Rustamjon o‘rinov


Download 481.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana21.01.2023
Hajmi481.93 Kb.
#1107164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Punktuatsiya

NUQTALI VERGUL BELGISI 
Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885-yiIdan boshlab uchraydi. 
U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi. 
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni 
anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda. 
Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi; o‘quvchining ko‘z oldiga 
odamning havasi keladigan, har qanday kishining muhabbatini o‘ziga qaratadigan, har 
qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o‘zining jafokashligi, g‘ayrati, farosati, el-yurt 
uchun qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi. (A. Qahhor) 
2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga 
qiyoslanganda. 
Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber! 
Yaxshini yomon dema, olishing bo‘lsa ham; 
Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham. 


3. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har 
bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin. 
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta 
chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar 
yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq 
rangda beriladi. 
4. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir 
bandi oxirida. 
Otabek timsoliga tavsif: 
a) Otabek — o‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi; 
b) Otabek — mard va jasur yigit; 
d) Otabek — o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor. 
 TINISH BELGILARINING QO‘SHALOQ HOLDA
ISHLATILISH O‘RINLARI 
O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma’nolarni 
ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘llash hollari ham uchrab turadi. Ularning 
qo‘llanilishidagi asosiy o‘rinlar quyidagilardan iborat: 
1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma-ket 
qo‘yiladi. 
— Axir, ablah, — derdi Yunus, — birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani ibo 
qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A. Qahhor) 
2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita yoki uchta bir 
xil belgi qo‘yilishi mumkin. Ey, purviqor tog‘lar! Nega jimsizlar, nega!!! (A. Cho‘lpon) 
3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur 
belgilardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. 
«Ertaga! — deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi — xo‘sh, ertaga nima 
bo‘ladi?..» (N. Qilichev) Berkinboy tuyqusdan tilla topganday quvonib-suyunib, turgan 
joyida dik-dik sakray boshladi: 
— Topdi-mm!.. Topdi-im!.. (Sh. Bo‘taev). 
4. Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi 
mumkin. 
«Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq 
qilmaydi»,— deb yozgan edi A. Qahhor. 



Download 481.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling