Rustamjon O‘rinov


Download 412.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana09.05.2023
Hajmi412.74 Kb.
#1447914
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Darsliklardagi testlar javobi

joningiz achiyotgan bo‘lsa, demak, … siz. (L. Tolstoy) Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. 
A. Rahmdil.
B. Dardkash.
C. Inson.
D. Do‘st. 
9. Berilgan matn mantiqan qaysi soha uchun tavsiya vazifasini bajarishi mumkin? 
Og‘ir taqdiringizdan istaganingizcha shikoyat qilishingiz mumkin, biroq 
hammada ham qandaydir muammo bor. Qulay fursat hech qachon o‘zidan o‘zi
kelmaydi, o‘zingiz uni yaratishingiz kerak bo‘ladi. Hech kim siz uchun qaror qabul
qilmaydi. Biror reja tuzganingizda o‘z maqsadingizga yaqinlashayotgandek bo‘lasiz.
Agar rejalar qog‘ozda qolib ketsa, hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Orzu
ketidan aniq xatti-harakat bo‘lmasa, rivojlanishga doir o‘qilgan o‘nlab kitoblar ham
foyda bermaydi. O‘zingizni moliyaviy yoki oilaviy shart-sharoitlar qurbonidek
tutmang va buni oqlashga ham urinmang. Shunchaki yeng shimarib, anchadan beri 
ko‘zlagan maqsadingizni amalga oshiring. 
A. Huquqshunoslik.
B. Psixologiya. 
C. Ekologiya.
D. Iqtisodiyot. 
10. Deyl Karnegi unga shunday ta’rif beradi: „U hech qancha turmaydi, ko‘p narsaga
qodir emas. U hadya qilingan odam boy bo‘ladi, hadya qilgan odam esa
kambag‘allashib qolmaydi. Uning davomiyligi bir lahza, ammo xotiramizda abadiy


Darsliklardagi testlardan Rustamjon O‘rinov 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 
qoladi. Uni sotib olish, so‘rab olish, o‘g‘irlab olish behuda. Chunki u chin dildan
taqdim etilgandagina qadrli. „U“ nima?“
A. Ishonch.
B. Nigoh.
C. Tabassum.
D. Diydor. 
11. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri faqat badiiy uslubga tegishli? 
A. Nigoh.
B. Boqish.
C. Qarash.
D. Nazar. 
12. Uslubiy xoslangan so‘zlar qatorini toping. 
A. Binobarin, xullas
B. Fido bo‘lmoq, gapirmoq 
C. Tenglama, daftar
D. Arz, osmon 
13. Qaysi sinonimik qatorda „ortiqcha“ so‘z bor? 
A. Bemahal, bemavrid, bemalol, bevaqt 
B. Cho‘loq, oqsoq, lang
C. Sarf, chiqim, xarajat, xarj
D. Chora, iloj, tadbir, imkon, ep, yo‘l, amal. 
14. Qaysi gapda so‘zlar bog‘lanishidagi moslik buzilgan? 
A. Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va yuzlarida sovuq ter tomchilari
paydo bo‘ldi. (X. Do‘stmuhammad) 
B. Momoqiz o‘rog‘ini yerga qadab, ro‘molini boshiga yelvagay qilib o‘radi.
(T. Murod) 
C. Zarkosani etaklari ancha tekis, yilqilarni yozda boqish uchun juda bop yaylov
edi. (M. Safarov) 
D. U o‘ziga kelganida mashinaning qizil chiroqlari uzoqlashgan, yo‘l chekkasida
to‘planib turgan odamlar allaqachon tarqalib ketgandi. (M. Tillayev) 
15. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib gapni to‘ldiring. 
Jigarrang jemper kiyib, kichkina qora sherst ro‘moli… dahani… bog‘lab olgan
novcha, qotma bir ayol ostona… kira solib u bilan quchoqlashib ko‘rishdi.
(S. Zunnunova). 
A. -ning, -ni, -dan;
B. -ni, -dan, -dan;
C. -ni, -ga, -dan; 
D. -ga, -ni, -dan; 
16. Qaysi qatorda „ortiqcha“ sinonimlar berilgan: 
A. Qizil, ol. 
B. Gulgun, arg‘uvoniy. 
C. Arg‘uvoniy, qirmizi. 
D. Zard, axtar. 


Darsliklardagi testlardan Rustamjon O‘rinov 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 
17. Quyidagi qaysi qatorda ot (ism), ot (hayvon), ot (fe’l) so‘zlarining noto‘g‘ri
tavsifi berilgan: 
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z; 
B) bir xil shakldagi alohida ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar; 
C) o‘zaro omonim so‘zlar; 
D) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z. 
18. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri o‘tmishda pul birligi ma’nosini ifodalagan
omonim so‘z? 
A) chelak;
B) paqir;
C) moyana;
D) maosh 
19. Nuqtalar o‘rniga zarur so‘zni tanlab qo‘ying: Yaxshi odamlar tez kasalga chalinadi, 

Download 412.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling