Rustamjon O‘rinov


Download 412.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana09.05.2023
Hajmi412.74 Kb.
#1447914
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Darsliklardagi testlar javobi



Darsliklardagi testlardan Rustamjon O‘rinov 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 
10- va 11-sinflarning II qism ona tili darsliklaridagi testlar to‘plami 
1. Berilgan matnlarning qaysi uslubga xos ekanligini toping. 
1. Vashillab yonayotgan ko‘m-ko‘k olovga tikilaverib ko‘zni ishdanchi qargan
ekanman. Quloq ham uncha-muncha gapni olmaydi. Hayronman, halitdan shundoq
bo‘lsam, qariganda nima bo‘larkanman?
2. An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan
iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O. Genri g‘olib bo‘lgan: „Chekib
olgan haydovchi qancha yonilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi.
Marhumning yoshi yigirma uchda edi…“
3. Biz jonsiz idish-tovoq, yangisini olsa bo‘ladigan kiyimimizni, yangisini qursa
bo‘ladigan eshigimizni ayaymiz. Lekin ro‘paramizdagi tirik insonlar-chi? Axir ular
bir sinsa, qayta butun bo‘lmaydi, bir so‘lsa, qaytib ochilmaydi, bir ketsa, qaytib
kelmaydi! Har bir odam – o‘z xonadonining bog‘boni. Ko‘ngli abgor bog‘bonning
bog‘i qanday gurkirasin? Har bir bog‘ga ziyon yetaversa, jamiyatimizning
salomatligini bir o‘ylang…(T. Sodiqova) 
4. Men, Toshkent shahar 2-Qorasuv dahasi 214-uy 5-xonadonda yashovchi Ahad
Ismoilovich Bahodirov, yon qo‘shnim Naim Abdullayevich
Qahhorovga shaharning 7-aloqa bo‘limidan mening nomimga kelgan pochta
jo‘natmasini olish uchun ishonch bildiraman. (N. Mahmudov) 
5. Lahza o‘tmay, uni yana esnoq tutib, ko‘z oldida g‘alati halqachalar paydo
bo‘la boshladi. „Bir, ikki, uch…“ deya halqachalarni sanashga kirishganda ular shu
qadar ko‘payib ketishdiki, o‘ntaga yetganda adashib qoldi. Bolalar, sinf, doska va
partalar ayqash-uyqash bo‘lib, xira pardaga chulg‘andi. Muallima opaning ingichka
ovozi uzoqdan kelayotgan mayin bir kuyday vujudini allalay boshladi. Bog‘chada
maza edi. Ovqat yeyishardi, o‘ynashardi, uxlashardi – shu. Bu yerda esa nuqul
qo‘ng‘iroq chalishadi – o‘qishadi, nuqul qo‘ng‘iroq chalishadi – o‘qishadi… (Sh. 
Isaxonova) 
A. 1-badiiy, 2-ilmiy, 3-publitsistik, 4-rasmiy, 5-so‘zlashuv. 
B. 1-so‘zlashuv, 2-ilmiy, 3-publitsistik, 4-rasmiy, 5-badiiy. 
C. 1-, 5-badiiy, 2-, 3-publitsistik, 4-rasmiy. 
D. 1-, 2-, 5-badiiy, 3-publitsistik, 4-rasmiy. 
2. Berilgan matndagi nuqtalar o‘rniga qaysi so‘zlarni qo‘yish kerak? Jumboqning javobini 
topishga urinib ko‘ring. 
Bir mamlakatda Rostgo‘ylar, Yolg‘onchilar, rostgo‘ylar va … aralash 
yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat
rostgo‘ylar, ikkinchisida faqat yolg‘onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa
aralashib … qilishar ekan.
To‘satdan o‘t o‘chirish …siga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
– Bizning qishloqqa o‘t ketdi!
– Siz qayerda yashaysiz?
– Aralash qishlog‘ida.
Savol: o‘t o‘chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi? (O. Sayimov) 
A. Yolg‘onchilar, istiqomat, kompaniya; Aralash qishlog‘ida. 
B. Aldoqchilar, umrguzaronlik, ofis; Aralash qishlog‘ida. 


Darsliklardagi testlardan Rustamjon O‘rinov 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 
C. Yolg‘onchilar, istiqomat, idora; Yolg‘onchilar qishlog‘ida. 
D. Yolg‘onchilar, istiqomat, idora; Rostgo‘ylar qishlog‘ida. 
3. 1887-yilning 7-yanvarida 300 nafar eng taniqli adiblar, shoir, musavvir, bastakorlar 
birlashib, me’mor Gustav Eyfel yangicha uslubda barpo ettirayotgan minoraning 
qurilishiga doir shahar munitsipalitetiga 

Download 412.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling