Rustamjon o‘rinov, anvar baxranov
ASARDA KELTIRILGAN SUV HAVZALARI NOMLARI
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5393550476400657837ор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orol Asarda keltirilgan Abulg‘ozixonning “Xevaqni olgani” haqidagi parchaning qisqacha mazmuni
ASARDA KELTIRILGAN SUV HAVZALARI NOMLARI
Irtish daryosi Uyg‘ur eli parchalanganida bir qancha qismi Irtish daryosi bo‘yiga kelib yashaydi. Amu suvi Abulg‘ozi Amu suvining dengizga quyilgan joyida, u yerni Orol deyishar edi, hijriy ming taqi ellik to‘rtda, qo‘y yilining avvalinda Abulg‘oziyni xon qilib ko‘tarilgan. Abulg‘ozixon Xevaqni Oroldan otlanib ko‘p marta chopgan (hujum qilgan). Orol Asarda keltirilgan Abulg‘ozixonning “Xevaqni olgani” haqidagi parchaning qisqacha mazmuni Xevaq joy nomi hisoblanib, Abulg‘ozixon turkmanlardan bu yerni so‘raydi, lekin berishmaydi. Shundan so‘ng Nodir Muhammadxonning nomiga xutba o‘qitib, Ashraf sultonni yuborishadi. Abulg‘ozixon dushman bo‘lib Xevaqqa ikki marta yurish qiladi. Shundan so‘ng Nodir Muhammadxon Xevaq bilan Hazoraspning amal otini Asfandiyorxon kimga bergan bo‘lsa, Nodir Muhammadxonning kelgan ilg‘or beklari shu kishidan ayirmaydi. Ilg‘or kelganning barchasi bir viloyatning hokimi yo qurlarning boshlig‘i edi. Hech qaysisi sen hokim bo‘l demaydi. Shu sababli viloyatning amal oti va hosili turkman qo‘lida edi. Abulg‘ozixon Xevaqni Oroldan otlanib ko‘p chopdi. Bu voqeadan besh oy o‘tib Nodir Muhammadxon Xisrav sulton ismli o‘g‘lining o‘g‘li Qosim sulton deganini Xevaqqa yuboradi. U ham Xevaqni qo‘lga kirita olmaydi. Abulg‘ozixon Qosim sulton kelganini eshitib namoz vaqtida Xevaqning darvozasi og‘zidagi Gandumkon degan joyga chopar yuboradi va Toshko‘pirdan naridagi Xonqohda suv labida Oroldin kema keltirilganigini va kema turgan joyga yig‘ilishini aytadi. Chopar ketadi va ortidan qo‘shin ham ketadi. Qo‘shinda uch yuz kishi bor edi. Yuz yigirmata sadaqlini yaravul, yigirma sadaqlini o‘n yasovning oldiga qo‘yadi. Bundan tashqari yigirma besh miltiqchisi ham bo‘lib ularni piyoda qo‘yishadi. Miltiqchilar dushmanni ariqdan turib o‘qqa tutadi. (sadaq – o‘qdon) Dushmanning yetti yuz-sakkiz yuz sovutli va qo‘yoqli va chahoroyna va dubulg‘a va butlug‘ kishisi bo‘lib, Abulg ‘ozixonning besh sovutli kishisi bor edi. Shu besh yigit qo‘shinning oldida borardi. Piyoda qo‘shinning oldida Abulg‘ozi Bahodirxonning o‘zi borardi. U piyodalarga “Bir ko‘zingiz yovda bo‘lsin, bir ko‘zingiz me nda bo‘lsin” deb o‘rgatib qo‘ygan edi. Dushman o‘ttiz qadam yerga kelmagunigacha jim turishadi. Shundan so‘ng kelgan kishilarni o‘q qa tutishadi. Ariq ichida yotgan miltiqchilar ham dushmanni o‘qqa tutishni boshlaydi. Abulg‘ozixon qo‘shini dushmanni otda va piyoda o‘qqa tutishardi. Qo‘shin tarqala boshlaydi. Yana otlanib Toshko‘prikka kelishadi u yerda odam yo‘q edi. U yerdan suv bo‘yiga borishadi. Olomonning barchasi o‘ljasi bilan yig‘ilib turishardi va bir qanchasi go‘sht pishirib yeb o‘tirishardi. Shu kuni ular suv bo‘yida yotishadi. Bir necha kundan so‘ng ev (uy)ga borishadi.
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling