ismli shaxsni to‘ra qilib ko‘tarishadi va El-elitar laqabini berishadi. To‘qquz uyg‘ur O‘zqandar urug‘idan bir kishini to‘ra qilib ko‘tarib, Kulankir laqabini qo‘yishadi. Shundan so‘ng o‘n uyg‘urga kim to‘ra bo‘lsa, El-elitar, to‘qquz uyg‘urga kim to‘ra bo‘lsa, Kulerkin deyiladi. Ko‘p yillar to‘raarning otlari shunday bo‘ladi va keyinchalik har kim to‘ra bo‘lsa, unga Ayduq (Iduqit) deb nom berilardi. “Aydi”ning ma’nosi – yubordi. Uch ming yilcha shu yurtda yashashganidan so‘ng parchalanib o‘lja-yu asir bo‘lib ketadi. Shunda uyg‘urlarning bir qancha qismi Irtish daryosi bo‘yiga borishadi. Uyg‘ur eli uch bo‘lak bo‘lib parchalangan edi. Bir bo‘agi Irtish bo‘yida hech mol saqlamay baliq va qunduz va kesh va suvsar va tiyin ovlab, go‘shtini yeb, terisini kiyib yurishardi. Tirik molni va ipak va paxtadan bo‘lgan kiyimni umrlarida ko‘rishmas edi. Uyg‘urlar daftardorlik va devon hisoblarini yaxshi bilishar ed. Chingizxonning nabiralari zamonida Movarounnahr, Xuroson va Iroqda devonlar va daftardorlarning barchasi uyg‘ur edilar. Xitoy yurtlarida ham Chingizxon o‘g‘lonlari devon va daftardorlarni uyg‘urlardan tayinlashgan edi.
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling